Maxsus pedagogika
‘qitishda mustaqillik tamoyili
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
0 ‘qitishda mustaqillik tamoyili
Bilim va malakalami ongli o‘zlashtirish o‘quvchilaming o‘zidan ma’lum darajada mustaqillik va faollikni talab qiladi. Shunga qaramay, aqli zaif o‘quvchilar ko‘pincha yuqori sinflarda ham hatto sodda savollaming yechimini to‘g‘ri tanlashda qiynaladilar. Yordamchi maktab bolani o‘qitishda dastlab shunday sharoit yaratadiki, bu vaqtda o'quvchilarga doimo har yerda yordam beriladi. Qisqasi, o‘quv topshiriqlarini bajarishdagi mustaqillik o ‘quvchilar tom onidan ancha chegaralangan bo'ladi. Shunga qaramay, bolalarni quyi sintlardan boshlab 63 ishlami mustaqil bajarishga odatlantirmoq zarur. Bu mustaqfflik dastlab to‘liq bo‘lmasin, biroq o ‘quvchiga yordamni uyushtirish shunday bo‘lishi kerakki, unda ishni mustaqil bajarishga xohish va o ‘z kuchiga ishonch hissi tarbiyalansin. 0 ‘quvchi ustidan haddan tashqari uzoq va doimiy homiylik qilish unda o ‘ziga ishonmaslik, ju r’atsizlik hissini mustahkamlashi mumkin. Shuning uchun aqli zaif bolalar bilan ishlashning birinchi bosqichida ularga mustaqil bajarish uchun yetarli darajada tushunarli bo'lgan yoki arzimas yordam bilan bajariladigan (o‘quv qo‘llanmalarini tarqatish, sinfdagi gullami parvarish qilish, sinfni tozalash, maktab yer maydonida ishlash va hokazo) uncha murakkab bo‘lmagan topshiriqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Dastlab o‘qituvchi o ‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berishda, bir tom ondan, har bir topshiriqning tushunarli boiishini, ikkinchi tomondan, ularning murakkabligini asta-sekin orttirib borishini ta’minlovchi tartibni atroflicha o ‘ylab ko‘radi. So‘ngra bolalarni navbatdagi topshiriqni bajarishga tayyorlaydigan barcha ishlar o ‘qituvchi rahbarligi ostida olib boriladi. Nihoyat, o ‘qituvchi muayyan vazifa bilan birga olib boriladigan ko‘rsatma mazmunini, shaklini o ‘ylab chiqadi va aniqlab oladi, har bir o‘quvchining ishini kuzatib boradi. Ishda mustaqillikni tarkib toptirishda og‘zaki ko‘rsatma berishning to‘g‘ri va tushunarliligi muhim vosita hisoblanadi. 0 ‘quvchiga topshiriq beribgina qolmay, bu vazifani qanday izchillikda bajarish kerakligini qayta-qayta takrorlash ham kerak. Bu bosqichning hammasida bolalarga mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqqa asos qilib olinadigan o ‘quv materialining xususiyatini va sinf o ‘quvchilari ilgari egallashlari kerak bo‘lgan bilimlar zaxirasini e’tiborga olibgina qolmay, balki har bir o ‘quvchining tayyorgarligidagi individual farqlarni ham, har bir bolaning ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish kerak boiadi. Shunday qilib, o ‘qituvchining rahbarligi ishning tayyorgarlik bosqichida uning turli tom onlarini qamrab olishi kerak, am mo oxirgi maqsad bolalarni topshiriqni o‘qituvchining bevosita yordamisiz tamomila mustaqil bajarishga tayyorlashdan iborat bo‘lishi lozim. 0 ‘quvchilar mustaqil ishining asosiy xususiyati shundan iboratki, bunday ish jarayonida o ‘quvchi biror vaqt oralig‘ida o‘zi odatlanib qolgan o ‘qituvchi tomonidan beriladigan yordamdan mahrum bo‘lib, o ‘z oldiga qo‘yilgan vazifa bilan yakkama-yakka qoladi. Topshiriqni bajarishda o ‘quvchi o ‘z kuchini sinab ko‘rishi va o ‘z bilimlariga, mahoratiga, malakasiga, ziyrakligiga suyanib, uni yechish yoiini topishi va yechishni kutilgan natijaga olib kelishi kerak. 64 Yangi mavzu o‘tilganda o ‘quvchilaiga mashqlar berib, uni qanday tushunganliklarini aniqlab olish mumkin, so‘ngra bilimni qo‘llashiga doir vazifa berib, o ‘quvchilarda tegishli mahorat hosil bo‘lganmi-yo‘qmi, tekshirib ko‘rish lozim. Bu ish tizim ida xato qilib q o ‘yish ehtim oli tu g ‘ilishi bilanoq o ‘quvchining ishini to ‘xtatish, xatoning yuz berish ehtimoliga qarshi hamisha va hamma hollarda 0 ‘qituvchi tomonidan chora ko‘rilishi, oldi olinishi muhim omil hisoblanadi. Bilim va malakalami o ‘zlashtirishdagi onglilik ularda amaliy faoliyatda faol qo‘llash ko'nikmasini nazarda tutadi. M a’lumki, aqli zaif o ‘quvchilar, bir tomondan, maktabda olgan bilimlarini ko‘pincha tezda esdan chiqarsalar, ikkinchi to m on dan , ulardan foydalanishda qiynaladilar. M asalan, o‘quvchilar sinfda yetarli darajada savodli bayon yozishlari, biroq o ‘rtoqlariga xat yoki ishga qabul qilish haqida arizani mutlaqo savodsiz yozishlari mumkin. Aqli zaif bolalarning bu xususiyatlarini yo‘qotish uchun maktab ta’limni shunday uyushtiradiki, bilim va malakalami amaliy faoliyatda qo‘llashlari uchun o ‘quvchilami yetarli mashqlar bilan ta’minlaydi. Ona tili va matematika dasturlarida ishga oid xat, tortish, o ‘lchash, turli savdoga oid hisoblashlar va hokazo mashqlar ko‘zda tutilgan. Bu mashqlar bilim va malakani birmuncha ongli va mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlaydi. 0 ‘quvchilar bilimlarining qo‘llanishini to ‘g‘ri tashkil qilish ularda mustaqil, unumli fikrlash mahoratini hosil qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bilimlaming qo‘llanishi o ‘qitish natijasiga ijobiy ta’sir etuvchi muhim bir omil hisoblanadiki, u o ‘qituvchining o ‘quvchi o‘quv materialini qanday o ‘zlashtirayotganini doimo nazorat qilib turishiga imkoniyat yaratadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling