Maxsus pedagogika


  Yangi mavzuni dastlabki o‘qitish darsi


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

1. 
Yangi mavzuni dastlabki o‘qitish darsi. Bu darsning asosiy didaktik 
m aqsadi, o ‘quvchilarning yangi bilim lar bilan qurollanishi, yangi 
materialni o ‘qishi va tushunishi hisoblanadi. Bunday darsning ko‘p vaqti 
yangi bilimlami tushuntirishga qaratiladi. 0 ‘quvchilar bilimini tekshirish 
va qaytarish bu darslarda chegaralangan holda olib boriladi.
Pedagogik adabiyotlarda yangi materialni tushuntirish masalasiga katta 
e’tibor beriladi. V.L.Strezikozin yordamchi maktablarda ham qo‘llanishi 
m um kin b o ‘lgan o ‘quvchilar tom onidan yangi m avzuni tashkiliy 
o ‘zlashtirishning qiziqarli chizmasini keltiradi. Darsning butun mavzui 
bo‘yicha yangi material katta bo‘lmagan elementlaiga bo‘linib, ulardan 
har biri o ‘quvchilar batamom tushunmagunlaricha o ‘rganiladi. 0 ‘quv 
materialining har bir o ‘zlashtirilgan qismi tezda qaytariladi, bunga qanoat
92


hosil qilingandan keyingina, ya’ni o ‘quvchilarning ushbu materialni 
o‘zlashtirganlaridan keyin o ‘qituvchi keyingi qismni tushuntira boshlaydi. 
Bu yangi bilimni eng oddiy o ‘zlashtirish deb ataladi.
Yangi bilim ni o'zlashtirishning bu usuli yordam chi m aktablar 
amaliyotida qo‘llaniladigan dasturlashtirilgan darsga olib keladi. Ishni 
shunday tashkil etishning afzalligi, bilimni elementar o ‘zlashtirish ayrim 
o ‘quvchilar bilimida uzilishlar paydo bo‘Iishining oldini oladi. Shu bilan 
birga, bu o ‘qituvchi uchun ishning har bir bosqichidagi natijalarni 
aniqlash imkonini berib, ularni hisobga olgan holda materialning keyingi 
qismini o ‘qitishga o ‘tiladi. Bundan tashqari, o ‘qituvchi yangi materialni 
to ‘la o ‘zlashtira olmagan o ‘quvchilarga o ‘z vaqtida yordam ko‘rsatib, 
ayrim o ‘quvchilarga nisbatan individual munosabatda bo‘ladi. Buning 
ijobiy tom oni yana shundaki, o ‘quvchilar faqat o ‘qituvchini tinglabgina 
qolmay, balki o ‘zlari mustaqil ravishda amaiiy mashg‘ulotlarni bajarib, 
darslik bilan ishlaydilar. Bu o'rganilayotgan masala bo‘yicha bolalarga 
amaiiy harakatlar usulini egallashga yordam beradi (ular q o ‘yilgan 
savolga javob uchun material topib, uni ajratadilar, taqqoslaydilar, 
tasniflaydilar). Shunday qilib, o'qituvchi o'qitishning ikki tom onlam a 
boshqarib turish imkoniga ega bo‘ladi: bir tom ondan, tushunish va 
tasavvur etishning shakllanishi, boshqa tom ondan, bolalarda bilishga 
b o ‘lgan h a ra k a tn in g riv o jlan ish i. Bu, sh u b h a siz , o ‘q itish n in g
rivojlantiruvchi tamoyilini amaiiy jihatdan amalga oshirish imkonini 
beradi.
Yordamchi maktablarda yangi mavzuni dastlabki o ‘zlashtirish darsi 
uncha katta bo‘lmagan materialga ega. Shuning uchun o‘quvchi ko‘nikma 
va malakasini jamlash uchun olingan bilim bo‘yicha qayta mashq qilish 
imkoniyatiga ega. 0 ‘qituvchining tushuntirishi bilan o ‘quvchilarning 
mustaqil ishlarining qo‘shib borilishi quyidagi tarzda tuzilishi kerak.
0 ‘qituvchi darsni yangi m avzuni tushuntirish bilan boshlaydi, 
shundan keyin olingan bilimni mashqlar yordamida mustahkamlash 
maqsadida o ‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qiladi.
0 ‘qituvchi o ‘quvchilarga taqqoslash uchun bir qancha misollar 
keltirib, suhbat yordamida o‘quvchilarni xulosa chiqarishga olib keladi.
Bunday darslar o ‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi, 
chunki ularga tahlil, tasnif, taqqoslash va umum lashtirishni mashq 
qildiradi. Bu esa ulaming nutqlaridagi asosiy nuqsonlami tuzatishga imkon 
beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling