Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktablarda mehnat ta’limini amalga oshirish bosqichlari haqida 
gapirib bering.
2. Mehnat ta’limining aqli zaifbolalaidagi shaxsiy sifatlaming shakllanishiga ta’siri nimadan 
ibomt deb o'ylaysiz?
3. Yordamchi maktablarda mehnat ta’limining umumta’lim fanlari bilan bog‘liqligi 
haqida gapirib bering.
4. Mehnat ta’limining tuzatuvchi, tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
5. Qo'l mehnati va kasb-korlik mehnatining aqli zaif bolalar bilish jarayonlarini 
tuzatishdagi ahamiyati haqida gapirib bering.


6-BOB. TARBIYA USULLARI
6 .1 . Yordamchi maktabda tarbiya tamoyillarining qo‘llanilishi
Yordam chi maktablardagi tarbiya tamoyillari butun tarbiya jarayonini 
yaxshiroq tashkil etish m aqsadida foydalaniladigan q o n u n -q o id a lar 
majmuasidir. Bu qoidalaiga tarbiyaning mazmuni, usullari, tashkil etish shakllari 
kiradi. Barcha maktablarda tarbiya tamoyillari umumiy ko‘rinishgaega. Ammo, 
yordam chi maktablarda aqli zaif bolalarning psixologik, jismoniy, hissiy 
nuqsonlariga ko‘ra o ‘ziga xos yondashuvlardan ham foydalaniladi.
Oligofrenopedagogikada tarkib topgan va milliy asoslangan tarbiya tamoyillari 
tizimi tarbiyaning hayot bilan bogliqligini, shaxsiy, jamoada va jamoa orqali 
taibiyalashni, tarbiyaviy ta’siming izchilligini va davomiyligini, tarbiyalanuvchi 
shaxsiga nisbatan o ‘ziga xos talabclianlik bilan hurmatning birligini, tarbiyaning 
aqli zaifbolalaming yosh va individual xususiyatlariga mosligini, ta’lim va tarbiyaning 
bog‘liqligini, tarbiyada atroflicha yondashish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
Aqli zaif o‘quvchi shaxsini g'oyaviy va m a’naviy shakllantirish manfaatlari 
pedagogning har bir xatti-liarakatini tarbiyaning maqsadlari bilan qiyoslashni
uning amalga oshirilishiga rejali tarzda va qunt bilan erishishni talab qiladi. Har 
bir tarbiyaviy tadbiming qimmati uning aqli zaif 
0
‘quvchilar jamoasi hayotini 
qanchalikboyitganligi, ishonchni shakllantirishga qanchalik yordam berishi bilan 
o ‘lchanadi. Afsuski, qator yordam chi m aktablarda tarbiyaviy tadbirlar 
xo‘jako‘rsinga rejalashtiriladi. Buiar oqibatda bolalarda qiziqish, jo‘shqinlik va hissiy 
shakllanishning imkonini bermaydi. Yordamchi maktab o‘quvchilarini tarbiyalash 
vositasi bo‘lgan faoliyatning barcha turlariga puxta yo‘nalish berilishi shart.
Yordamchi maktabda tarbiyaning hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqlik 
tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. Buning mohiyati shundan iboratki, 
tarbiyaga jamiyatning iqtisodiy va m a’naviy munosabatlarini, voqelikning 
qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tatbiq etishdan iborat. Yordamchi maktabda 
o ‘quvchilami moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatni, kasbni asosli 
tarzda tanlashi o ‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan chuqur 
anglab olinishi kerak. Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bog‘liqligini tarbiyaviy 
ish hamda yordamchi maktab 
0
‘quvchilarining unumli mehnati o‘rtasida aloqa 
o‘matishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda 
ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. Yordamchi maktab o‘quvchilarini 
mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etayotganda bu narsani 
0
‘quvchilar 
jamiyatga xizmat qilish maktabi, moddiy va m a’naviy m o‘l-ko‘lligi uchun
133


umumxalq kurashining tarkibiy qismi deb idrok etishlari hamda g‘amxo‘rlik 
qilishlari kerak. Qilinayotgan barcha tarbiyaviy tadbirlar hayotiy, ya’ni aqli 
zaif bolalar bilan ular eshitgan, ko'rgan narsalarga asoslangan tarzda olib 
borilsa yaxshi samara beradi. Aks holda o ‘tkazilgan tadbirlar bolalar uchun 
tushunarsiz narsa bo‘lib qolishi mumkin.
Yordamchi maktab o'quvchilarini jam oada jam oa orqali va jam oa uchun 
tarbiyalash tamoyili ham o ‘ziga xos o'ringa ega. Bu tamoyil tarbiya tizimining 
jamiyat talablaridan kelib chiqadigan tamoyillaridan biri bo‘lib, uning tabiati 
ishlab chiqarish vositalariga munosabat, o ‘rtoqlarcha hamkorlik va o ‘zaro 
yordam munosabatlari bilan xarakterlanadi.
Jam oa shunday m ashq maydonidirki, unda shaxsning xilma-xil fazilatlari 
mashq qilinadi va shakllanib boradi. Bizning pedagogikamiz ikki tomonlama: 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi pedagogikasidan farqli uyushtirilgan korreksion 
pedagogik jarayonni afzal ko‘radi. Birgalikda, bir maqsadni ko‘zlab tashkil 
etilgan jam oa harakatlarida insonga nisbatan m um kin qadar k o ‘proq 
talabchanlik qilish, lekin shu bilan birga unga mumkin qadar ko‘proq hurmat, 
mehribonlik bilan qarash kerak.
Shu tamoyilga amal qilib, yordamchi maktab o ‘qituvchilari o ‘quvchilar 
bilan m unosabatlarning shunday uslubi va tarzini tanlaydiki, aqli zaif 
o ‘quvchilaming ruhini tushirmaydi, balki ulaming kuchiga ishonch, erkinlik 
beradi. Bu uslub ijobiy harakatlar va xulq-atvorga undaydi, o ‘z qadr-qimmati 
va o ‘z xulq-atvori uchun mas’uliyat tuyg‘usini singdiradi. T im oq orasidan 
kir qidirish, ikir-chikir gaplarga berilish bilan aloqasi bo‘lmagan talabchanlik 
insonga nisbatan eng oliy hurm atdir. M um toz pedagoglar ta ’biri bilan 
a y tg a n d a , in son g a ish o n ib y o n d a sh ish kerak, b u n d a h a tto ayrim
tavakkalchilikka ham yo‘l qo ‘yish m umkin. Pedagog o ‘quvchida ijobiy 
fazilatlami tarbiyalashni nazarda tutib va shunga tayanib, ishonchga asoslanib, 
insonni o ‘z-o‘zini tarbiyalash bilan shug‘ullanish ruhida tarbiyalaydi.
Tarbiyaviy ta ’sim ing izchilligi, sistemaliligi, yaxlitligi va uzluksizligi 
tam oyili ham tarbiyaviy tad b irlarn in g sam arad o r bo 'lish id a zaruriy 
tamoyillardandir. Bu tamoyillaiga amal qilish pedagogika tizimini shunday 
qurishni taqozo etadiki, uning tarbiyaviy qismlari va elementlari bir-biri 
bilan yonma-yon bo ‘lmasdan, yaxlit birlikni tashkil etishi kerak. Pedagogik 
ta’siming biror tizimga ega emasligj tarbiyaviy ishga tamomila ziddir. Yordamchi 
maktab o ‘quvchilariga nisbatan talablaming turlichaligi tarbiyaga ko‘p zarar 
yetkazadi. Afsuski, amalda ko'pincha shunday bo'ladiki, aqli zaif o ‘quvchilar 
oilada maktab tashabbusini qo‘llab-quwatlashi u yoqda tursin, balki qarama- 
qarshi ta ’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o ‘qituvchilar orasida ham talablar birligi 
ta’minlanmaydi. Tarbiya ko‘plab kishilar ishtirok etadigan, uzoq muddatli 
jarayondir. Shu sababli ulaming ishida izchillikka erishish, davomiylikka rioya 
qilish, aqli zaif o ‘quvchilarning tarbiyalanish darajasini, yaqin oradagi 
rivojlanish zonasini o ‘z vaqtida aniqlash nihoyatda muhimdir.
134


Yordamchi maktablardagi o'ziga xos tarbiyaviy tamoyillardan yana biri 
maktab o ‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini e ’tiborga olishdir. 
Bu tamoyUni amalga oshirish 
0
‘quvchilar faoliyatining mazmun va shakllarini 
ulaming yoshi, hayotiy tajribasi, kuchi va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni 
talab etadi. Ayni vaqtda har bir bola — bu o ‘ziga xos alohida dunyo. Shu 
sababli tarbiya jarayoni ta’lim jarayoniga qaraganda ham ancha individual 
bo‘lishi kerak. Agar o ‘qituvchi muayyan paytdagi talab va qiziqishlarga tayanib, 
ulami xulq-atvor va faoliyat motivlarining hal qiluvchi negizi bo‘lgan yangi 
talablar va yangi qiziqishlami vujudga keltiradigan shakl va usullarini topa 
olsa, bu maqsadga erishishi mumkin bo ‘ladi. Aqli zaif bolalar bilan ish olib 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling