Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

119


Bundan tashqari muallif qo‘l mehnatidan boshqa fanlardan ham alohida 
ish usuli sifatida foydalanishni tavsiya etgan. Bizningcha, qo‘l mehnatining 
ijobiy tomonlari A.I.Graborov ishlarida birmuncha kengroq va izchilroq 
aks ettirilgan. «Bola tafakkuri bilan uning muskullari orasida, — deb yozadi 
u 1920-yiida, — uzviy aloqa bor. Aqli zaif bola ishlay turib, narsalar ishlab 
chiqara turib, topshiriqlami bajarib, o ‘zida ishonch tarbiyalaydi hamda 
shaxsini takomillashtirib boradi». Demak, bola mehnat faoliyatida o‘z-o‘zidan 
rivojlanib borar ekan.
Insonning m ehnat faoliyatida harakatlar zaruriy qismlardan b o ‘lib, 
insonga xos bo‘lgan faoliyatning maqsadga qaratilganligi bilan ajralib 
turadi.
M ehnat faoliyati tarkibiga kiruvchi aqliy harakatlar turli malakalar 
tarzida namoyon bo‘ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
a) og‘zaki, yozma, surat va jadvallardan foydalana olish;
b) o ‘lchash, hisoblash uchun o ‘lchash ishlarini bajara olish;
d) buyumlarning tartib bo‘yicha yasalish jarayonini rejalashtira olish;
e) o ‘z ishini izchil nazo rat qilib borish (taxm inan, asboblar 
asosida);
f) m a’lum buyumlar yasash jarayonida sabab-oqibat bog‘lanishlarini 
tushuna olish.
Yordamchi maktabda mehnat ta ’limining o ‘rni va roli
H ar bir bosqichning o ‘z vazifalari bor, ularni amalga oshirish 
sh u n d a n keyingi t a ’lim u ch u n asos y aratad i. Bir b o sq ich d ag i 
kamchiliklar aqli zaif o ‘quvchilar m ehnat tayyorgarligining keyingi 
bosqichlarida katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Q o‘l mehnati mashg‘ulotlarida o ‘quvchilarni kasb-korlik mehnat 
ta ’limiga tayyorlash amalga oshiriladi. Bunga qog‘oz, karton, loy va 
gazlama, sim va yog‘och bilan ishlash, shuningdek, konstruktor bilan 
ishlash xizmat qiladi.
M ehnat ta ’limi va tarbiyasi mehnat m a’lumoti, mehnat tarbiyasi 
berish va tuzatuvchi-tarbiyalovchi vazifalarga egadir. M ehnat ta ’limining 
vazifasi o ‘quvchilarda hayotda, mehnatda zarur boiadig an bilimlar, 
malaka va ko'nikm alam i shakllantirishdan iboratdir.
M ehnat tarbiyasining vazifasi o ‘quvchilarda shaxsning ijobiy 
fazilatlarini - mehnatsevarlik, qat’iyat, mehnatning ijtimoiy sabablarini, 
jam oada ishlay olish, m ehnat kishilariga, moddiy boyliklarga hurmatni 
tarbiyalashdir. Bolalar muntazam ravishda aniqlikka, puxtalikka o ‘rgatib 
boriladi, ular mehnat madaniyatini tushuna va bajara boshlaydilar.
Aqli zaif bolalarni bo ‘lajak kasbga tayyorlash uchun qo‘l mehnati 
darslarida ularda m ehnatdagi tashkiliy ko'nikm alarni tarbiyalashni
120


(mashg‘ulotlarga o ‘z vaqtida kelish,faqat o ‘z ish o ‘rnida ishlash, zarur 
m ateriallar va asboblarni tanlash , ularni detallarga ishlov berish 
texnologiyasiga muvofiq joylashtirish; material va asboblarga puxta va 
avaylab munosabatda bo‘lish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini va sanitariya- 
gigiyena talablarini bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashni) nazarda tutadi.
Ish vaqtining bekor sarflanishini tugatish yoki qisqartirish m ehnat 
intizom ining ahvoli: kech qolishlarga, m ashg'ulotlardan erta ketib 
qolishga barham berish bilan chambarchas bog‘liqdir. Aqli zaif bolalarga 
ish vaqtining har bir daqiqasini tejashning ahamiyatini doimo singdirib 
borish kerak, toki ular ish vaqtining m oddiy qiym atini tushunib 
yetsinlar.
Q o‘l m ehnati darslarida estetik tarbiya ham amalga oshiriladi. 
Yordamchi maktab o'quvchilari buyum materialini, go‘zalligini, uning 
fakturasi xususiyatlarini his qilishlari lozim. Shu bilan birga, ularga 
shunday tushunchani, ya’ni ishning sifatini, buyumning yaxshiligi
mustahkamligi, go'zalligi va mehnat unumdorligi mehnat faoliyatining 
asosiy mezonlaridir, degan tushunchani qulay shaklda tarkib toptirish 
kerak. M ehnat ta ’limi va bolalarga taqdim etiladigan buyumlar estetik 
tushunchalarning shakllanishiga yordam beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling