5. Aqli zaif bolalarni korreksion tarbiyalash va kamol toptirish muammolariga
ulaming individual xususiyatlarini, aqliy nuqson buzilishi darajalarini inobatga
olgan holda uzluksiz yondashish — ularga korreksion tarbiya berish
jarayonlarining birligi, o‘ziga xosligi va o‘zaro bogliqligini amalga oshirishga
yordam beradi. Bunda tarbiya asosiy yetakchi rol o‘ynaydi. Bu esa korreksion
ta ’lim-tarbiyaning vazifalarini belgilashga, uning mazmuni, vositalari,
uslublarini hamda tashkil etishni talab qilish imkonini beradi. Shunday qilib,
maktabgacha oligofrenopedagogikada maxsus maktabgacha muassasalarda aqli
zaif bolalarning korreksion masalalarini qarab chiqishga yaxlit psixologik-
pedagogik nuqtai nazardan yondashiladi. Bu oligofrenopedagogika,
oligofrenopsixologiya va aqli zaif bolaning korreksion rivojlanishi haqida boshqa
fanlar bilan bogliq holda olib boriladi. Shu bilan bir paytda maktabgacha
oligofrenopedagogikaning ilmiy asosiarini kengaytirib boradi.
Boshlang‘ich ta’lim
(1—4-sinflar)
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq ta ’limi
sohasini tubdan isloh qilish masalasi ko‘tarildi. «Ta’lim to ‘g‘risida»gi
Qonunni hayotga tatbiq qilish boshlanib, maxsus ta’lim tizimida ham yangi
qoidalaming bajarilishi shart qilib qo‘yildi.
Bular:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratligi.
Buning
mohiyati shundaki, barcha maxsus ta’lim tizimiga kiruvchi muassasalarda
berilayotgan korreksion ta’lim-tarbiya
0
‘quvchilaming moddiy va m a’naviy
kamolotini, aql-zakovatini o ‘ziga xos, imkon qadar o ‘sishini (L.S.Vigotskiy
ta’limotiga asosan), insoniy faoliyati normal insonlar orasida, hayotga
moslashib barq urishini va nihoyat, o ‘zligini anglashini va o ‘z haq-huquqlari
u ch u n kurashadigan v atan p arv ar, m eh natsev ar, e ’tiq o d li b o ‘lib
yetishishlarini maqsad qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |