Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

nazarda
tutish muhim.
Yordamchi maktablarda turli faoliyatlar ichida o‘yin alohida ahamiyatga 
ega. 0 ‘yin jarayonida bola o‘z kuchlarini sinaydi va o‘zi yaratgan narsalarga 
mustaqil ravishda egalik qiladi. Aqli zaif bolalarning o‘yin faoliyati maktabgacha 
bo‘lgan yoshda vujudga kelib, o‘z rivojlanishida ibtidoiy taqlid qilish shaklidan 
to murakkab rolli o‘yingacha bo‘lgan yo‘lni bosib o ‘tadi. Dastlab bolalarning 
o'yini odamlarning predmetli faoliyatiga o‘xshab ketadi, so‘ngra ular o‘yinda 
kishilarning o ‘zaro munosabatlari, ijtimoiy yurish-turish normalari va 
qoidalarini aks ettiradilar. Maktab yoshidayoq bolalar ularni hayot va 
faoliyatning jamoa shakllariga o'rgatadigan jamoa o‘yinlarini afzal ko‘radilar. 
Kuzatishlaming ko‘rsatishicha, o‘yin vaziyatlari bolalarning hissiy idrokini 
boyitadi, qiziqishini oshiradi, tasavvur, fikr yuritish faoliyatlarini 
rivojlantiradi va o ‘zlarining istak va kayfiyatlarini muayyan talablarga 
bo‘ysundirishga o‘rgatadi.
Bola o‘yinda o ‘zini qanday tutsa, katta bo‘lganidan keyin ko‘p jihatdan 
o ‘zini ishda shunday tutadi. 0 ‘yinda ixtiyoriylik asosiy rol o‘ynaydi, mehnat 
esa, ko‘pincha majburiy xarakter kasb etadi. 0 ‘yinga kirishish payti
107


bolalarning istagiga bog‘liq bo‘ladi, mehnat faoliyati esa burchga asoslanadi. 
Ammo xohish, ixtiyoriylik, istak bo‘lmagan mehnat bolaga og‘ir botadi. 
Shu mazmundagi o ‘yin ham majburiy tus oladi, aqli zaif bolaga yoqmaydi. 
0 ‘yin, yuzaki qaraganda, betashvish, yengil tuyuladi. Aslida esa, o ‘yin 
ijrochidan g‘ayrat, bardosh, uyushqoqlik talab etadi. Shuni qayd etish 
kerakki, har qanday o ‘yin tarbiya vositasi bo‘la olmaydi. 0 ‘yin faoliyatiga 
pedagogik rahbarlik aqli zaifbola e ’tiborini asta-sekin, lekin tobora ko‘proq 
o ‘yin o ‘rnini egallaydigan mehnat sohasiga bosqichma-bosqich qaratishni 
taqozo etadi. Bolalarning o‘yin faoliyatini tezlashtirish, unga kattalarga xos 
elementlami kiritish, bolalar tashabbusi o ‘miga yuqoridan rahbarlik qilish 
maqsadga muvofiq emas. Aqli zaif bolalarning o‘qish faoliyati o‘ziga xosligi 
bilan ajralib turadi. 0 ‘qish mehnatning eng murakkab turi — aqliy mehnatga 
asoslanadi. Aqli zaif o'quvchilarda bilimlarni, malaka va ko‘nikmalami 
egallash o'qish jarayonidagina emas, balki o'yin va mehnat jarayonida 
ham ro‘y beradi.
Aqli zaif bolalar m ehnatning ijtimoiy ahamiyatini to ‘la tushunib 
yetmasliklari natijasida ularning ayrimlarida mehnatga nisbatan salbiy 
munosabatlar ham shakllanadi. Turli xil mehnat turlarida mashq qilish
ularni doimo boyitib, takomillashtirib borish orqaligina aqli zaif bolalar 
faoliyatning mustaqil usullariga o ‘tadilar, o ‘zlarini shaxs sifatida anglay 
boshlaydilar. Inson birorta axloqiy yoki m a’naviy fazilatni tayyor holda, 
meros shaklida olmaydi. Bularning hammasi faoliyat jarayonida, awalo 
mehnatda tarbiyalanadi, rivojlanadi, shakllanadi va takomillashib boradi. 
Yordamchi maktablarda 
0
‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarning mehnat 
faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etib, ularni mehnatga faol jalb eta olsa, bu faoliyat 
tarbiyaning yetakchi vositasi sifatida qollanilishi mumkin.
Tarbiyalash aqli zaif bolalarga qanday ishlami qilish-qilmasfik haqida 
ko‘rsatma berishdangina iborat emas. Tarbiyalanuvchi ana shunday xatti- 
harakatlarning ijtimoiy mazmunini anglab olishiga, unda to ‘g‘ri xatti- 
harakatlarning ijtimoiy yoki shaxsiy qadri borligiga ishonch hosil bo‘lishiga 
erishish kerak.
Aqli zaif bolalarda ko‘p hollarda shaxc motivlari bilan harakatlari o‘rtasida 
bir xil bog‘liqlik yo‘qligini aytib o‘tish muhim. Juda katta istak bo‘lishiga 
qaramay, ko‘pincha harakat mutlaqo ro‘y bermaydi. Aqli zaif bolalar 
psixologiyasida uning xulq-atvorini yo‘naltirib turadigan boshqa omillar 
ham borki, ular orasida shaxsning intellektual va hissiy-irodaviy faolligi 
muhim ahamiyatga ega. Yordamchi maktablardagi tarbiyaviy jarayon 
shaxsning ehtiyoj, motivlarini qanchalik boyitsa va qayta qursa, uning 
intellektual va hissiy-irodaviy faolligini qancha ko‘proq rivojlantirsa, bu 
jarayonning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Aqli zaif o ‘quvchiga mehnatning foydali va qadrli ekanligini qancha 
uqtirmang, agar bola mehnatning ta ’sirini, charchoqni, mehnat zavqini
108


o‘zi tatib ko‘rmasa, ko‘ngildagi natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli 
yordamchi maktabda tarbiya ishining asl mohiyati bola bilan o‘tkaziladigan 
turli suhbatlarda emas, balki bola hayotini tashkil etishdadir. Tarbiya ishi 
awalo tashkilotchining ishidir.
Xulq-atvor ko‘nikm alari va odatlari bamisoli insonning zaruriy 
ehtiyojiga aylangan harakatlar va xulq-atvoming barqaror shakllari bo‘lib, 
ularning bajarilmasligi noxush, ko‘ngilsiz, ba’zan og‘ir oqibatlarga olib 
keladi. Inson qanchalik ko‘p oqilona va foydali ishlarni o‘zi uchun odat 
qilib olsa, uning hayoti shunchalik mazmunli, samarali bo'ladi. Yaxshi 
odat insonning axloqiy boyiigi ekanligi barchaga m a’lum. Odob to ’g'ridan- 
to ‘g‘ri shaxsiy xususiyat b o ‘lm asdan, balki m uayyan sharoitlarda 
tarbiyalanib boradi.
Abu Ali ibn Sino odamning oliy asab faoliyatini o ‘rganar ekan, bu 
faoliyatning nihoyatda moslanuvchan ekanligini doimo ta’kidlar edi. Hech 
narsa harakatsiz, ta ’sirsiz qolmaydi, balki hamma riarsaga hamisha erishish 
mumkin, yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin, buning uchun faqat tegishli 
sharoitlar yaratilishi lozim. Bu so'/larda o'quvchi faoliyatining rivojlanishiga 
ishonch, pedagogik optimizm, tarbiyaning g'ovat katta imkoniyatlarini 
tan olish ifodalangan. Ajab emaski, Abu Ali ibn Sino shu katta, juda 
sermazmun jumlasida aqli zaif bolalarni ham nazarda tutgan bo‘lsa.
I.P.Pavlov va uning shogirdlari asarlarida ta ’lim-tarbiya jarayoni 
murakkab, ko‘p tom onlam a, shartli reflektor aktidan iborat ekanligi 
tasdiqlangan. Tarbiya va ta’lim vositasi bilan tashqi ta ’sir hamda muayyan 
javob faoliyati o ‘rtasida shartli refleks deb ataladigan aloqa vujudga keladi. 
Organizmga bir necha bor takrorlanadigan sistematik ta ’sir dinamik 
stereotipni, shartli bog‘liqlikni vujudga keltiradiki, bu bogiiqlik muayyan 
darajada doimiylik, stabillik, barqarorlik xususiyatiga ega bo‘ladi.
.Asab tizimining bu xususiyatini bilgan pedagoglar bir xil harakatlarni, 
bir xil ishlarni ko‘p marta takrorlash asosida aqli zaif o‘quvchilar xulq- 
atvorining mustahkam ko‘nikma va odatlarini hosil qilish imkoniyatlariga 
ega boladilar.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling