Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Ko‘rsatmali uslublar
0 ‘qitishning ko‘rsatmali uslublari 0 ‘quvchilarga kuzatishlar asosida bilim olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkuming faol shaklidir, bundan boshlang‘ich sinflarda keng foydalaniladi. Atrof-borliqdagi narsa va hodisalar, ulaming turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko‘rsatm aqo‘llanmalar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. 0 ‘qitishning ko‘rsatma)i uslublarini o‘qitishning og‘zaki uslublaridan ajratib bo‘lmaydi. Ko‘rsatma qo‘llanmalarni namoyish qilish har doim 0 ‘qituvchining tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. Yordamchi maktabda ta’lim berishda ko‘rgazmalilik o‘quv materialini mustahkam va ongli o‘zlashtirish shartlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘rgazma]ilik o‘quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatishda zaruriy shart hisoblanadi. Ko‘rgazmalardan foydalanib, maktab bir tom ondan o ‘quvchilarda o‘zlarini qurshab turgan dunyo haqida aniq tasawurlami vujudga keltirishni 86 ta’minlab borsa, ikkinchi tomondan, bolalarni real dunyoda kuzatilayotgan aloqa va m unosabatlarni ifodalash uchun til vositalaridan (so ‘z, jumlalardan) to ‘g‘ri foydalanishga o ‘rgatadi. Yordamchi maktabda pedagogikada ma’lum bo‘lgan hamma ko‘rgazmali vositalar: natural ko‘rgazmalilik, tasviriy ko‘rgazmalilik (rasmlar, mulyajlar, diapozitivlar, kinokartinalar), so‘z ko‘rgazmaliligi va ramzli ko‘rgazmalilik (suratlar, chizmalar, jadvallar, diagramrnalar)dan keng foydalaniladi. Quyi sinflarda narsalar, hodisalar ustida tasawurlami vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko‘igazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va ramziy ko‘rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq, ko‘rsatmali material orqali o‘zlashtirishga qobiliyatli boiadi. Yordamchi maktablarda ta’lim berishda ko‘rgazmalilikni o ‘quvchi- laming amaiiy faoliyatlari bilan bog‘lash juda muhim. Shuning uchun ko‘pgina fan darslarida bolalar o‘rganilgan narsalarni yasaydilar yoki rasmini solish bilan tasvirlaydilar, ularning mehnati maktab hovlisida hamda sinfda tashkil qilinadi. 0 ‘quv kinosi va diafilmlami ko‘rsatish ham ta’limning ko‘rgazmalilik usuliga kiradi. Kinofilmni ko'rsatishdan oldin o'quvchilaiga qator savollar berish kerak. Bolalar filmni ko‘rish jarayonida ularga javob topishlari aru r. Sayohat ham ko'rgazmali usulga kiritiladi. Uning afzalligi shundaki, bolalar sayohatda narsalarni tabiiy vaziyatda o'rganadilar. Sayohat 0 ‘qituvchi tomonidan yaxshi o‘ylanib, yaxshi tayyorlanilsa va uyushtirilsagina samarali boiadi. 0 ‘qituvchi sayohatning maqsadini, uning o‘quv materialini o‘rganishdagi ahamiyatini, shuningdek, uning tarbiyaviy ahamiyatini aniq tasawur etishi kerak. Sayohatni o‘tkazishdan oldin suhbat o‘tkazib, bolalardan kuzatiladigan obyektdan ularga nima ma’lum ekanligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Diqqatni nimaga qaratish, nimani kuzatishlari kerakligi ustida bolalarga ko‘rsatma berish kerak, ulaming oldiga savollar qo‘yish lozim, ularga javobni bolalar sayohat vaqtidagi kuzatishlar jarayonida topishlari kerak. Sayohatdan olingan taassurotlami, kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhimdir. Yangi bilim berishda o‘qituvchi didaktik material, harf va sonlaming yozilishi o‘quvchilar tomonidan kuzatilishini keng qo‘llaydi. Ayrim hollarda matematika darslarida kuzatishning o‘zi yetakchi usul bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘qituvchi kuzatish usulidan foydalanib, o‘quvchilaming bilish faoliyatini shunday tashkil etadiki, ular mustaqil ravishda o‘zlari uchun oson bo‘lgan umumlashtirish, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirishlari mumkin. Kuzatishni tashkil qilish bir qator usullami qo‘llashni talab etadi. Bunda aniq maqsadni qo‘yish juda muhim. Bolalar nimani kuzatishlari kerak ekanligini aniq bilishlari kerak. Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan buyumning xarakterli belgilarini aniq bilishlari kerak. 0 ‘rganilayotgan obyektni oldingi 87 o‘iganilgani bilan taqqoslashdan foydalanish ham muhimdir. Va nihoyat, obyektni kuzatishni o'qituvchining og‘zaki tushuntirishlari bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling