Maxsus pedagogika


 K o‘rsatmali uslublami qo‘llashning qimmati va xususiyatlari nimadan iborat?


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

3. K o‘rsatmali uslublami qo‘llashning qimmati va xususiyatlari nimadan iborat?
4. Yordamchi maktablar o ‘quv jarayonlarida amaiiy ishlarning qanday 
ko'rinishlaridan foydalaniladi va ulaming ta’limiy qimmati nimadan iborat?
5. Didaktik o ‘yinlaming qimmati nimada?
6. Darsda o'qitishning har xil uslublaridan birgalikda foydalanishning afzalligini 
asoslab bering.
7. Yordamchi maktabda darsni kuzating va o ‘qituvchi qaysi o'qitish uslublaridan 
foydalanganligini ko‘rsating.
3.5. Yordamchi maktabda o ‘qitishni tashkil qilish.
Yordamchi maktablarda dars va dars turlari
Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonini tashkil qilishning individual 
va guruhli shakllaridan foydalaniladi. Asosan sinf dars tizimi qo‘llaniladi. 
Pedagogika fanining taraqqiyotida alohida o ‘ringa ega bo‘lgan buyuk chex 
pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida birinchi 
marta dars masalasi atroflicha ochib berildi. Keyinchalik qator olimlar, 
p ed ag o g lar d arsn in g tu rli to m o n la rin i tu rlic h a riv o jlan tird ila r.
89


0 ‘zbekistonda M unaw ar qori, Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvar 
olimlar jadid maktablari yaratganlar. Yordamchi maktablardagi dars esa 
A.N.Graborov, G.M.Dulnev, I.G.Yeremenko va boshqalar ishlarida ochib 
beriJdi. Ommaviy maktablarda bo‘lganidek, yordamchi maktablarda ham 
o‘quvchilar o ‘zlarining yosh va bilish saviyalariga ko‘ra m a’lum guruhlarga 
birlashtiriladi hamda ularga nazariy, amaliy bilimlar berila boshlaydi. Dars 
deganda ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlarning ma’lum yoshdagi 
o‘quvchilar guruhiga maxsus tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassis tomonidan 
berilishini tushunamiz. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar 
saviyasini ko‘tarish, nazariy bilimlami hayot bilan bog‘lab olib borish, 
aqli zaif bolalar nuqsonlarini tuzatish va boshqa qator masalalarni 
rivojlantirish borasida ko‘p ishlar qilinmoqda. Yordamchi maktablardagi 
darsga qo‘yiladigan asosiy didaktik talablardan biri uning tuzatish va 
tarbiyalashga korreksion yo‘naltirilganligidir. A.N.Graborov quyidagi 
tuzatish-tarbiyalash vazifalarini hal etishni taklif etadi:
1. T a’limda mumkin qadar ko‘proq sensor mexanizmlarni jalb etish.
2. Kuzatgan holatlarni to ‘g‘ri bayon etishni mashq qilish.
3. 0 ‘quvchilaming kuzatuvchanligini rivojlantirib borish.
Ta’lim jarayonida o ‘quvchilar narsa va voqealar bilan tanishibgina 
qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarda 
tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarning shakllanishiga 
olib keladi. Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan mate­
rial mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o ‘quv materiallarini 
egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Agar o ‘qu vchilar b ilim lam i egallash v aqtida fikr yuritsalar, 
taqqoslasalar, xulosa qilsalar, o ‘z fikrlarini bayon etsalar, uning tarbiyaviy 
tomoni yanada ortadi. Shu sababli dars materiallarini tanlash, har bir dars 
uchun ta’lim usullarini belgilash zarur. Darsdagi o ‘quv materiallarining 
hajmi, o ‘quvchilar imkoniyatlari dastur talablarida belgilangan. Darsdagi 
o ‘quv materiali o‘quvchilaming yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. 
Agar o'qituvchi bolalarga imkoniyati yetmaydigan o ‘quv materiallarini 
bersa, albatta uni egallashga bolaning kuchi yetmaydi. Buning oqibatida 
bo lalard a charchash hollari kuzatiladi. A m m o d arsda bolalarga 
imkoniyatlaridan kam o ‘quv materiali berilsa yanada salbiy natijalarga olib 
kelishi mumkin. M a’nosi sodda materiallami qaytarish o‘quvchilar diqqatini 
pasaytiradi hamda materialni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Yordamchi maktab o'quvchilari diqqatining turg'un emasligi, tez 
charchashi sababli dars jarayonida o ‘quvchilaming turli faoliyatlaridan 
foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy ish usullarini 
birga qo‘shib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim materialining murakkabligi va hajmi bolalarning psixologik 
xususiyatlari va ulaming yosh imkoniyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
90


Yosh ulg‘aygan sari bolalar bilan olib boriladigan ish uslublari ham oV.garib 
borishi taqozo etiladi. Shuningdek, bolalarning darsdagi faoliyat mazmuni 
ham o ‘zgarib boradi. Bu o'zgarish bilimlar, ko‘nikma va malakalar 
egallashdagi mustaqillikning ortishida namoyon bo‘ladi.
Y ordam chi m aktablarda darslarga qo‘yiladigan m uhim didaktik 
talablardan biri o ‘quvchilaming individual, guruhli, frontal ishlarini to ‘g‘ri 
qo‘shib olib borishdir. Ushbu talabni amalga oshirish asosan yordamchi 
maktab o‘quvchilarini birinchi marta sinflarda jamoa bo‘lib birikishlarida va 
ular o ‘zaro m a’lum darajada individual xususiyatlari bilan farq qilganlarida 
aniq namoyon bo‘ladi. Bu o ‘ziga xos xususiyatlar yordamchi maktablarda 
turli toifalardagi (oligofren, shizofrenik, bosh miyasi jarohatlangan va 
hokazo) b o lalarning o ‘qitilishi, y a’ni ularning um um iy xarakter 
xususiyatlari, aqliy jihatdan orqada qolganliklari bilan belgilanadi. Biroq 
ana shu asosiy yetishmovchilikning namoyon bo‘lishi kasallik xarakteri, 
uning kelib chiqish sabablari va jarohatlanish darajasi bilan bog‘liq. Shuning 
uchun toifadagi bolalar, masalan, debil darajadagi oligofrenlar o‘zlarining 
o'qish imkoniyatlari bilan tubdan farq qiladilar.
Bulaming hammasi o ‘qituvchining ishni shunday rejalashtirishini taqozo 
etadiki, bunda sinf bilan keng ko'lamli ishlashda har bir o ‘quvchining 
individual imkoniyatlari hisobga olinsin. Bunda individual yondashish va 
o'quvchilarga differensial munosabat, ularning imkoniyatlariga tayangan 
holda, darsdagi keng ko‘lamli ishga hamma bolalarni jalb etishga qaratiladi.
Guruhli va individual mashg‘ulotlar qoloqlikni yengishda g‘oyat muhim 
ahamiyatga ega. 0 ‘qituvchining qoloq o ‘quvchilar uy vazifalarini qanday 
bajarganliklari ustidan nazorat qilishi, ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar 
o‘tkazish, javob berish uchun tez-tez doskaga chiqarish, o ‘z vaqtida qo‘llab- 
quwatlash va rag‘batlantirish, kerak boiganda tanbeh berish — bulaming 
hammasi qoloqlikning oldini olish tadbirlaridir. Shu maqsadda, bilimni 
o‘zlashtirishdagi kamchilikni o‘z vaqtida aniqlash va kerakli yordam berish 
uchun o ‘quvchilarning yangi materialni qanchalik o ‘zlashtirganliklarini 
doimo tekshirib turish zarur.
Shunday qilib, darsda keng ko‘lamli, guruhli, individual ishlami qo‘shib 
olib borish o ‘quv mashg‘ulotIarini shunday olib borishga imkon beradiki, 
bunda yaxshiroq tayyorlangan o ‘quvchilar ishda ushlanib qolmaydilar, 
tayyorgarligi kamlari esa ularda tenglashadilar. Hamma ko'rsatilgan didaktik 
talablar oldindan o ‘ylab chiqilgan tuzilish bilan aniqlanishi darsning aniq 
tashkiliy tuzilishi zaruriyatini keltirib chiqaradi, bu esa darsning turi va 
m aq sad i, shu b ilan b irg a, u n in g d id a k tik , psixo lo g ik , uslubiy 
tugallanganligiga bog‘liq.
Darsning didaktik tugallanganligi darsning tuzilishi va natijalarining 
o ‘zaro muvofiqligi bilan belgilanadi. Darsning psixologik tugallanganligi 
dars davomida o‘quvchilaming egallangan bilimlardan qoniqish hissi va
91


0
‘qituvchining esa darsdagi o ‘quvchilar faoliyatidan qoniqish hissining 
paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Darsning uslubiy tugallanganligi qo‘yilgan 
didaktik masalani muvaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning 
mazmuni, maqsadiga mos keladigan aniq ishlangan uslubiyatda ifodalanadi. 
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo‘laklarga bo‘lish, o ‘qitish 
usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o ‘zaro munosabati bilan 
belgilanadi. Shunday qilib, yordamchi maktablardagi darslarga quyidagi 
didaktik talablar qo‘yiladi:
1. D arsning korreksiyalash (to ‘g ‘rilash), tarbiyaviy va t a ’limiy 
maqsadlarining uzluksizligi, ajralmasligi.
2. Darsning har bir qismi uchun uslub va o ‘quv materialini to ‘g‘ri 
tanlash.
3. Keng ko‘lamli, guruhli va individual ishni qo‘shib olib borish.
4. Darsning tashkiliy aniqligi.
0 ‘qitish nazariyasida darsni mavzular bo‘yicha tasniflash muhim masala 
bo‘lib hisoblanadi.
Yordamchi maktablardagi didaktik maqsadga muvofiq holda quyidagi 
turdagi darslar qo‘llaniladi:
1. Yangi bilim berish darsi.
2. Aralash darslar.
3. Amaliy darslar (darsni mustahkamlash va egallangan bilimni amalda 
qo‘llash).
4. Nazorat, hisobga olish darslari.
5. Umumlashtirish, qaytarish darslari.
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni 
o‘zlashtirish, uni qaytarish, sistemalashtirish va hokazo). Didaktik maqsadga 
muvofiq, m a’lum ishga vaqt ajratiladi, o‘qitish uslublari va darsning to ‘la 
tuzilishi belgilanadi.
Yordamchi maktablardagi darslar asosan nuqsonni tuzatish maqsadini 
ko‘zlaydi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling