Maxsus pedagogika


-chizma 6 -  3.4 81 82 6-r


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

2-chizma
6

3.4
81


82
6-r
as
m.
1
0
3
-m
a
x
su

y
o
rd
a
m
c
h

m
a
k
ta
b
-i
n
te
rn
a
td
a
6-
sin
fd

on

ti
li
darsi 
(d
e
fe
k
to
lo
g
M
a
tlu
b
a
M
u
q
im
o
v
a
).


1. Og‘zaki uslublar (tushuntirish, suhbat, hikoya).
2. Ko‘rsatmali uslublar: har xil ko‘rgazmali qurollami namoyisli qilish, 
ta’limda texriika vositalaridan foydalanish, ekskursiya, mustaqil kuzatish.
3. Amaiiy uslublar: kitob bilan ishlash, yozma va og‘zaki mashqlar, 
laboratoriya va amaiiy ishlar, mustaqil ishlarning ba’zi turlari.
Har bir uslub bir necha kichik uslublardan iborat.
Og‘zaki uslublar
Og‘zaki uslublar qisqa muddat ichida hajmi bo‘yicha eng ko‘p axborot 
berish, o ‘quvchilar oldiga muammolar qo'yish, ularni hal qilish yo‘llarini 
ko‘rsatish im konini beradi. Bu uslublar o ‘quvchilarning mavhum 
tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Bilimlarni tushuntirish uslubining mohiyati shundan iboratki, bunda 
o ‘qituvchi materialni bayon qiladi, o ‘quvchilar esa uni tayyor holda 
qabul qilib oladi. Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo‘lishi 
kerak.
Materialni og‘zaki bayon etishga tushuntirish, o‘qituvchining hikoyasi 
kiradi. Yordamchi maktablarda ma’ruza qo‘llanilmaydi. Aqli zaif bolalarning 
psixofizik nuqsonlari sababli hikoya qilish 1—4- sinflarda 10 daqiqa, 5—
8-sinflarda esa 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Tushuntirish bu yangi 
materialni mantiqiy izchillikda bayon etishdir. Bu usul o‘quvchilami nazariy 
bilimlar (qoida, atama, ta ’rif) bilan tanishtirishda qo‘llaniladi.
Tushuntirishda o ‘qituvchi yangi materialni oldin o ‘tilgan material 
bilan bog‘laydi, uni bilimlar tizimiga kiritib, o‘quvchtlarda bor bilimlar 
bilan yana egallanuvchi bilimlarning o ‘zaro bog‘liqligini aniqlaydi. Bu 
o ‘zaro bog‘liqlikni aniqlashda o ‘qitlivchi o ‘quvchilaming o ‘tgan tajribasiga 
tayanib, ularda bor bilimlarni eslashga jalb qiladi.
Quyi sinflarda o ‘qituvchi tushuntirishda ko‘rgazmali materiallar
qo‘llanmalar, tarqatm a-didaktik materiallar, jadvallar, chizmalar va 
hokazolardan keng foydalanadi.
Yordamchi maktabda yangi materialni tushuntirish, ayniqsa, quyi 
sinflarda uzoq cho‘zilmasligi kerak. Yangi materialni katta bo‘lmagan 
qismlarga bo‘lish kerak. Bitta darsda uncha katta bo‘lmagan material bayon 
qilinadi. 0 ‘qituvchi tushuntirishni ahyon-ahyonda to ‘xtatib, o ‘quvchilarga 
savollar berishi mumkin: «Sizlar qanday o ‘ylaysiz, endi nima qilish 
kerak?» Bunday savollar o ‘quvchilaming bayon qilinayotgan materialni 
tushunishi, kuzatishga ulgurishlari yoki ularning diqqatlari barqarorligini 
aniqlash maqsadida berib turiladi. Bunday savollar o ‘quvchilarning bilish 
faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini yo‘naltirishga imkon beradi., 
Ko‘pincha o'qituvchining tushuntirishi didaktik materiallar, amaiiy ishlar 
bilan birga qo‘shib olib boriladi.
83


0 ‘qituvchining hikoyasi bu voqea, hodisalarni, qahram onlarga 
tavsifnoma berishni ochiq, his-hayajon bilan ifodalashdir. U vaqt jihatidan 
qisqa bolishiga qaramay, har doim faqat o ‘quvchilaming fikriga emas, 
balki his-tuyg‘ulariga ham ta’sir etadi. Shunisi muhimki, hikoya o‘quvchilami 
qiziqtiradigan bo‘lishi, ularda darsda eshitganlariga nisbatan ko‘proqbilishga 
xohish uyg‘otishi kerak. Modomiki o'qituvchining so‘zi asosiy bilim manbai 
hisoblanar ekan, o ‘qituvchi so‘ziga jiddiy talablar q o ‘yiladi. Bular 
quyidagilardan iborat:
1. 0 ‘qituvchining so‘zi fonetik tomondan to‘g‘ri va ravshan bo‘lishi kerak.
2. Har bir yordamchi maktab o ‘qituvchisi o ‘zining so‘zida bo‘lgan 
kamchiliklar ustida ishlashi kerak. 0 ‘qituvchining jonli, ravon so‘zi 
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.
0 ‘qituvchi so‘zining tez va sekinligi o‘quvchilaming dars materialini 
egallash qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar o‘qituvchi materialni tez bayon 
etsa, o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlarini qabul qilishga ulgurolmay qoladilar. 
Natijada ulaming diqqati haddan tashqari kuchayib, tez pasayadi va tarqaladi. 
Shundan so‘ng o ‘quvchi o ‘qituvchining gapini eshitgisi kelmaydi, o ‘zini 
ishdan chetga oladi. Biroq yordamchi maktabda nutqning juda sekinligi ham 
yaxshi natija bermaydi. Chunki bola jumlaning oxirini eshitguncha uning 
boshlanishini esdan chiqaradi.
Suhbat uslubi — bu o ‘qituvchining savol-javob uslubidirki, bunda 
o‘qituvchi o‘quvchilaming bilimlami qanday o‘zlashtiiganliklarini aniqlaydi 
va amaliy tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar tizimi, 
ularga beriladigan javoblar y o ii bilan o ‘quvchilarni qo‘yilgan ta ’lim- 
tarbiyaviy va tuzatish masalalarini hal qilishga olib keladi. Suhbat yordamchi 
maktabda keng tarqalgan o ‘qitish uslublaridan biri hisoblanadi. Yangi 
materialni tushuntirishdagi suhbat, odatda, 
0
‘qituvchining hikoyasi bilan 
birga qo‘shib olib boriladi. Bu holda o'qituvchining savollari qonunlami, 
qoidalar va voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishlami tushunishga yordam beradi.
Suhbat buyumlami namoyish qilish, o‘quvchilaming amaliy faoliyati 
va mustaqil ishlari bilan q o ‘shib olib boriladi. Suhbatni o ‘tkazishga 
tayyorlanishda o ‘qituvchi mavzuni va maqsadni aniqlab va uni o‘tkazishi 
uchun ko‘rgazmali materiallami tanlab, savollami puxta o‘ylab chiqadi.
0 ‘qituvchining savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Savol bir o‘quvchiga emas, balki butun sinfga qaratilishi kerak. Qoidani 
bajarish yordamchi maktabda katta ahamiyatga ega. Chunki sinfda o‘tiigan har 
bir o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga javob berish uchun doskaga 
chaqirilib qolishi mumkinligini bilgan taqdirdagina ishga kirishadi. Shuning uchun 
bitta o‘quvchiga berilgan savol qolgan o‘quvchilami bu vazifadan ozod etadi.
2. Har bir savol to‘g‘ri qo‘yilishi va o‘quvchilaiga tushunarli bo‘lishi kerak. 
Ko‘p so‘zli savollar berilmasligi kerak. Bundan tashqari, bir qancha savollami 
birdaniga, birinchi savolga javob olmasdan turib berish mumkin emas.
84


3. Savollar mazmuniga qarab bir-biridan farq qilishi kerakki, ommaviy 
maktablarga qaraganda yordamchi maktablarda savollar ko'proq beriladi. 
Savollar juda qisqa va aniq bo‘lishi lozim.
4. Savollarning shakli va uning oson yoki qiyinligi o ‘quvchilaming yoshiga 
qarab belgilanishi kerak. Berilgan savollarning ichida javobi bo‘lishi kerak 
emas, aksincha, berilayotgan savollar o ‘quvchilami fikrlashga undashi 
zarur.
5. Berilayotgan savol oldingi savolga bog‘liq bo‘I ish i kerak.
6. Nutqida kamchiligi bo‘lgan o ‘quvchiIarga shunday savollar berilishi 
kerakki, ular javobini ko‘rsatishlari yoki yozib berishlari, yo bo‘lmasa 
og‘zaki bir so‘z bilan javob qaytarishlari mumkin bo‘lsin.
7. 0 ‘qituvchi savollami faqat og‘zaki berishi shart emas, balki yozma 
tarzda berishi ham mumkin. Bu o ‘quvchilaming faqat og‘zaki nutqini emas, 
balki yozma nutqini 
0
‘stirishga ham yordam beradi. Masalan, o‘qituvchi:
a) og‘zaki so‘rab, og'zaki javob talab qilishi mumkin;
b) savollami sinf doskasiga yozib qo‘yib, o'quvchilardan og‘zaki yoki 
yozma javob berishlarini talab qilishi mumkin;
d) 
o‘quvchilarga alohida yozilgan savollami tarqatib, ulardan o ‘ylab, 
shu savollarga javob berishlarini so‘rashi mumkin.
0 ‘quvchining javobiga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:
1. 0 ‘quvchilar savolni tushunib yetishlari kerak.
2. Mantiqiy o ‘ylab, jumla tuza bilishlari kerak.
Yordamchi maktabda o ‘qituvchi savolni to ‘g‘ri qo‘ygani bilan har 
doim ham o ‘quvchilardan to ‘g‘ri javob ololmaydi. 0 ‘qituvchi har mahal 
o ‘quvchilarning javobini diqqat bilan tinglashi kerak. Ular tomonidan 
qilingan xatolami o‘z vaqtida to‘g‘rilab borishi lozim. To‘g‘rilangan xatolami 
o‘quvchilar tomonidan takrorlashni talab qilish zarur.
Aqli zaif bolalar ko‘pincha qisqa yoki bir so‘zli «yo‘q» yoki «ha» degan 
javob bilan chegaralanadilar. Yordamchi maktab o ‘qituvchilari oldida turgan 
eng muhim vazifalardan biri o ‘quvchilardan to ‘liq javob talab qilishdir.
Suhbat jarayonidagina o ‘quvchini savollar berishga o ‘rgatish imkoniyati 
yaratiladi. Dastlab bu juda qiyin bo‘ladi. Keyinchalik bolalar sekin-asta bunga 
o‘rganib boradilar.
Shunday qilib, yordamchi maktabda suhbat usuli ta’lim jarayonida 
o ‘qituvchi oldida turgan um um ta’lim va tuzatish borasidagi tarbiyaviy 
vazifalami bajarishga yordam beradi.
0 ‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi hikoya shaklida amalga oshirilishi 
mumkin. 0 ‘qitish jarayonining hamma bosqichlarida darslik va kitob bilan 
ishlanadi, ammo bu ish o'quvchilardan m a’lum malaka va o ‘qituvchining 
yordamini talab qiladi. Yordamchi maktab amaliyotida kitob va darsliklar 
bilan ishlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: ovoz chiqarib o ‘qish, 
ichida o‘qish, o ‘qituvchining matnni o ‘qib berishi.
85


0 ‘qishning birinchi yillarida ovoz chiqarib o ‘qishga katta ahamiyat 
beriladi. To‘g‘ri, ifodali va bir yo‘la o‘qish ko‘p jihatdan 
0
‘qituvchining 
o ‘qishga qanday e’tibor berishiga bog‘liq b o ‘ladi. I va II sinflarda 
o‘quvchilaming to‘g‘ri o‘qishiga katta ahamiyat beriladi. Chunki o‘quvchilar 
tovushlami bo‘g‘in va so‘zlarga bog‘lashda juda qiynaladilar.
Yuqori sinflarda ko‘proq ichida o‘qishdan foydalaniladi, buning yordamida 
bolalar kitob bilan mustaqil ishlashga o ‘rgatiladi. Matnning o ‘qituvchi 
tomonidan o‘qilishi yordamchi maktabda namunali o ‘qish sifatida, o'qilganni 
so‘zlab berish yoki matn mazmuni ustida suhbat o ‘tkazish uchun, 
o‘quvchiiarning mantiqiy tafakkurlarini, nutqini, diqqatini, fonematik 
eshitishini, tahlil va tasnif qilish jarayonlarini to‘g‘rilash uchun qo‘llaniladi.
Bu usulning katta tuzatish-tarbiyaviy ahamiyati borligini hisobga olib, 
undan hamma o ‘quv yillarida keng foydalanish mumkin.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini kitob bilan ishlashga o ‘rgatishda awal 
ularda ongli o‘qish malakasini hosil qilish katta ahamiyatga ega. Shuning 
uchun darslikda gap borayotgan narsalar va voqealar bilan o‘quvchilaming 
bevosita yoki «ko‘rgazmali vositalar» yordamida tanishuvini maksimal 
ta’minlashga erishish kerak. Bolalar nima o‘qiyotganliklarini tushunishlari va 
tasavvur etishlari lozim.
Darslik materialini ongli o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar matndagi hamma 
so‘zlami tushunishlari zarur. Shuning uchun darslik bilan ishlash o‘qituvchidan 
maxsus atamalar, qiyin so'zlar ustida lug‘at bilan ish olib borishni talab qiladi.
Darslik bilan ishlashda o ‘quvchilaming diqqatini matnda joylashtirilgan 
jadval, karta, rasmlarga qaratish kerak. Matnni o‘qitishdan oldin o‘quvchilar 
bilan birgalikda rasmlami batafsil tushunib yetmoq maqsadga muvofiqdir.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling