qoralaydi, ulaming inson hayotiga va jamiyat uchun katta zararolib kelishini
qator hikoyat va rivoyatlar bilan ko'rsatadi.
Koshifiy ijobiy xislatlami kishilarda bo‘lishi shart bo‘lgan insoniy fazilat
deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik,
saxiylik,
saxovat, rostgo'ylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, balandhimmatlilik,
diyonatlilik,
ahdiga vafodorlik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir
yashira olish kabi fazilatlami birma-bir ta’riflab o‘tadi.
Abu Abdulloh Rudakiyning (860—941) axloqqa oid asarlarida aql-idrok,
xulq-atvor va bilim asosiy o ‘rinni egallaydi. Mutafakkir bilimni hamma
boyliklardan ustun qo‘yadi.
Rudakiyning fikricha, insonning to‘la baxtga
ega bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak: sogliq, yaxshi odob, yaxshi nom va
aql. U insonlarni voqealaming ichki mohiyatidan,
uning tashqi tomonidan
ajrata bilishga chaqiradi. U yaxshilik, saxiylik va ulug‘vorlikni targ'ib qiladi.
Rudakiy asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat, kishilar o ‘rtasidagi
do‘stlik va o‘zaro hamkorlikning kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga
ega ekanligini bir necha bor ta’kidlab yozgan.
Uning fikricha, haqiqiy
d o ‘stlik uchun kishilaming hatto turli dinda bo‘lishlari ham xalaqit bera
olmaydi.