Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Abu Ali ibn Sinoning «Ishorat», «Donishnoma», «Xayy ibn Yag‘zon», 
«Salomon va Ibsol», «Tib qonunlari», «Tadbir ul-manzil» kabi asarlarida 
tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlar mavjud. Bu qarashlar yuz yillar 
davomida avloddan avlodga o ‘tib, bolalarni tarbiyalash uchun maktab bo‘lib 
kelmoqda.
Abu Ali ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga boigan 
munosabati Forobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo'lib, u ham irsiyat,
8 - 3 3
113


muhit va tarbiyaning ta ’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb 
hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit, 
odatlanish natijasida vujudga kelishini qayd qilib o‘tadi.
Abu Ali ibn Sino oilada, maktabda bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda 
mehnatsevarlik roliga alohida urg‘u berib, ota-onalami farzandlariga nisbatan 
kasb-hunar o‘rgatishga da’vat etadi, mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot 
kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta ’sirini ko‘rsatib beradi.
Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy 
tarbiyaning birligi va ulami amalga oshirish yo‘llari haqidagi fikrlari bugungi 
kunda ham ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda va ma’naviy qadriyat sifatida 
e’tiborga loyiqdir.
Abu Ali ibn Sinoning ta’limotiga ko‘ra axloqiy ravnaq inson zotigagina 
xos jarayondir, chunki u aql, tafakkurning buyuk quwatiga tayangan holda 
haqiqat bilan yolg‘onning chegarasini aniqlabgina qolmasdan, do‘stni 
dushmandan ajrata oladi. Narsalar ichki mohiyat-mazmurjini kashf etish 
uchun aqliy-intellektual yetuklik zarur bo‘lsa, axloqiy ravnaq uchun buning 
o ‘zi yetarli emas, bilim bilan pok xulq-atvor, sa’y-harakatlarning o ‘zaro 
uyg‘unligi insonni donishmandlik, komillik darajasiga eltadi. Bunga hech 
qanday shubha bo‘lishi mumkin emas, chunki «go‘zallik va axloqiy kamolotga 
intilish inson zotiga xos xususiyatdir».
Abu Ali ibn Sinoning asarlarida, jumladan, «Tadbiri manzil» risolasida 
inson tabiati tug‘ilganda axloqli yoki axloqsiz bo‘lmaydi, degan g‘oya muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Odamlar aslida yaxshi xulq, tayyor shaxsiy sifat, odat va ko‘nikmalar 
bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida sekin- 
asta shaxsiy va o ‘zgalar tajribasi, ota-onalari, ajdodlar, an’analar, ta’lim- 
tarbiya ta’sirida shakllana boradi.
Bolalarning tarbiyasini barvaqt boshlagan m a’qul. Tarbiya jarayonida 
bolalarga yaxshi ijobiy odatlami singdirib borish, ishtiyoq va qiziqishlarini 
sinchkovlik bilan payqab olishga harakat qilish, hayotda nafi tegadigan 
muayyan kasb-hunar va san’atni egallashga yo‘naltirish zarur, «Bolaning 
tana bo‘g‘inlari barqarorlashgan, uning tili to ‘g‘ri-rav o n gapirish va 
quloqlari tinglash qobiliyatiga ega bo‘lgan va o ‘zgalar so‘zlarini qabul 
qilish hamda o ‘rganilayotgan narsaga (tabiiy) moyillik paydo bo‘lgan 
paytdan boshlab uni ilmlar va axloq-odob (asoslari)ga o ‘rgatib borish 
lozim».
Modomiki, inson voyaga yetishida ta’lim-tarbiyaning o‘mi beqiyos ekan, 
bu jarayonni nimadan boshlamoq lozim? Abu Ali ibn Sino azaliy an’analarga 
tayangan holda, Qur’oni karimni, dinning maqsadi va tilning grammatik 
qonun-qoidalarini qunt bilan o ‘rganishdan boshlashni m a’qul deb biladi. 
Bola asta-sekin o ‘z ona tilini o'rganib olib, boshqa fanlami ham o‘rgana 
boshlaydi, degan fikrlami bildiradi.
114


Abu Ali ibn Sino insonparvar, m a’rifatparvar olim sifatida inson axloqiy 
ravnaqining cheksiz imkoniyatlarini e’tirof qiladi. Lekin uning ro'yobga 
chiqishi shaxs va jamiyatning imkoniyatlari bilan bog'liqdir.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling