Maxsus pedagogika


Frontal ishga differensiatsiyalashgan va individual yondashishni


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Frontal ishga differensiatsiyalashgan va individual yondashishni 
birga qo‘shib olib borish tamoyili
Yordamchi maktabda o‘quv materialining tushunarliligi o‘quvchilaming 
individual imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Yordamchi maktab o‘qituvchisiga 
m a’lumki, bolaning debilligi (yordamchi maktab bolalar tarkibining asosiy 
qismi) bola o‘quv imkoniyatlarining ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Bu holda 
ham u ozmi yoki ko‘pmi orqada qolishi mumkin. Bu hoi hissiy-irodaviy sohaning 
turli kamchiliklari, jismoniy yetishmovchiliklar va hokazolar bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, yordamchi maktabda bir sinfning o‘zida bir-biridan keskin 
farq qiluvchi 
0
‘quvchilar uchraydi. Ulardan ba’zilari o‘quv materialini oson
ba’zilari esa juda qiyinchilik bilan o‘zlashtiradi. 0 ‘qish jarayonida ba’zilari juda 
faol, ba’zilari passiv bo‘ladi va hokazo. Buning hammasi bir xil tashxisga ega 
bo‘lgan bolalarning o‘quv materialini tushunishida farqbo‘lishiga sabab bo‘ladi.
0 ‘qish jarayonida namoyon bo‘ladigan o ‘quvchilaming individual- 
psixofizik farqlarini hisobga olgandagina o‘qitishda yuqori natijalarga erishish 
mumkin.
Individual yondashish o‘qitishning barcha bosqichlarida: yangi materialni 
o ‘tishda, mustaqil mashqlami tashkil etishda, o ‘quvchilardan so‘rashda va 
uy vazifalarini topshirish muntazam ravishda olib borilgandagina samarali 
bo‘lishi mumkin.
Ta’limda individual yondashishning ma’nosi shuki, u o‘quvchining in- 
dividual-psixologik xususiyatlariga tayanadi, ana shu xususiyatlami hisobga 
olgan holda ish ko‘riladi. Shu nuqtai nazardan sinfdagi oddiy ta’lim qanday 
ro‘y berishini ко‘rib chiqamiz. Yordamchi maktablaming sinflari, yuqorida 
aytib o ‘tilganidek, tayyorgarlik darajasi bir xil bo‘lmagan, o ‘zlashtirishi 
turlicha, 
0
‘qishga munosabati har xil, qiziqishlari xilma-xil bo‘lgan
69


o‘quvchilardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim 
sharoitida hammaga bir xilda baravar bilim bera olmaydi. Shuning uchun 
o'qituvchi ta ’limni o ‘rtacha darajaga, o ‘rtacha rivojlanishga, o ‘rtacha 
tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga ega bo‘lgan bolaga mo‘ljallangan holda 
olib borishga majbur bo‘ladi. Bu narsa muqarrar ravishda «kuchli» o ‘quvchilar 
o‘z rivojlanishida sun’iy ravishda ushlab turiladi, o‘qishga qiziqishlari qolmaydi, 
o‘qish ulardan unchalik ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi, «kuchsiz» 
o‘quvchilar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo boiadilar, ular ham 
o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, o ‘qish ular imkoniyatlaridan ortiqroq aqliy 
kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham har xil 
boiadilar, ulaming qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va 
tafakkur xususiyatlari xilma-xil bo‘ladi.
Darsni rejalashtirishda o ‘qituvchi har bir bolani alohida o‘ylashi, uning 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish sababini, uning 
bilim, ko'nikma va malakalar holatini, o‘quv materialini o ‘zlashtirish 
jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklami va ulaming kelib chiqish sababini 
bilishi kerak.
Aqli zaif o‘quvchilar o‘rtasida ko‘pincha ruhan ezilgan bolalar uchraydilar. 
Ular qiyinchilik bilan ishga kirishadilar, vazifani juda sekin bajaradilar, 
tashabbuskorlik ko'rsatmaydilar, ayrim hollarda umuman o‘quvjarayonidan 
chetda qoladilar. В ularga nisbatan eng muhimi—ularni «tormoz» holatidan 
bo‘shatish, tez-tez savol va vazifalar berib, ularga murojaat qilib turish 
kerak.
Ayrim o ‘quvchilarda faoliyat jarayoni juda sust bo ‘lib, ular ishda 
qiyinchilikka duch keladilar. Shuning uchun bunday bolalarga qiyinroq 
vazifalami berib bo‘lmaydi, ularga o‘z vaqtida tegishli yordam berib, to ‘g‘ri 
tushuntirish kerak.
Yordamchi maktab o‘quvehilari o ‘rtasida haddan tashqari harakatchan 
bolalar ham uchraydilar. Agar o'qituvchi o‘rtaga savol tashlasa, ular shu 
zahotiyoq, o‘ylamay javob beradilar. Bu bolalar bilan olib boriladigan asosiy 
ish — ulaming shoshmashosharligining oldini olish, ularda o ‘ylab javob 
berish malakasini shakllantirishdan iborat. Bunday o‘quvchilar bilan indi­
vidual ishlashda juda xotiijamlik, chidamli bo‘lish talab qilinadi.
0 ‘quvchilarga individual yondashish tam oyili faqat psixofizik 
rivojlanishdagi kamchiliklarni hisobga olibgina qolmay, balki nuqsonni 
muvaffaqiyatli ravishda tuzatish uchun ulaming ijobiy sifatlarini ham hisobga 
olishni talab qiladi, bu sifatlarga tayanish mumkin va tayanish lozim. Masalan, 
ayrim o ‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining darajasi umuman pasaygan 
bo‘lishiga qaramay, tirishqoqligi, o‘qishni xohlashi, mehnatsevarligi ulaming 
bu kamchiligining o‘mini bosishi mumkin. Bu, albatta, ularda yo‘q sifatlaming 
rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. Bunday 
0
‘quvchilar bilan ishlashda ulaming 
aria shu kuchli tomonlariga tayanish lozim. Bu ijobiy sifatlardan o‘qituvchining
70


maqsadga muvofiq ravishda foydalanishi bunday bolalarning o'qishini ancha 
ycngillashtiradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling