Maxsus pedagogika


Buning uchun esa, milliy tarbiya mezonini belgilashda ham maxsus maktab


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Buning uchun esa, milliy tarbiya mezonini belgilashda ham maxsus maktab 
o ‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlari, aqliy imkoniyatlari, 
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqson turlarini inobatga olgan holda 
yuqorida aytib o‘tilganlar amalga oshirib boriladi. MUIiy g‘ururga o ‘z ona 
tili, madaniyati, milliy burchini anglashi, o‘z tilida to‘g‘ri so‘zlash kabilar 
asos bo‘ladi.
Milliy odob, sharqona odob-axloq, vijdoniylik, halollik, insonparvarlik, 
Vatanga sadoqat, erkin fikrlash, rostgo'y —adolatli bo‘lish, Vatan tuprog‘ini 
e ’zozlash kabi tushunchalami maxsus maktab o ‘quvchilari ongiga har 
qadamda singdirib borish, tarbiyaning qaysi sohasida bo‘lmasin, uning 
tarixini, ota-bobolarimiz tajribalarini, ulaming bu boradagi pandnoma va 
nasihatlarini, o‘gitlarini o ‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xalq 
og‘zaki ijodi, hadislardan foydalanish ham kerakli omil bo'lib xizmat 
qiladi. Buni amalga oshirish maxsus maktab o'quvchilariga predmet darslarini 
o‘qitish jarayonida va yana ona tili, tarix, tabiatshunoslik, odobnoma, Vatan 
tuyg‘usi kabi dars jarayonlarida amalga oshirilib boriladi. Ular orasidagi 
bog‘liqlik, uyg‘unlik oligofrenopedagoglar tom onidan amalga oshirib 
boriladi. Ayniqsa, mehnat darslarida o ‘quvchilami o‘z mehnatlari bilan 
yurtimiz ravnaqiga o ‘z hissalarini qo‘shib borishga o ‘rgatib borilishi muhim 
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maxsus maktab o ‘quvchilari ongiga milliy 
istiqlol g‘oyasi asoslarini singdirish orqaligina ularda zamonaviy e’tiqod va 
to‘g‘ri dunyoqarashni, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan 
mustaqil fikrli m a’naviy barkamol insonlarni tarbiyalash mumkin. Shunday 
ekan, jamiyatimiz a ’zolari bo‘lmish jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni 
boigan 
0
‘quvchilar mafkuraviy ongini shakllantirishda quyidagilar asosiy 
vazifa qilib qo‘yiladi:
— milliy istiqlol g‘oyalariga, ona-diyorimizga cheksiz sadoqat, mehru 
muhabbat, e’tiqod, Vatanimiz ozodligi, ravnaqi uchun fidoyilik ruhida 
tarbiyalashdek turli yo‘llar bilan tarbiyaning samaradorligini oshirish, 
maxsus maktablarda mehnat, kasb-hunarga yo‘naltirish, hasharchilik 
an’analarini tiklash va davom ettirish;
— ota-bobolarimizga xos mehnatsevarlik odobiga sodiq qolish;
— bilim olishga ahamiyat berish;
— ustozu ziyolilarga, m a’rifatparvarlarga hurmat-ehtirom ko'rsatish va 
g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ularini tarbiyalash va rivojlantirish;
— ma’naviy-axloqiy va boshqa qadriyatlami yanada rivojlantirish va ularga 
to‘la rioya qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantira borish muhim ahamiyat 
kasb etadi.
112



Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling