Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

l-c h izm a
P ed ag o g ik a tarixi 
X alq pedag o g ik asi
Nuqsonli shaxsning rivojida tabiiy va ijtimoiy omillarning o ‘zaro 
m unosabati, yordam chi m aktab o'quvchilari bilish faoliyatlaridagi 
umumiylik va xususiylik, ichki va tashqi omillar, ta’lim-tarbiya va rivojlanish, 
korreksiyalash, ta’lim-tarbiyada umumpedagogik va maxsus usullar va 
boshqalar oligofrenopedagogika fanining umumiy masalalarini tashkil etadi.
Oligofrenopedagogikaning mavzu bahsi — nuqsonli bolalar ta ’lim- 
tarbiyasi va rivojlanishidir. Bu esa har doim g‘oyaviy kurashlar uchun manba 
bo‘lib kelgan.
11


Aqli zaif bolalam ing rivojlanish im koniyatlari va ularning ijtimoiy 
m ehnatga moslashish masalalari ham o ‘tkir m unozaralarga sabab 
b o ‘lgan.
Chet el «defektologlarining» ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar ongi tashqi 
olamni aks ettirish sifatida emas, balki ularning ichki nuqsonli holatining 
aks etishidir. Shu asosda ular aqli zaif bolalarga «axloqiy nuqsonlilik», 
«axloqsizlik» xosdir, deb tushuntirishga urinadilar. G o‘yoki aqli zaif bolalar 
tug‘ma yolg‘onchilik, egoizm, qaysarlik kabi xislatlar bilan dunyoga kelar 
ekanlar. Ularning ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar rivojlanishga, tuzatilishga 
imkoniyatlari bo‘lmagan nuqsonlilardir.
Bunga o'xshash qaram a-qarshiliklar, ayniqsa, sobiq tuzum ning 
bolalaming aqliy qobiliyatlarini aniqlash vaqtlarida testlardan noto‘g‘ri 
foydalanish natijasida normal bolgan bolalaming ko‘pchiligi asossiz ravishda 
yordamchi maktablarga yuborildi. Bu narsa haqiqiy aqli zaif bolalaming 
ta’lim-tarbiya usullarini, tamoyillarini ishlab chiqishga juda katta salbiy ta’sir 
etdi.
Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida 
e’tibor beradi. Ammo irsiy, nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy mohiyatini 
belgilam aydi. Bilim lar, axloqiy moyillik, k o ‘nikm a va m alakalar 
xromosomlar orqali nasliy yo‘l bilan avloddan avlodga berilmaydi. Balki 
bular hayot jarayonida orttirilib boriladi. Inson tug‘ma tabiiy belgilar 
bilan unga ta ’sir etuvchi holatlarning o ‘zaro mahsulidir.
Inson jamiyatda moddiy va m a’naviy hayot jarayonida shakllanib 
boradi.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxsning rivojlanishi normal shaxs 
rivojlanishi singari irsiy va ijtimoiy dastur asosida yuz beradi. Ammo bu 
yerda aqli zaif bolaning ijtimoiy rivojlanishi nuqson asosida rivojlanishini 
unutmasligimiz kerak. Bu narsa aqli zaif bolaning bilish imkoniyatlarini 
toraytiradi. Bosh miya yarim sharlarida organik buzilishlar borligi oqibatida 
aqli zaif bolalar atrof-m uhitni buzilgan holda qabul qiladilar.
Hozirgi zamon defektologiyasi bosh miyadagi organik buzilishlar ma’lum 
nuqsonlarga olib keladi, ammo bu nuqson o ‘zgarmas holat emas, deb 
tushuntiradi. Bunday hollarda organizmning himoyaviy kuchiari o ‘z ta’sirini 
o'tkazib, organizmning keyingi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. 
Bunda organizmning rivojlanish imkoniyatlari ishga solinadi.Rivojlanishi 
nuqson asosida davom etadi.
T a’lim-tarbiya ta ’siri ostida ayrim nuqsonlar to ‘g‘rilansa (korreksiya 
qilinsa), ayrimlari yumshatiladi, ayrimlari kompensatsiya qilinadi. Shu 
asosda barcha sohalarda oldinga qarab harakat qilinadi. Mana shu ishonchli 
g‘oya nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasining mohiyatini belgilovchi nazariy 
ishlarning uslubiy asosini belgilab beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling