Maxsus pedagogika


Bilish sezishdan boshlanadi


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Bilish sezishdan boshlanadi. 
Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa 
va hodisalaming sezgi organlarimizga ta ’sir etuvchi ayrim sifatlarining 
ongim izda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator,
I.P.Pavlov ta ’kidlab o'tganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi: 
biz sovuq, iliqlik, sho‘r, oq, qora, achchiq, chuchuk va hokazolarni 
ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m — maza bilish, teri — muskul — harakat 
va organik sezgi organlarining faoliyati orqali bilib olamiz.
Sezgilar — olam haqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo 
ilmiy asosda bilishda, masalan, olimning bilishi bilan o ‘quvchining 
bilish faoliyati o'rtasida umumiylik bo‘lsa ham, lekin ular bir-biridan 
farq qiladi. Olimlar olamni bilib olib, ilgari fanga m a’lum bo‘lmagan 
yangi haqiqatlarni kashf etadilar, yangi qonuniyatlarni aniqlaydilar va 
shu tariqa fanning ilgarilab ketishiga imkon yaratadilar. 0 ‘.quvchilar esa 
ta ’lim jarayonida olam haqidagi elementar bilimlarni bilib olib, o ‘zlari 
uchun ilgari nom a’lum bo‘lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning 
ijtimoiy-tarixiy amaliyotida tekshirib ko‘rilgan yangi bir narsani bilib 
oladilar.
Yordamchi maktabda o'qituvchi o'quvchilarni olimlar tomonidan 
yaratilgan bu qonunni bilishga to ‘g‘ri, yengillashtirilgan, vaqt jihatidan 
qisqa yo‘ldan olib boradi. 0 ‘qitish natijalari bilim sifatida, aqli zaif 
o ‘quvchilarning korreksion rivojlanish darajasida o ‘z aksini topadi.
Yordamchi maktablardagi ta’limning umumiy vazifalari maxsus aqli 
zaif o ‘quvchilar nuqsonlarini tuzatish vazifasi bilan birga olib boriladi. 
Shu sababli yordam chi m aktablardagi t a ’lim ning asosiy, zaruriy 
xususiyatlaridan biri uning nuqsonni tuzatishga yo‘nalganligida bo‘lsa, 
ikkinchi xususiyati, uning bolaning rivojlanishida o ‘ziga xos amalga 
oshirilishidadir. Bosh, miya faoliyatlari nuqsoni asosida aqli zaif 
o ‘quvchilaming rivojlanishi cheklangan bo‘lib, orqada qoladi. Aqli zaif 
bola kam rivojlangan emas, balki o ‘zgacha rivojlangan va rivojlanayotgan 
boladir. Uning rivojlanishi nuqsonli ravishda boradi. Aqli zaif o‘quvchining
54


bilish faolligi va mustaqilligi birmuncha past bo‘Iadi. Bu kamchilik ularning 
bevosita hayot qiyinchiliklariga duch kelganlarida namoyon bo‘ladi.
M e’yordagi ommaviy maktab o'quvchilari ma’lum voqealarga e’tibor 
berib, ular haqida bilim egallasalar, aqli zaif o ‘quvchilar bu voqealami 
sezmasliklari mumkin. Bu holat yordamchi maktablardagi ta’lim-tarbiyani 
qiyinlashtiradi. Shunga qaram asdan yordam chi maktab ta ’lim i bu 
o‘quvchilarda faollik, mustaqillikni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. 
Shuni ta ’kidlash o ‘rinliki, aqli zaif o ‘quvchilardagi buzilgan ruhiy 
jarayonlar maxsus pedagogik ta’sirga yaxshi beriladi. Shu sababli yordamchi 
maktab ta’limida «yaqin orada rivojlanishi mumkin bo‘lgan zona»ga alohida 
e’tibor beriladi.
Yordamchi maktab ta ’limining uchinchi, o ‘ziga xos xususiyati t a ’lim 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling