Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Mir Alisher Navoiy bolalar tarbiyasini barvaqt boshlagan m a’qul,
degan barcha mutafakkirlaming fikriga qo‘shilgan holda, insonning voyaga yetishida ta ’lim-tarbiyaning o ‘rni beqiyos ekan, bu jarayonni azaliy a n ’analarga tayangan holda amalga oshirish lozim, deb hisoblaydi. 0 ‘rganilayotgan bilimlami yod olish, xotirada saqlash va kezi kelganda tez-tez takrorlab turish ta’lim va tarbiya jarayonida muhim o ‘rin egallab, bola xotirasini m ustahkam laydi, ilmlar chashmasiga kirib borishni ta’minlaydi, tarbiyalanuvchida muayyan tartib-intizomni shakllantiradi, bahs-munozara yuritish madaniyatini yuksaltiradi. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida ilgari surgan ta’limiy- tarbiyaviy g‘oyalari, ko'plab nazariy mulohazalari milliy m a’naviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos bo‘lib xizmat etadi. Eramizdan avvalgi 523—529-yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan «Avcsto» kitobida ham ta’lim-tarbiyaga oid qator g‘oya va qarashlami ko‘rish mumkin. «Avesto»da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan, har bir yoshni yaxshi o‘qish va yozishga o ‘rgatish lozim. Unga yoshligidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish, buning uchun daraxt ko‘chati o ‘tqazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasashga, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o ‘rgatish shart. Zotan, uning fikricha, yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayot qadriga ham yetmaydi. Yuqoridagi fikrni davom ettirib, yanada chuqurroq g‘oyani ham ilgari suradi. Inson nafaqat mehnati tufayli o‘zini va oilasini boqadi, balki unda yerga va yurtiga bo‘lgan muhabbati ham paydo bo‘ladi. Zotan, har inson o ‘zi o ‘sib-ulg‘aygan mamlakatni eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling