Maxsus pedagogika


 ‘qitishda tushunarlilik tamoyili


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

0 ‘qitishda tushunarlilik tamoyili
Bu tamoyilning mohiyati ta ’limning mazmuni, hajmi ham da usullari 
bolalarning yoshi va aqliy rivojlanishiga, ularning bilim saviyasiga to ‘g‘ri 
kelishidan iborat.
0 ‘qituvchi tomonidan o ‘quvchilarga berilayotgan ham ma material 
ular uchun tushunarli va ulaming kuchi yetadigan bo‘lishi lozim. Faqat 
shu holdagina material ongli ravishda o ‘zlashtirilishi mumkin.
0 ‘quvchilaming tushunishlari uchun qiyin material nari borsa ular 
tom onidan mexanik tarzda yodlab olinishi mumkin. Bu narsa bolani 
o ‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda foydali natijalar bermasligi bilan 
bir qatorda, aksincha, katta zarar keltiradi, ya’ni materialning m a’nosiga 
tushunmagan holda uni esda saqlash odatini tarbiyalaydi.
Yordamchi maktabda o ‘quv materialining tushunarliligiga amal qilish, 
ayniqsa, muhim. Shuning uchun yordamchi maktab ta ’lim mazmunini 
aks ettiruvchi dastur va darsliklarda bu didaktik qoidalar o ‘z aksini topgan.
5 - 3 3
65


Berilgan bilimlarni tushunmaslik o‘quvchilaming unga bo‘lgan qiziqishini 
pasaytiradi, ko‘pincha shu o‘quv fanigagina emas, balki umuman o‘qishga 
nisbatan ham salbiy munosabatda bo‘lishga olib keladi. Odatda, ommaviy 
maktabda uzoq vaqt bo‘lgan aqli zaif o‘quvchida shunday hoi yuz beradi.
M a’lumki, ommaviy maktabda har bir sinf bir xil yoshga ega bo‘lgan 
o‘quvchilar bilan, ya’ni o ‘quv materialini o ‘zlashtirishda taxminan bir 
xil imkoniyatga ega bo‘lgan bolalar bilan butlangan bo‘ladi.
Aqli zaif bolaga ta’lim berishda yosh xususiyatlarini hisobga olish va 
tushunarlilik tamoyilini amalga oshirish ancha boshqacha yuz beradi.
Eng avvalo, aqli zaiflik shakli va darajasiga qarab farq qilinishi tufayli 
bir sinfning o ‘zida yoshi har xil bo‘lgan o ‘quvchilar bo‘lishi mumkin. 
Yoshi har xil bo‘lgan o‘quvchilar bilim va malakalarni o‘zlashtirishda 
taxminan bir xil imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Demak, yordamchi maktab 
sinflarini butlashda bolalarning yoshiga aniq rioya qilish amalda mumkin 
bo‘lmaydi.
So‘ngra, har bir sinfda shunday bolalar borki, ularda aqli zaiflik turli 
sabablar orqali kelib chiqqan bo‘lib, o ‘ziga xos tipologik xususiyatlarga 
ega. Yordamchi maktabdagi ta’lim jarayonida shu tipologik xususiyatlami 
hisobga olish o'qituvchi ishidagi majburiy talablardan biridir.
Keyingi vaqtlarda yordamchi maktablarda aqli zaiflik darajasi ancha 
og‘irroq bo‘lgan bolalar uchun alohida maxsus sinflar tashkil qilingan. Bu 
sinflarda bilim va malakalar hajmi hamda o ‘qitish tezligi yordamchi 
maktabning odatdagi sinflariga qaraganda birm uncha pasaytirilgan, 
osonlashtirilgan bo‘Iadi.
Shunday qilib, yordamchi maktab aqli zaif bolalarga ta’lim berishda 
faqat ulaming yoshini emas, balki tipologik xususiyatlarini ham hisobga 
olishi kerak.
0 ‘qituvchi o ‘quv materialini tanlaganda uning bolalarga tushunarli 
bo‘lishiga alohida e’tibor berishi kerak. Bundan berilayotgan material 
nihoyatda sodda boiishi kerak, degan xulosa chiqarilmaydi. Bolalar uchun 
tushunarli bo‘lgan yangi bilimlarni o ‘zlashtirish va malakalarni vujudga 
keltirish ham ayrim qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
0 ‘zlashtirishda o‘quvchi qiyinchiliklarga duch kelishi zamr. Ta’lim 
jarayonida qiyinchilik bilan to‘qnashish, uni yengish pedagogik jarayonning 
asosiy rag‘batlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida oligofrenopedagog shuni e’tiborga olishi muhimki, 
bolalar o ‘zlariga taklif qilingan ba’zi vazifalami tamomila mustaqil ravishda 
bajara oladilar, bunda ular psixologik jihatdan rivojlanib borishning shu 
paytgacha erishilgan darajasiga, amaiiy tajriba, malaka va ko‘nikmalarga 
tayanadilar. Shu bilan birga, biror murakkabroq topshiriqni mustaqil 
ravishda eplay olmagan bola uni pedagog yordamida (uning qo‘shimcha 
tushuntirishi, ko‘rsatishi, yordamchi savollar berishi va hokazo yo‘l bilan)
66


bajara oladi. Bu hoi bola imkoniyatining go‘yoki ikkilamchi darajasi bo‘lib, 
psixologiyada «eng yaqin kamol topish zonasi» deb ataladi. Shu sababli 
ta’lim jarayoni faol kamol topish darajasigagina, ya’ni shu paytgacha tarkib 
topgan psixik funksiyalargagina. tayanib qolmay, balki bolaning potensial 
imkoniyatlariga, tarkib topayotgan funksiyalariga, ya’ni «eng yaqin kamol 
topish zonasi»ga ham tayanishi lozim.
T a’limda uchraydigan qiyinchiliklarni chetlab o ‘tish emas, balki 
o'quvchi imkoni boricha bu qiyinchiliklarni o‘qituvchi rahbarligida yengib 
borishi kerak.
Shunday qilib, yordamchi maktab ta’limida tushunarlilik tamoyilini 
amalga oshirishdao‘qituvchidan o‘quvchilaming yoshi, tipologik va indi­
vidual xususiyatlarini hisobga olish talab qilinadi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling