Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Aqli zaif bolalar — o ‘rganish, tarbiya va ta’lim manbai
Savol va topshiriqlar
1. Oligofrenopedagogikaning umumpedagogik va maxsus vazifalari nimalardan iborat? 2. Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi nim adan iborat? 3. Oligofrenopedagogikaning asosiy metodologik asoslarini ko'rsating. 4. Oligofrenopedagogika qaysi ilmiy fanlar bilan yaqin aloqada va bu aloqalar nim alarda nam oyon bo‘ladi? 1.5. Aqli zaif bolalar — o ‘rganish, tarbiya va ta’lim manbai Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi, aqli zaif bolalar ta ’lim- tarbiyasi, ulardagi nuqsonni tuzatish defektologiya fanining alohida e’tibor berib kelgan sohasidir. Aqli zaiflikning yengil darajalarida bu nuqson tashqaridan qaraganda uncha ko‘zga tashlanmaydi (1,2,3,4,5- rasmlar). Bunday bolalardagi odatdagi nuqsonni tengqurlaridan ajratib olish ham, ko‘p hollarda, qiyinchilik tug'diradi. Ba’zi hollarda tegishli ta ’lim-tarbiya amalga oshirilmasa, bunday bolalar pedagogik qarovsiz bolalar safiga kirib qoladilar. Ko‘p hollarda yengil darajadagi aqli zaiflik hollari ilk yoshlarda aniqlab olinmasligi natijasida rivojlanishi orqada 14 1-rasm. Debil darajasidagi aqli zaif o‘g‘il bola. qolgan, sustlashgan bolalarga aralashtirib yuboriladi. N uqsonli bolalarni diagnostika qilish ishlaridagi xatoliklar b a’zi hollarda ko‘ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, ommaviy maktabga tushib qolgan aqli z a if b o la n u q so n siz te n g q u rla ri sin g ari u lar b ilan b irg a o ‘quv m ateriallarin i o ‘zlashtira olm aydi. 0 ‘z vaqtida m alakali yordam olm agandan keyin borgan sari bunday bolalarning bilim saviyalari pasayib, surunkali o ‘zlashtirmovchilar qatoriga kirib qoladilar. Xuddi shu tarzda aqli zaiflar qatoriga no to ‘g‘ri qo‘shib qo‘yilgan nuqsonsiz bola sun’iy ravishda o ‘z rivojlanishida orqada qola boshlaydi. Chunki nuqsonli bolalar ta ’limi materiallari unga yengillik qiladi, u o ‘z ong- bilim doirasiga mos bilim olmasligi natijasida uning aqliy rivojlanishi sekinlashadi. Yordamchi maktab dasturi materiallari elementar, sodda m azm unda tuzilganligi uchun nuqsonsiz bolalarning bilishga bo‘lgan 15 talablarini qondira olmaydi. Bolaning aqliy rivojlanishigina emas, balki um um iy rivojlanishi ham orqada qoladi. Ayniqsa, shaxsiy sifatlari n o to ‘g ‘ri shakllana boshlaydi. Bulardan tashqari, bunday bolalam ing ota-onalariga ham og‘ir ruhiy t a ’sir yetkaziladi. Bunday noxush, ko‘ngilsiz holatlar aqli zaiflikning m ohiyatini tushunib yetm aslik natijasida sodir bo‘ladi. Shuning uchun oligofrenopedagogikada aqli zaiflik masalasi alohida o ‘rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik deganda m e’yoriy ruhiy rivojlanishdan chetlashib, haqiqiy, aynan aqliy nuqsonlikka olib keluvchi holat tushuniladi. Bunday holat «aqli zaiflik» nomi bilan atala boshlandi. Bu yerda «aqli qoloqlik» bilan «aqli zaiflik» tushunchasi orasida hech qanday farq yo‘q. Ammo keyingi yillarda «aqli qoloqlik» tushunchasiga e ’tibor kuchaymoqda. Qandaydir ilmiy asoslar yetarli b o im asa-d a, turli m anbalarda b a ’zan bir-birini 2-rasm. Debil darajasidagi aqli zaif o ‘g‘il bola. 16 t o ‘ld iru v ch i fik rlar u c h rab tu ra d i. «Aqli zaif» yoki «aqli kam» tushunchalarida aqlning yetarli emasligi qayd etiladi. «Aqli qoloq»likda esa aqlning yetarli em asligini e ’tir o f etish b ilan birga, aqlning rivojlanish im koniyatlarini inkor etmaydi. C hunki sekinlashish, orqada qolish deganda rivojlanish to ‘xtagan degan m a’no kelib chiqmaydi. So‘nggi yillarda aqli zaiflik mohiyatini tushuntirishda m a’lum ruhiy kasalliklar emas, balki qobiliyatlarining rivojlanmasligi asosida kelib chiqadigan xulqning buzilishidir, deb ko‘rsatish odat tusiga kirib qolmoqda. Shular asosida noto‘g‘ri holda «aqliy qoloqlik» tushunchasi kengaytirilib, unga pedagogik qarovsiz bolalar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, huquq-tartib normalarini buzuvchi bolalar ham kiritilmoqda. Aqli zaiflikning m ohiyatini nuqsonning moddiy asosi bilan bog'lab, bunga bosh miyaning organik buzilishini k o ‘rsatadilar. Boshqacha 2-33 . . . f e y Ь л Ь м Я К П Я К !. 4-rasm. Debil darajasidagi aqli zaif qiz bola. aytganda, aqli zaiflikning moddiy asosi sifatida kasallangan bosh miya e’tirof etiladi. Bu kasallik natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma’noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. Bosh miya kasalliklari sababini kelib chiqishiga ko‘ra ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) sabablarga bo‘lishimiz mumkin. Aqli zaiflikni keltirib chiqamvchi sabablar turli ilmiy, uslubiy, psixologopedagogik va tibbiy adabiyotlarda turlicha bayon etiladi. Bu sabablami qisqacha quyidagi tarzda ifodalashimiz mumkin: a) homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiya, intoksikatsiya va jarohatlar, b) tug‘ilish vaqtidagi jarohat va asfiksiya; d),chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli intoksikatsiya, ovqatlanishning buzilishi va boshqalar; e) turli irsiy yo‘l bilan avloddan avlodga o ‘tadigan gen, xromosoma kasalliklari. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling