Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
23
Imbetsillik debil darajadan birmuncha og‘ir darajadir. Aqliy nuqsonning imbetsillik darajasida oligofreniyaning o'ziga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lishi birmuncha yaqqol ko‘rinadi. Birinchi navbatda, bu muayyan holatlarda umumlashtira olmaslik, hatto oddiy tushunchalami hosil qila olmasligi bilan ajralib turadi. Imbetsil bolalarning mantiqiy fikrlash jarayonlari juda past darajada bo‘ladi. 0 ‘qigan materialning mazmunini ilg‘ab ololmaydilar. Yordamchi savollar orqaligina qisman mazmunini tushunishlari mumkin. Ko‘rish va eshitish analizatorlari qabul qilgan axborotlarni tahlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab qolishda qiynaladilar, o'xshash tovushlarni bir-birlariga aralashtirib yuboradilar. Kitobdagi matnlarni mexanik ravishda o ‘qib, mazmunini tushuntira olmaydilar. 0 ‘ngacha sanash, o‘n ichida hisob-kitob qilishlari mumkin. Lekin ularda murakkab son haqidagi tushunchalar yo‘q. Ularning so‘z boyligi kam boiib, nutqi ifodasiz, jumlalari qisqadir. Ularning harakati deyarli differensiyalashmagan. Sekin harakat qilish, bo‘shanglik yozuv va mehnat malakalarini egallashlariga xalaqit beradi. Ular faoliyatlarida tashabbuskorlik, mustaqillikka intilish kabi shaxsiy xislatlar bo'lmaydi. 0 ‘zlarining mustaqil ishlarini aqliy jihatdan tushuntirib bera olmaydilar. 0 ‘rgangan ish uslubi, malakalar o'zgartirilsa bu bolalar shoshib qoladilar. Shu sababli ulami hayotga moslashtirishda muntazam nazoratga, rahbarlikka va yordam ga m uhtojlik sezadilar. Ayrim m a’lumotlarni o ‘zlashtirish qobiliyatlarini ko‘rish mumkin. Ba’zan sodda jumlalami tushuna oladilar, narsalaming sodda, umumiy belgilariga qarab ulaming farqlarini bilishlari mumkin. Ularni o ‘qish, yozish va tartibli sanash elementlariga o‘rgatish mumkin. 0 ‘zlariga xizmat ko‘rsatishning elem entar malakalari bor. Elementar hissiyotlari nisbatan saqlangan bo‘lib, hamdardlik, yordam berishga intilish, rag‘batlantirish va tanqidga to ‘g‘ri munosabatda bo‘lish nisbatan saqlangan. 0 ‘z imkoniyatlariga to ‘g‘ri baho berish, o ‘zlarining mhiy va jismoniy nuqsonlari uchun qayg'urish ham uchraydi. H arakat tizim lari q o ‘polligi bilan ajralib turadi. M urakkablashm agan oligofreniyaning yengil va o ‘rta darajasidagi imbetsillar jismoniy mehnatning oddiy turlarini egallashlari mumkin. Imbetsillikning og‘ir darajalarida ularni eng sodda ish turlariga ham o ‘rgatish mumkin emas. Imbetsillikda aqliy nuqson turli xilda namoyon bo‘ladi. Imbetsillikning yengil turlarini debillikning og‘ir turlaridan ajratish birmuncha qiyin diagnostik ishdir. Bunday hollarda, yaxshisi, yengil darajadagi imbetsillarni yordamchi maktablardagi diagnostik sinflarga yuborish maqsadga muvofiqdir. Imbetsil darajadagi oligofrenlarda reflekslarning buzilishlari ham ko‘zga tashlanishi mum kin. Ba’zan tutqanoqlar bo‘lishi mumkin. Bosh miya tuzilishining displaziyasi — mifcrosefal va gidrosefal holatlar uchraydi. Ulaming tana tuzilishida jismoniy buzilishlar, serebral endokrin buzilishlari ko‘zga tashlanadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling