Maxsus pedagogika


-BOB. YORDAMCHI MAKTABLARDA MEHNAT TA’LIMI


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

5-BOB. YORDAMCHI MAKTABLARDA MEHNAT TA’LIMI
Yordamchi maktablardagi m ehnat ta ’limi nuqsonli o ‘quvchilarni 
um um texnik, kasb-hunar va xo‘jalik-m aishiy bilim lari, ko‘nikm a, 
malakalar bilan qurollantirishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va 
maktablarda shu maqsad asosida ish olib boradi. H ar bir ayrim mehnat 
turlari maxsus maktablarda, maxsus dasturlar asosida olib boriladi. Barcha 
turdagi m ehnatning m azm uni, m ohiyati, tashkil qilinishi aqli zaif 
o‘quvchilarni amaiiy faoliyatga tayyorlash, ularda texnik qobiliyatlarni 
rivojlantirish, mustaqillik, faollikni tarbiyalashga qaratiladi. Turli toifadagi 
nuqsonli o ‘quvchilarning jismoniy, ruhiy rivojlanish xususiyatlari maxsus 
maktablardagi mehnat ta’limining mazmunini, usullarini belgilab beradi. 
Maxsus maktablar o ‘z o‘quvchilarini ishlab chiqarishga tayyorlash bilan 
birga ularning nuqsonlarini kam aytirish uchun m ehnatdan asosiy 
pedagogik vosita sifatida ham foydalanadi. Bu vazifalarni hal qilishda barcha 
pedagogik, tibbiy va texnik vositalardan foydalaniladi.
Yordamchi maktablardagi m ehnat ta ’limi — aqli zaif o ‘quvchilarning 
psixofizik nuqsonlarini tuzatishda asosiy vositalardan biri sanaladi. Sodda 
turdagi mehnat faoliyati oligofren bolalarga birmuncha tushunarli bo‘lib, 
ulardagi b arch a sezgi org anlarining sam arali ishlashiga, fikrlash 
jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi. Yordamchi maktablaming 
asosiy vazifasi, deb ta ’kidlanadi shu maktablar dasturida, debil darajadagi 
aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o'qitishdan iborat. Aqli qoloq bolalarga 
xos umum iy nuqson — bilish jarayonlarining cheklanganligidir. Shu 
sababli, aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasining rivojlanishida birinchi o ‘ringa 
bolalarning bilish faoliyatlarini tuzatishga alohida o ‘rin, e’tibor berilgan. 
Yordamchi maktablaming mana shu asosiy, o ‘ziga xos vazifalari asosida 
ta ’lim mazmuni, usullari ochib beriladi. Respublikamizda yordamchi 
m aktablar maxsus maktablaming bir tarm og'i sifatida taraqqiy etdi. 
Yordamchi maktablardagi ta’lim bevosita nuqsonli bolalarni hayotga 
moslashtirishga xizmat qiladi. Yordamchi maktablami tugatgan o ‘quv- 
chilarning 90 foizi ishlab chiqarishning turli sohalarida ishga o ‘rnashib, 
o ‘zlarini m oddiy jih atd a n t a ’m inlay olar ekanlar. Oz qism aqliy 
n u q s o n lila rg in a n o g iro n la r m u a ss a s a la rid a , d a v o la s h -m e h n a t 
ustaxonalarida ro ‘yxatda turar ekanlar. Bu m a’lum otlar yordamchi
117


maktablarning o‘z oldiga qo‘ygan ijtimoiy vazifalami muvaffaqiyatli hal 
etilayotganligining ishonchli dalilidir.
Aqli zaif bolalarning bevosita jam iyat ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashishlari natijasida bu o ‘quvchilarning ijtimoiy-huquqiy masalalari 
ijobiy hal etiladi, ya’ni ular ham normal tengdoshlari qatori dam oladilar, 
davolanadilar, ijtimoiy ta ’m inotdan foydalanadilar. Bir so‘z bilan 
aytganda, ular ham jamiyatning teng huquqli fuqarolari sifatida yashaydilar. 
Mana shu natijaga erishish uchun barcha mamlakatlardagi defektologlar, 
pedagoglar, shifokorlar, psixologlar harakat qilmoqdalar. Yordamchi 
maktab o ‘quvchilarga bilim berish, tarbiyalash, ulami mustaqil hayotga 
tayyorlashni asosiy maqsad qilib qo‘ygan ekan, demak, birinchi o ‘rinda 
m a’lum m ehnat turlaridan bilim berish, ularda tegishli ko‘nikma, 
malakalar shakllantirish turadi. M ehnat ta ’limining asosiy yetakchi vazifasi 
nuqsonlarni tuzatishdir.
Mehnat ta ’limidagi barcha tuzatish ishlari qat’iy maqsad asosida izchil 
amalga oshirib borilishi kerak. Bolalarga biror narsani tayyorlash jarayonini 
tushuntirish asosida ayrim bilish jarayonlarini tarbiyalash ham amalga 
o sh irib b o rilish i e ’tib o rd a tu tilish i kerak. B ilish ja ra y o n la rin i 
takomillashtirish va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish o ‘z-o ‘zidan ta ’lim 
natijasi sifatida yuz bermaydi. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan 
mehnat ta ’limi va tuzatish ishlariga taalluqli ta ’lim jarayonida normal 
bolalarning rivoji orasida o ‘xshashlik mavjud. Bunda ta ’lim yetakchi rol 
o ‘ynaydi. Buning uchun ta ’lim o ‘qituvchi tom onidan rivojlantirish, 
tuzatish ruhida tashkil etilishi darkor. Yordamchi maktabdagi tuzatish 
vazifalari umumijtimoiy vazifalar bilan bog‘lab olib borilishi kerak. 
Yordamchi maktablardagi mehnat ta’limining ijtimoiy va tuzatish vazifalari 
o ‘z navbatida bu ishning aniq, tashkiliy usul va shakllarini aniqlashga 
yordam beradi, o ‘quvchilarning um um iy tayyorgarlik darajasi, o ‘z 
navbatida, m a’lum mehnat turini tanlashni taqozo etadi. Bu maktabni 
bitirgan o‘quvchilar asosan birinchi va ikkinchi toifali mutaxassis bo‘lib 
yetishadilar. Yordamchi maktab o ‘z o ‘quvchilariga sodda, tor soha 
bilimlarini berish bilan kifoyalanadi. Bularga temirchilik, duradgorlik, 
tikuv ishlari h am d a karto n m uqovalash, sodda qishloq x o ‘jalik
mutaxassisliklari kiradi. Bulardan tashqari bo'yoqchilik, maishiy ishlar
qo‘g‘irchoqlar yasash bo‘yicha ham aqli zaif bolalar m a’lum bilimlar 
egallashlari mumkin. Bulaming barchasida sodda, murakkab bo‘lmaganlik 
xarakterli belgidir. Demak, yordamchi maktablardagi mehnat ta’limining 
birinchi vazifasi aqli zaif o‘quvchilarni ishlab chiqarishga jalb etsa, ikkinchi 
vazifa — mehnat orqali ularning nuqsonlarini to ‘g‘rilash, yumshatish, 
kamaytirish, ularda ijobiy shaxsiy sifatlarni tarbiyalashdir.
Barcha ijodiy faoliyatlar singari mehnat qilish uchun ham o ‘qish, 
o ‘rganish kerak. Inson m a’lum mutaxassislikni egallashi uchun m a’lum
118


vaqtda, m a’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma, malakalarni o'zlashtirishi 
lozim.
T a ’limdagi muvaffaqiyat berilayotgan bilim larning murakkablik 
darajasiga, olib borilishiga, ta ’lim usullariga hamda ta’lim olayotgan 
o'quvchilaming psixofizik imkoniyatlariga bog‘liq. Mana shu omillar orasida 
m a’lum bogliqlik mavjud. Bolalarga m a’lum mutaxassislik berish uchun 
u la r jism o n iy , aqliy to m o n d an yetilgan b o lis h la r i kerak. A gar 
berilayotgan ta ’lim «yaqin vaqtlarda rivojlanishi mumkin bo'lgan zona»da 
bo‘lsa, unda bolaning psixofizik qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta ’sir 
etadi. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatlaridagi mavjud psixofizik nuqsonlar 
asosida ta ’lim jarayonining ayrim komponentlari orasidagi bog‘liqlik 
qiyinlashadi. M ehnat ta’limining yordamchi maktab o ‘quvchilarining 
umumiy kamolotiga ta’sirini bclgilashda bularni e’tiborga olish kerak.
M a’lumki, har bir kishining mehnati jamoa va jam oa uchun amalga 
oshadi. Shu sababli aqli zaiflarda mehnatga ijobiy munosabat, intizom, 
jamoada ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalash kerak. Kichik bolaning eng 
oddiy, ixtiyorsiz, instinktiv harakatlari sekin-asta ixtiyoriy, ongli 
harakatlarga aylanib boradi. Shu jarayonda ta’lim katta rol o‘ynaydi. Bolalarda 
mehnat malakalariga oid harakatlar shakllantirish ham mehnat ta ’limi 
tarkibiga kiradi. Bu harakatlarni shakllantirishning o'ziga xos qonuniyatlari 
bo‘lib, m ehnatda aqliy harakatlar shakllantirish bilan uzviy bog‘liq. 
Mehnat ta’limida aqliy rivojlanishning yetakchi omili bolalarning mustaqil, 
maqsadga muvofiq m ehnat faoliyatini tashkil etishdir. Bu esa, o ‘z 
navbatida, ularning aqliy rivojlanishi bilan bog‘liq. Rus oligofre- 
nopedagogikasida m ehnat ta ’limiga e’tibor o'zining xarakterli tomonlari 
bilan ajralib turadi. 1910-yildayoq mashhur defektolog A.Pabst ham qo‘l 
mehnatiga katta e ’tibor bilan qaragan edi. Qo‘l mehnati aqli zaif bolalar 
bilan ish olib boradigan yordamchi maktablar uchun ayniqsa muhim. 
Bu yerda birinchilardan bo‘lib psixik rivojlanishdagi nuqsonlami mashqlar 
orqali bartaraf etish mumkinligi amalda ko‘rsatiladi. Aqli zaif bolalarga 
haqiqiy bilim berishni boshlashdan oldin ularning sezgi va muskullarini 
mashq qildirish, rivojlantirish zarur.
1913-yilda xalq maorifining Butun Rossiya qurultoyida qo‘l mehnati 
aqli zaif bolalar kamolotiga yaxshi ta ’sir etuvchi pedagogik vosita sifatida 
e’tirof etildi. Bunda mehnatning rivojlantiruvchi ahamiyati tan olindi.
H aqiqatan, Y e.K .G rachyova, M .P.Pastavskaya, G .C h.T roshin, 
V.P.Kashenko, G.N.Rossolimo, D.I.Azbukin, A.I.Graborov va boshqa 
rus defektologlaming ishlarini tahlil qilsak, ularning har biri u yoki bu 
asn o d a q o ‘l m e h n a tig a a lo h id a e ’tib o r b erg an lig in i k o ‘ram iz. 
V.P.Kashenkoning ta ’kidlashicha, q o ‘l mehnati «asosiy, yetakchi fan 
sifatida tan olinishi va barcha tarbiyaviy va ta ’limiy ishlarimizning asosi 
bo‘lishi lozim».

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling