Maxsus pedagogika


Takrorlash — umumlashtirish darslari


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

4. Takrorlash — umumlashtirish darslari. Uning didaktik maqsadi 
o ‘tilgan mavzuni qaytarish va sistemalashtirishdan iborat. U dastuming 
birorbo‘limi yoki alohida mavzuning o‘qitilishi tugallangandan keyin amalga 
oshiriladi. Umumlashtirilgan darsda o'qituvchi o ‘quvchilarning o ‘tilgan 
mavzuni qanday o ‘zlashtirganlarini aniqlaydi. Bu darslar bolalarning o ‘quv 
materialini yuqori darajada tushunishiga va o'tilganlarni yangi shaklda 
qaytarishga imkon beradi.
Yordamchi maktablarda umumlashtirilgan holda takrorlash-qaytarish, 
ayniqsa, muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Qaytarish paytida 
mavzu bo‘yicha hamma o'rganilgan material umumlashadi. Masalan, 
darslarda o ‘quvchilar turli xil mashqlami o'rganishadi, umumlashtirib 
qaytarish darsida esa ulami taqqoslaydilar. 
Y
o w o y i
va uy hayvonlarini 
o ‘rgangandan keyin o‘quvchilar bu guruh hayvonlami o ‘zaro solishtirib, 
har bir gumh uchun umumiy va o ‘ziga xos belgilami aniqlaydilar.
5. Tekshirish va baholash darslari. Yordamchi maktab o‘qituvchilari bunday 
darslami o‘iganilayotgan mavzu o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganiga ishonch 
hosil qilgandan so‘ng o‘tkazadilar. Bunday darslar og‘zaki, so‘roq shaklida yoki 
yozma ish shaklida o‘tkazilishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan har 
bir dars turida, uning tuzilishida umumiy elementlar mavjud bo‘ladi. Biroq 
dars turidan qat’i nazar, yordamchi maktabdagi darslar bir qancha qism: 
tayyoigarlik, asosiy va xulosa qismlaridan iborat bo' ladi.
94


Tayyorgarlik qismining maqsadi o‘quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga 
keltirish, ularni o‘quv jarayoniga kirishishiga imkon yaratishdan iborat. 
D arsning bu qismi bir qancha elem entlardan: a) o ‘quvchilar ish ini 
uyushtirish va darsga tayyorlash; b) darsdagi mashg‘ulotlarga o‘quvchilami 
psixologik tayyorlash; d) o'quvchilaming darsga didaktik tayyoigarligidan tashkil 
topadi.
0 ‘quvchilami o‘quv ishiga tayyorlash uchun o‘qituvchi ular diqqatini 
faollashtiradi, yordamchi maktab o ‘quvchilarining asab sistemasini optimal 
holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan 
paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar 
darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bog'liq bo‘lishi kerak. Mazmunga ko‘ra 
ular har xil bo'ladi: rasmlami, buyumlami ko'rish, ular to‘g‘risida suhbat 
o‘tkazish. Nutq bilan bog‘langan o‘yinlar, ertak va hikoyalar eshitish, buyumni 
tanish, tasniflash, ajratish bo‘yicha amaiiy topshiriqlar, diafilmlar namoyish 
qilish.
Sinfda o ‘qituvchining uy vazifasini tekshirish!, o‘tilganlarni takrorlash 
asosida yangi materialni o'zlashtirishga o ‘quvchilarni tayyorlashi katta 
ahamiyatga ega. Bu darsning tayyorgarlik bosqichiga jonli kirishib
o'quvchilarga savollar berib, mustaqil bajarilgan ishlarni ko‘z yugurtirib 
tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil 
qilinadi. Tekshirish qaysi shaklda olib borilmasin, u yangi materialni 
oYganishga kirishishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilarning didaktik, 
psixologik tayyorgarligi ularni faqat yozuv asboblari bilan, ko‘rgazmali 
qurollar bilan ta’minlash bilangina belgilanmay, balki dars mazmunini 
aniq ta’riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o ‘qituvchi bolalarga 
ular darsda nim ani o ‘rganganlarini va buning amaiiy aham iyatini 
tushuntiradi.
0 ‘quvchilarni yangi m aterial bilan tanishtirish, uni o ‘rganish, 
sistemalashtirish va o ‘tilganlarni chuqurlashtirish, bilim, ko‘nikma va 
malakani mustahkamlash va o ‘quv materiallarini takrorlash—bulaming 
hammasi darsning asosiy qismiga kiradi.
Darsning yakunlovchi qismida esa o ‘quvchilaming ishlari baholanadi va 
ular mustaqil ishlarga jalb etiladi, ya’ni ularga uy vazifalarini bajarish bo‘yicha 
aniq yo‘llanmalar beriladi. Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim, 
chunki uy vazifasi dars davomida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakani 
mustahkamlash va kengaytirishga, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini 
rivojlantirishga, ularda o‘z-o‘zini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Biroq rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lgan uy vazifasi, sinfda bajarilgan 
ishning davomi sifatida qaralganda va o‘quvchilar uni mustaqil bajarishlari 
mumkin bolgandagina shunday hisoblanadi. Uy vazifalari o‘quvchilami 
qiyinchiliklami yengishga, topshiriqlami o‘z vaqtida bajarishga va mashqlami 
bajarishda eng unumli yo'lni topishga o'rgatishi lozim.
95


0 ‘qituvchi o‘quvchilarga uy vazifasini tushuntirib, uni bajarish yo'llarini 
ko‘rsatib berishi kerak. Ba’zida butun sinfgagina emas, balki ayrim o'quvchilarga 
alohida tushuntirib, individual vazifalar ham topshiriladi. Bundan tashqari, 
I.G.Yeremenko darsning yakunlovchi qismida ish joyini tartibga keltirish, 
nafas olish uchun jism oniy m ashqlar bajarish, didaktik o ‘yinlar, 
topishmoqlar topishni uyushtirishni tavsiya qiladi. Yordamchi maktabda 
qaytarish darsning zaruriy elementi bo‘lib hisoblanadi. Qaytarish bola 
materialni esidan chiqarmasdan oldin bajarilishi kerak. A.N.Graborov 
iborasiga ko‘ra, qaytarish — unutishning oldini olishdir. Shuning uchun 
yordamchi maktablardagi darsning har bir bosqichi, aw al o'rganilgan 
bilimni yangi shakllarda qaytarish bilan, bilimni amaliy qo‘llash jarayonida 
qaytarish bilan bogiiq bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra A.N.Graborov o ‘ziga 
xos, ammo majburiy bo‘lmagan, qaytarish alohida o‘rin tutgan dars tuzilishini 
taklif qiladi:
1. Dars 
0
‘quvchilar tajribasini safarbar qilish bilan boshlanadi.
2. Bu tajriba sistemalashtiriladi.
3. Mavzu bo‘yicha yangi material bayon qilinadi.
4. Yangi va o ‘tilgan material orasida aloqa o ‘matiladi.
5. Material takrorlanadi.
6. Yangi qoidalarga misollar o‘ylab topiladi.
7. Material umumlashtirilib, yakunlovchi qaytarish o‘tkaziladi.
8. 0 ‘quvchilar ongida materialni mustahkamlovchi uy vazifasi beriladi.
Yordamchi maktablardagi qaytarish o ‘zgaruvchan xarakterda bo‘lib,
u bolaning rivojlanishiga imkon yaratishi kerak. U ayni o ‘tiladigan mavzu 
bo‘yicha o ‘quvchilarda qanday ko'nikm a va malakani ishlab chiqishi 
kerakligini, mustaqil ish turlarini belgilashi kerak. Darsga tayyorgarlik 
jarayonida o ‘qituvchi alohida e’tibor talab qiladigan o‘quvchilami belgilab, 
awaldan ular uchun alohida savol, uy vazifalari va topshiriqlar tayyorlab, 
uni o ‘quvchilarga tushuntirib, bajarish usulini ishlab chiqadi, ayrim 
o ‘quvchilar uchun individual topshiriqlar tanlaydi. Tayyorlanish davrida 
o ‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakasini hisobga olish va tekshirish 
usullari va turlari ham ishlab chiqiladi.
0 ‘qituvchi dars rejasini tuzadi, agar o ‘quv m ateriali m azm uni 
talab qilsa uning qisqacha konspektini ham oladi. Bizningcha, dars rejasida 
quyidagi elementlar o ‘z aksini topishi kerak:
1. Dars mavzuining nomi.
2. D arsning asosiy didaktik maqsadlari, ta ’limiy, tarbiyaviy va 
nuqsonni tuzatish vazifalari.
3. Darsda foydalaniladigan jihozlar.
4. Darsning tuzilishi, ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini, 
ularning ketma-ketligi va o'tkazish uchun ketadigan vaqtni taxminan 
aniqlash.
96


5. Yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlashga oid va 
navbatdagi mavzularni o ‘rganishga oid ishlarning mazmuni.
6. Darsning har bir qismida bajariladigan o ‘quv ishining metod va 
usullari.
7. Darsning borishida o ‘quvchilar olib boradigan individual ish 
so‘ralishi kerak bo‘lgan o‘quvchilaming familiyalari.
8. 0 ‘quvchilar bilimini baholash.
9. Uy vazifasi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling