Maxsus pedagogika


Darsga qo‘yilgan davr talablari


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Darsga qo‘yilgan davr talablari
Hozirgi kunda yordamchi maktablarda dars 2 xil yo‘nalishda: an’anaviy, 
interfaol tarzda olib boriladi.
An’anaviy dars olib borish bu shu kungacha o'tiladigan dars jarayonlari 
kabi olib boriladi. Interaktiv, ya’ni interfaol yo‘nalish yangi pedagogik 
texnologiyaga asosan olib boriladi. Bunda darsda o‘qituvchi emas, o‘quvchilar 
faol, amaliy ishtirok etadilar. Yordamchi maktabda o‘quvchilarga beriladigan 
fanlar asosidagi bilimlar, u ularning e’tiqodlariga aylanishi o ‘ta muhimdir. 
Yordamchi maktab o ‘quvchilarining aqliy qobiliyatlarini korreksion 
rivojlantirish davr talabidir. Yordamchi maktab o‘quvchilari barcha fanlardan 
olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish, faoliyatlarini faollashtirish 
va ko‘nikma, malaka hosil qilish lo/.imdir. Ular o'zlarining ko‘rgan- 
kecliirganlarini sabab-oqibat qonuniyatlarini anglab yetish va hayotga tatbiq 
qila olishi o‘ta muhim. Yordamchi maktabda o ‘quvchilarga individual 
yondashish shu boisdan ham ta’lim jarayonining muhim talabidir.
Yordamchi maktabda o'qitishdagi individual yondashish faqat mashq 
ishlarida emas, balki o ‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi 
materialni o ‘tishda, mustahkamlashda va takrorlashlarda ham, uy vazifasini 
tuzishda va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga 
oshirilishi zarur.
Hozirgi davrda ta’lim-tarbiya jarayonlarida pedagogik texnologiyani qo‘llash 
bilan uzviy bog‘lab olib borish, tanqidiy fikrlovchi shaxsni tarbiyalashdek 
muhim vazifani kutmoqda. Hozirgi kun amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangi 
o ‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan maxsus pedagogika tizimiga 
aylantirish davr talabidir, zero ijtimoiy tajriba elementlari — bilim, ko‘nikma 
va malaka ijodiy faoliyat tajribalari — maxsus maktab pedagogika tizimi 
doirasida, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlami qo‘llagan holda korreksion- 
ped ag og ik ish m a z m u n in i ta k o m illa s h tiris h m axsus m a k tab
oligofrenopedagoglari oldida turgan dolzarb, asosiy vazifadir.
Yordamchi maktabda ta’lim jarayonida ta’lim mazmunining yangi 
loyihasini, ilg‘or pedagogik texnologiyalami qo‘llash zarurati vujudga 
keldi.
7 - 3 3
97


Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida 
oligofrenopedagog faoliyati yangilanadi. 0 ‘quvchilarda hurfikrlilik, 
insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi. Davr talabi — 
«shaxs manfaati va ustuvorligi» maxsus ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning 
asosiy omillaridan bin ekan, buni amalga oshirishda pedagogik texnologiya 
kerakli omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi pedagogik texnologiya deganda ishlab chiqarish mahsulotini 
tayyorlash jarayoni, bu jarayonni amalga oshirish vositalari, qurol- 
uskunalari, jarayon ishtirokchilarining harakatlari tarzi, bir-biriga 
munosabati majmuasi tushuniladi. «Texnologiya» tushunchasi texnikaviy 
taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holda fanga 1872-yil kirib kelgan. U ikki 
so‘zdan: «texnik» — san’at, hunar va «loges» — fan so‘zlaridan tashkil 
topib, hunar fani m a’nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya - ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida 
ham da u larning o ‘zaro t a ’sirini inobatga olib o ‘qitish va bilim
0
‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘Has lining 
tizimli uslubidir (YUNESKO).
1) Dars — ta ’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash funksiyalarining 
kompleks tarzda amalga oshirilishini nazarda tutadi. 0 ‘quvchining 
shakllanishiga doir barcha jihatlarga ta ’sir o ‘tkazadi. Shaxsning bilimlarini 
oshiradi, aqliy qudrati va qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashini, 
axloqiy, estetik qo biliy atlarin i, irodaviy fazilatlarin i, m ehnatga 
munosabatini shakllantiradi.
2) Dars o ‘tishiga, shakliga ko‘ra sistema bo‘yicha olib boriladi: muayyan 
boshlanishdan, darslarning maqsadlari va vazifalarini belgilashdan, 
materialni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlashdan, uyga vazifa 
berishdan iborat bo‘ladi. Darsning qismlari o ‘zaro bir-biri bilan bog‘langan 
bo‘lishi, biridan keyin ikkinchisi o ‘tishi kerak.
3) Dars o‘qitish tamoyillariga muvofiq bo‘ladi: u tarbiyaviy ta ’sir 
o‘tkazadi, ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi, o ‘quv materialining 
puxta va ongli tarzda o ‘zlashtirilishiga, malaka, ko‘nikmalar shakllanishiga 
imkon beradi.
4) Dars mazmuni o ‘quv dasturiga muvofiq bo‘lib, u boshqa darslar 
sistem asidagi b o ‘g ‘inlarni qam rab oladi. Ilgari, qanaqa m azm un 
o‘iganilgani va bu darsdan keyin nimalami o ‘rganishlari kerakligini hamisha 
esda tutish shart. Faqatgina esda tutish va bilish emas, balki bajargan ishi 
o ‘quv faoliyati davomida keyinchalik o ‘rganilishi lozim bo'lgan b a’zi 
g‘oyalar bilan oldindan tanishtirib ketish tendensiyasini vujudga keltirishi 
kerak.
5) Darsga tayyorgarlik ko‘rish va uni o'qitish chog‘ida, o'qitish va 
tarbiyalashga nisbatan zam onaviy psixologik-pedagogik va uslubiy 
yondashish hisobga olinadi.
98


0 ‘qituvchi, shuningdek, maktabdagi muayyan vaziyatni: jihozlarni, 
texnikaviy vositalarni, mahalliy, ijtimoiy va tabiiy shart-sharoitlarni va 
boshqa narsalarni ham hisobga oladi.
Dars o‘tishga tayyorgarlik va uni o‘tish muvaffaqiyatli sinf dars sistemasi 
sharoitida o ‘quv jarayonini tashkil etish asoslarini tushuntirib berolganligi 
bilan belgilanadi.
Har qanday darsda maqsad va vazifalar ko‘zda tutiladi. Ta’lim berish 
maqsadlari alohida ajratiladi. Dars ho/irgi zamon talabini, tarbiyaviy maqsad 
va vazifalarini ham oV, ichiga oladi. Ular o‘quv materialining mazmuni bilan 
ham, shuningdek, maktab o‘quvchilari shaxsini tarbiyalash va kamol toptirishga 
qaratilgan umumiy maqsadlar bilan ham belgilanadi. Tarbiyaviy vazifalar 
o‘quvchilarning axloqiy, irodaviy, intellektual, uzluksiz jarayoni hisoblanadi.
H ar qanday dars o'quvchining ijobiy fazilatlarini shakllantirishga faol 
yordam berishi shart.
Bunda darsning ta’lim berish jihati, uning mazmuni, tashkil etilishi 
o‘quv faoliyatining muayyan tarbiyaviy yo‘nalishini vujudga keltiradi.
0 ‘qituvchi aniq tarbiyaviy vazifalami belgilaydi. Masalan, mashq 
qilish, ijodiy yondashish.
Darsda ta ’lim berish o ‘quvchilarning shaxsiy tajribalariga tayanib ish 
ko‘rishni talab qiladi. Agar material o ‘quvchilar shaxsiy boyligiga aylanib 
qolgan bilimlar bilan bog‘langan, agar u mahalliy tabiiy va ijtimoiy 
hodisalar bilan alo qador b o ‘lsa, o'q u v ch ilar uchun uni o ‘rganish 
osonroq, qiziqarliroq, tushunarliroq bo‘lar edi. Shaxsiy tajribaga tayanish 
darsni muvaffaqiyatli o ‘tkazishning muhim shartidir.
0 ‘quvchilarni o ‘qishga, mustaqil ravishda bilim larni egallashga 
o ‘rgatish umumiy jihatdan emas, balki har bir darsda muayyan tarzda 
hal etiladi. Bu eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Jamoa, guruh shaklida va individual tarzda ishlashni mohirlik bilan 
q o ‘shib olib borish darsni tashkil etish da asosiy masala hisoblanadi. 
0 ‘quvchi o ‘quv topshiriqlarini tashkil eta olishi, shakllantira bilish va 
bajara olishi uchun uni jam oa bo‘lib ham, individual tarzda ham ishlashga 
o ‘rgatish muhim ahamiyatga ega.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling