Maxsus pedagogika


— 2-sinflarda jurnalga ham, daftarga ham yomon baho qo‘yilmaydi


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

1 — 2-sinflarda jurnalga ham, daftarga ham yomon baho qo‘yilmaydi.
Yordamchi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarini og‘zaki «a’lo», «yaxshi» 
deb rag‘batlantiradi. Yordamchi maktab o‘quvchilarida bunday rag‘batlantirish 
muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z kuchlariga ishona boshlaydilar. Yordamchi 
maktabda o'qituvchining umuman bunday baholashi aqli zaif o‘quvchi 
shaxsini emas, balki ko'rsatgan sifatlarini baliolaslini nazarda tutadi. Bu hoi 
o'qituvchi va o'quvchi o‘rtasidagi munosabatlar yanada yaqinlashishida kerakli 
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktabda baholashning qanday turlari bor?
2. Yordamchi maktabdagi baholashning ommaviy maktabdagi baholashdan 
farqi nimada?
3. Baholashning qanday vazifalari mavjud?
4. Bilimlami chorak va yakuniy tekshirishning qanday shakllari bor?
5. Baholashning mezonlari haqida tushuncha bering.
103


4-BOB. YORDAMCHI MAKTABLARDA 
TARBIYA NAZARIYASI
4.1. Yordamchi maktablarda o ‘quvchilami tarbiyalashning maqsadi, 
vazifasi, tamoyillari va usullari
Insonning insoniyligi uning m a’naviy va axloqiy jihatdan qalbi pokligi, 
halolligi, barkamolligi bilan belgilanadi.
M a’naviy tarbiya insoniy tarbiyaning eng muhim bosqichidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Ma’naviyat va 
m a’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va 
samaradorligini oshirish to ‘g‘risida»gi Farmonida: «Jamiyatda yuksak 
m a’naviy fazilatlami kamol toptirish, yoshlami boy madaniy merosimiz, 
tarixiy an ’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida 
tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlaming 
hal qiluvchi omilidir»,1 — deb ta’kidlaydi.
T arbiya nazariyasi yangi in so n ni sh akllan tirish n in g um um iy 
qonuniyatlarini ochib beruvchi yetakchi ilmiy g‘oyalar tizimidan iborat. 
Tarbiya nazariyasi — tarbiyaning mazmuni, uning bolalar yoshiga bog‘liqligi, 
tarbiya tamoyillari hamda ulardan samarali foydalanish shart-sharoitlari, 
o ‘quvchilarning m aktabdan tashqari ishlari, m aktab, oila, m ehnat 
jamoalari, jamoatchilikning bola tarbiyasidagi birgalikdagi ishlar mazmunini 
ochib beradi. Tarbiya nazariyasi va usullari maktablardagi tarbiyaviy 
faoliyatning ilmiy asosini tashkil etadi. Ammo tarbiyani ta’limdan umuman 
ajratib qo‘yish mumkin emas. 0 ‘qish keng ma’noda tarbiya deb atalgan 
gulning yaprog‘i, xolos. Gulga chiroy baxsh etadigan yaproqlaming hammasi 
birdek bo‘lgani kabi tarbiyada ham asosiy va ikkinchi darajali narsa bo'lmaydi.
Demak, malakalarda sof tarbiya bo‘lmaganidek, sof ta’lim ham bo‘lishi 
mumkin emas. Ayniqsa, yordamchi maktablarda tarbiyalab ta’lim berish 
va bilim berib tarbiyalash juda zarur.
Bizga m a’lumki, har qanday jarayon m a’lum biror natija olishga 
qaratiladi. Jarayon natijasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda holat jarayon
'I.A.Karimovning «M a’naviyat va m a ’rifat» jam oatchilik markazi faoliyatini yanada 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni. Toshkent sh., 1996-yil 9-sentabr. 
« 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1996-yil 13-sentabr, 37-son.
104


b o ia olmaydi. Zero, tarbiya ham jarayondir. Tarbiya jarayonidan qanday 
mahsulot olamiz. Uning asosiy natijasi har tomonlama yetuk, uyg'un, 
kamol topgan shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki yoqlama bo‘lib, 
uyushtirishni va rahbarlikni ham , tarbiyalanuvchi shaxsning faollik 
ko'rsatishini ham taqozo qiladi. Ammo bu jarayonda 
0
‘qituvchi, tarbiyachi 
yetakchi rol o ‘ynaydi, chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga 
oshirish reja va dasturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, usullarini asosli 
tarzda tanlab oladi va hayotga tatbiq etadi.
Yetuk shaxs tarbiyalash tarbiyaning yakuniy maqsadidir. Tarbiya 
tizimining tuzilishini g‘isht, beton plitalari, temir materiallari va boshqa 
detallardan iborat qurilish bilan qiyoslash mumkin. Qurilishda har bir 
detal, buyumning o ‘z vazifasi bo‘lib, ayni vaqtda muayyan darajada 
umumiy vazifalami ham bajaradi. Ammo, ayni vaqtda eng yuqori sifatli 
buyumlar to ‘plami imorat bo‘lib qolmaganday, tarbiya jarayonining ham 
alohida qismlari, komponentlari zarur natijani bermaydi. Buning uchun 
tarbiyada barcha detallar: maqsad, vazifalar, mazmun, shakllar, usullar 
umumiy, birga bo‘lishi kerak. Shaxs tarbiyasida atroflicha yondashish 
obyektiv ravishda aqliy, g ‘oyaviy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya 
birligini, 
0
‘quvchilar ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligini, tarbiya 
jarayonida tashkil etishning individual, guruhli va ommaviy shakllarini 
qo‘shib olib borishni ta ’minlaydigan kompleks pedagogik tizimlami vujudga 
keltirishni hamda bu tizimlarning amaldagi tatbig‘ini talab etadi. Tarbiya 
jarayoni shaxsning ijtimoiy-qadrli fazilatlarini shakllantirishga, uning 
atrofga, odamlarga, o ‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga 
keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.
Shaxsning turmushdagi turli jihatlariga munosabatlari tizimi qanchalik 
keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning o ‘z m a’naviy dunyosi shunchalik 
boy boiadi.
0 ‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli mazmunga ega. Buning 
ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, 
ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma-xil, bevosita va bilvosita 
ta’siri ostida ro‘y beradi. Hamma narsa: ota-onalar, boshqa odamlar, narsalar, 
voqealar, pedagoglar tarbiyalaydilar. Tarbiya jarayoni boshqariladigan 
xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.
Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo‘lib, bu jarayon 
bola maktabga kelishidan ilgariyoq boshlanadi hamda butun umr bo'yi davom 
etadi. Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda boMmaydi. Bu 
narsa ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilaming individual ti pologik tafovutlariga, 
ulaming hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Shuning 
uchun bir xil tarbiyaviy ta’siming o‘zi «shaxsning hissiy larzaga kelishiga» 
olib kelsa, ayni vaqtda boshqa bola m a’naviy dunyosiga ta’sir qilmasligi 
mumkin.
105


Tarbiya jarayoni, odatda, qayta tarbiyalash aqli zaif bolaning atrof-muhitda 
u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan 
munosabatlar va shaxs xususiyatlarini bartaraf etish bilan qo‘shib olib boriladi. 
Yuksak darajaga erishadigan tarbiya jarayoni o'z-o‘zini tarbiyalash vazifasini 
bajaradigan tarbiyadir. Tarbiya dialektik jarayon ekanligini unutmasligimiz 
darkor. Bola atrof-muhitning murakkab olami bilan xilma-xil munosabatlarga 
kirishadi. Mavjud tarbiya jarayonida bu holatni hisobga olmaslik mumkin emas. 
Bu holat tarbiya jarayoniga puxtalik, jo ‘shqinlik, o‘zgaruvchanlik olib kiradi. 
Tarbiya vositalarining hech biri doimiy bo‘la olmaydi. Chunki bola o‘zgarib, 
rivojlanib, murakkablashib boradi, tarbiyajarayonining alohida dialektikasiga 
yana shu narsa sabab boiadiki, tarbiyalanuvchi bu jarayonda obyektgina emas, 
balki ko'pincha subyekt sifatida ham qatnashadi. Umuman tarbiyada «subyekt» 
va «obyekt» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas aloqada bo‘lib, bir- 
birini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining dialektikasi uning ziddiyatli ekanligida 
namoyon bo‘ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘yiladigan 
talablar bilan ulaming tayyorgarlik darajasi, rivojlanish darajasi o‘rtasidagi 
qarama-qarshilikni hal etishga qaratilgandir.
Dialektikaga binoan har qanday rivojlanishning harakatlantiaivchi kuchi 
ichki omillardir. Ammo ular namoyon bo‘lishi uchun qulay tashqi sharoitlar 
yaratilgan taqdirdagina rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini belgilaydi. Bolaning 
ichki kuchlari tashqi ta’sir ostida tarkib topib, o‘zgarib, shaxsning o‘z rivojidagi 
yuksakroq darajaga o ‘tishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining 
harakatlantiruvchi kuchi bilan ziddiyatlar tashqi va ichki bolishi mumkin. 
Tashqi ziddiyatlar obyektiv mavjud boigan narsa bilan atrofdagi kishilar 
yurish-turishi o‘rtasidagi nomuvofiqlikda, tafovutda namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha 
yordamchi maktab o'quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilaming ijtimoiy 
normalarga zid xatti-harakat qilganliklarining guvohi bo‘ladi. Taibiya jarayonining 
tashqi ziddiyatlaridan biri tashqi talablar bilan aqli zaif o‘quvchining o‘z 
xulq-atvori o‘rtasidagi ziddiyatdir. Tarbiya jarayonining obyekti boigan aqli 
zaif bolaning xarakterli xususiyati uning real imkoniyatlari bilan, jamiyat 
tom onidan uning xulq-atvori va faoliyatiga qo‘yilgan talab o ‘rtasida, 
tarbiyalanuvchining munosabati bilan uning mustaqillikka intilishi o'rtasidagi 
ziddiyatdan iboratdir. Yordamchi maktab o‘quvchisi talablari bilan uning 
imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyat ham ichki ziddiyatlar jumlasidandir. Bu 
ziddiyat xulq-atvorda ravshan ifodalanishi mumkin: va’da berib, uni bajarmaslik, 
biror ishni boshlab oxiriga yetkazmaslik va boshqalar. U holda tarbiya jarayonida 
nizoli vaziyat vujudga keladi. Insonning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy 
manbalardan biri talablar bilan ularni qondirish usullari o ‘rtasidagi ziddiyatdir. 
Agar yordamchi maktab o ‘quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat 
bilan va zarur hajmda qondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartaraf etiladi 
yoki to‘g‘rilanadi. Aslida esa bola talablari darhol, to‘la qondirilmaydi. Buning 
oqibatida turli ziddiyatlar kelib chiqadi va asabiy holat yuz beradi. Tarbiya
106


jarayonini iJmiy asoslangan tarzda olib borish uchun uning qonuniyatlarini 
chuqur o‘rganish talab qilinadi. Bu qonuniyatlar vazifalaming muayyan 
rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o'rtasidagi muhim, 
zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
L. S. Vigotskiyning ta’kidlashicha, bolani maksimal darajadagi ijtimoiy 
mavjudot deb atash mumkin. Bolaning tashqi dunyoga har qanday, hatto 
eng oddiy ibtidoiy munosabati ham hamisha boshqa odamga munosabat 
orqali aks etgan bo‘ladi. Ko'pgina faktlar, narsalar shundan dalolat beradiki, 
bola qoiidagi o'yinchoq ko‘pincha kattalar bilan muomala vositasi bo‘ladi. 
Bolalar kattalardan yordam olish uchun emas, balki muomalaga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish uchun ham o‘yinchoqqa murojaat qiladi. Aqli zaif bolalar 
muomalasi ular faoliyatining o ‘ziga xos turi bo‘lib, bunda boshqa bir odat 
narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu faoliyatda muayyan mazmun (o‘qish, 
dars tayyorlash, model yasash, gaplashish, sayrga chiqish) boshqa bolalar 
bilan muomala usuligina hisoblanadi. Yoshlardagi muomala tengdoshlarini va 
o'zini bilishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Aqli zaif 
0
‘quvchi shaxs bo'Iib shakllanishi uchun faoliyat turlari to‘g‘ri 
tashkil etilgan bolishi kerak. Shakllanayotgan shaxs faoliyatining asosiy turlari 
korreksion pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan 
taqdirdagina tarbiyaviy jarayon vositalari bo‘la oladi. Faoliyatning ijtimoiy- 
foydali bo‘lishining o ‘zi kifoya emas, u aqli zaif o ‘quvchining o ‘zini 
qanoatlantirishi, o‘quvchining shaxsiy idealiga to‘la mos kelmasa-da, asosiy 
xususiyatlari bilan muvofiq kelishi kerak. Bola nima qilayotganligini, shu 
paytda unda qanday ruhiy kechinmalar ro‘y berayotganini va u nimaga 
erishayotganligini, atrofdagilarga qanday munosabatda bolayotganligini ham 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling