Maxsus pedagogika
Boshqa o ‘quvchilarda, aksincha, o ‘zlashtirish xususiyati birm uncha
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Boshqa o ‘quvchilarda, aksincha, o ‘zlashtirish xususiyati birm uncha
jonliroq, biroq uyushqoqsizligi, intizom sizligi, o'qishni xohlam asligi tufayli ulam i o ‘qitish ancha qiyin b o ‘ladi. BU o'quvchilar bilan olib boriladigan ishning xarakterli xususiyati — ular psixikasining ojiz tomonlariga passivlik bilan moslashish emas, balki ulami maksimal darajada rivojlantirish uchun ulaming aqliy rivojlanishiga faol ta’sir, ko‘rsatish kerak. Yordatnchi maktabda o ‘qituvchi ba’zan mutlaqo o ‘qishni (aleksiya), yozishni (agrafiya) va hisobni (akalkuliya) bilmaydigan bolalarga duch kelishi mumkin. Bu bolalar boshqa hamma fanlardan o ‘zlashtirsalar-da, ammo yozishni yoki o‘qishni, yoki hisoblashni o‘rganib ololmaydilar. Ular, albatta, individual yondashishga muhtoj bo'lib, alohida tuzilgan reja asosida o ‘qitilishlari kerak. Bu o‘quvchilar bilan ishlashda o‘quvchining o ‘z kuchiga ishonishi, o‘z imkoniyatlari va qobiliyatiga ishonch bilan qarashi muhim rol o ‘ynaydi. Shu sababli, ular bilan ishlashni shunday tashkil etish muhimki, u o‘zining ilgarilab borayotganligini his qilsin. Ularga dastlabki muvaffaqiyatlaming quvonchini his etish imkoni berilishi kerak. 0 ‘qituvchi o‘quvchining (dastlabki paytlarida), garchi oz bo‘lsa ham erishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidlashi, uning diqqat-e’tiborini (hali oz bo‘lsa ham) erishgan ayrim yutuqlariga qaratish uchun har bir imkoniyatdan foydalangani yaxshiroq. Individual yondashishning asosiy maqsadlaridan biri — har bir bolani uzoq muddatli keng ko'lamli ishda muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlashdir. Lekin frontal ish, albatta, o‘quvchilarga alohida-alohida yondashish bilan birga olib borilishi kerak. Yordamchi maktab dasturi o ‘quvchilar tarkibini hisobga olgan holda differensiatsiyalashgan yondashishni nazarda tutadi, biroq ular 0 ‘qituvchining har bir o ‘quvchi bilan alohida ishlash yo‘lini belgilab berolmaydi. Yordamchi maktabning o‘ziga xosligi shundan iboratki, darsni rejalashtirishda o ‘qituvchiga har bir o‘quvchining xususiyatlarini hisobga olish uchun keng imkoniyat beriladi. Differensiatsiyalashgan yondashish o ‘quvchilaming umumiy guruhlarga oid xususiyatlariga (ularning bilish faoliyatining xususiyatiga, dastur materialini o ‘zlashtirish saviyasiga, mustaqillik darajasiga, ish qobiliyatiga) qarab yuqori, o ‘rtacha va past guruhlarga shartli ravishda bo‘lishni, ya’ni sinf ichida differensiatsiyalashtirishni m oijallay d i. 0 ‘qituvchi shu xususiyatlarga asoslangan holda har bir guruh uchun maxsus vazifalar tanlaydi. 0 ‘quvchilar gumhi uch xil variantdagi topshiriq ustida ishlab, kuchi yetgan darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladilar. Guruhdagi ish barcha sinf bilan bajariladigan keng ko‘lamli ish bilan birgalikda olib boriladi. 71 Ishni shunday tashkil etganda o ‘quvchilaming muntazam o‘sishi,/bir guruhdan ikkinchi guruhga — kuchsizroq guruhdan kuchliroq guryhga o'tishlari uchun yetarlicha sharoit tug‘iladi. / Ishning bunday tizimining tarbiyaviy tomoni juda muhim ahanriyatga ega. 0 ‘quv materialini bo‘sh o‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar o‘z kuchlariga qarab topshiriq olganlari tufayli, yuqori baho olish imkoniyatiga ega bo‘laailar, bu esa ulaming o‘qish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yanada yaxshi o ‘qish hissini uyg'otadi. Differensiatsiyalashgan yondashish, bir tom ondan, o'qituvchining maqsadga muvofiq ishlashi uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har bir o ‘quvchining bilish imkoniyatlaridan yetarli ravishda foydalanish va ularni rivojlantirish uchun zarurdir. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling