Maxsus pedagogika


Maxsus maktab o‘quvchilari mafkuraviy ongini shakllantirishning o‘ziga xos


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Maxsus maktab o‘quvchilari mafkuraviy ongini shakllantirishning o‘ziga xos
tamoyillari
U zoq o'tm ishdan hozirgi kungacha jamiyatimizning insonparvar 
m a’rifatchilari ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan nogironlarga xat- 
savodini chiqarish, hunar o ‘rgatish, hayotga moslashtirish, o ‘z-o‘zini idora 
qilish, jamiyatimiz ravnaqi uchun biron-bir foyda keltirishga yordam berishga 
harakat qilganlar.
110


0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz istiqboli haqida liki 
yuritar ekan, mustaqil 0 ‘zbekistonning kuch-qudrati manbai xalcjimi/nin^, 
umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir, deb ta’kidlaydi. Xalqimiz adolat, 
tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar 
bo'yi avaylab-asrab kelmoqda. Oliy maqsadimiz ana shu an’analami qayta 
tiklash, ularda yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizga tinchlik, demokratiya, 
farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga 
erishish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratishdir.
Jamiyatimizda sog‘lom kishilar o ‘rtasida qanchadan-qancha nogiron
majruh insonlar mavjud. 0 ‘zbekistonda turli nuqson bilan tug‘ilgan 
(intellektual, ko'rish, eshitishida nuqsoni, tayanch-harakat a’zolarida 
nuqsoni boigan bolalar) yoki kasallik natijasida biron-bir nuqson orttirgan 
bolalarga maxsus maktablarda maxsus ta’lim beriladi. Maxsus maktablarda 
bunday bolalarga o ‘ziga xos individual xususiyati, yoshi va nuqson turiga 
xos maxsus ta’lim berilmoqda. Shuningdek, bolalarni hayotda o‘z o ‘rinlarini 
topib, iamiyatimiz ravnaqiga o ‘zlarining faol mehnatlari bilan hissa 
qo‘shishlari uchun korreksion rivojlantiruvchi ta’lim berib boriladi.
Bugungi yangilanish davr talabi maxsus ta’limda ma’naviy-ma’rifiy 
tarbiyani yuksak darajaga ko'tarish, ayniqsa, muhim ekanligini dolzarb 
vazifa qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham maxsus maktab o'quvchilari ongida 
g‘oyaviy bo'shliq paydo bo‘lmasligi uchun ularning mafkuraviy ongini 
mumkin qadar shakllantirib borish hamda ularni istiqlol g‘oyalariga sadoqat 
ruhida tarbiyalash, hozirgi kunning yangicha tarbiyaviy mahoratlarini ishlab 
chiqish taqozo etilmoqda.
Maxsus ta ’lim tizim ini isloh qilish jarayonida maxsus m aktab 
o‘quvchilarini madaniyatli, m a’naviy yuksak qilib tarbiyalash uchun 
defektologlar keraklicha faoliyat ko‘rsatsalar, amaiiy tarbiya borasida keskin 
burilishlar bo'lib, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Zotan, maxsus 
maktablarda to‘g‘ri yo'lga qo‘yilgan amaiiy tarbiya milliy istiqlol mafkurasini, 
m a’rifiy-m a’naviy, m adaniy taraqqiyot yo'lidagi barcha korreksion 
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish yaxshi samara beradi. Bu haqda 
Yurtboshimiz shunday deydi: «Milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi 
amaiiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jamiyatimizda sog‘lom muhitni saqlash 
bilan barobar ekanligini anglashimiz darkor»1.
Haqiqatan ham m a’naviyat, m a’rifat va madaniyatni yuksaltirishda 
maxsus maktab o‘quvchilarini o‘rab turgan sog‘lom muhit katta rol o‘ynaydi. 
Sog'lom muhit maxsus maktab o'quvchilarining taibiyaga oid barcha ishlari 
to‘g‘ri hal qilinishiga, maqsad va vazifalarining to ‘la amalga oshishiga 
imkoniyat yaratadi. Shu bois ham sog‘lom muhit maxsus ta’lim muassasalari
'I.A.Karimov. «O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyiiJari», 
Toshkent, « 0 ‘zbekiston». 51—57-betlar.
I l l


uchun zaruriy va muhim shartlardan biridir. Darhaqiqat, sog'lom muhitda 
sog'lom avlod tarbiyalanadi, sog‘lom mafkuraviy ong shakllana boradi. 
Bola uyida, ta’lim-tarbiya muassasalarida ko‘rgani, o ‘rgangani natijasida, 
o‘qituvchilar namunasida olgan saboqlari ta ’sirida kamolga yetib boradi. 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling