Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Amaliy uslublar
Malaka va ko‘nikmalami shakllantirish va mustahkamlash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan uslublar o‘qitishning amaliy uslublari hisoblanadi. Amaliy uslublar sinfda o‘rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublami qo‘llashda o ‘quvchilar faoliyatining o ‘zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullarga og‘zaki va yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, ustaxonada va maktab yer maydonida ishlash kiradi. Turli mashqlami bajarish o‘tilgan materialni takrorlashga ko‘maklashadi. Ona tili va matematika dasturlarida ishga oid xat yozish, tortish, o ‘lchash, nolga oid turli hisoblashlar va hokazo mashqlar ko‘zda tutilgan. Bu mashqlar bilim va malakalaming birmuncha ongli va mustahkam o‘zlashtirilishini ta ’minlaydi. Amaliy ishlar — o‘quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasash, rasm solish va hokazo faoliyatidan iboratdir. Amaliy ish usuli ko‘nikm alarni mustahkam lashda va turli asboblar (chizg‘ich, transportyor, tarozi va hokazo) bilan o ‘lchash malakalarini vujudga keltirishda, uzunlik, sath, hajmlami o ‘lchash uchun o ‘lchovlar tayyorlashda keng qo‘llanilishi mumkin. Laboratoriya — amaliy ishlar mazmuniga qarab bir necha xilda tashkil qilinishi mumkin. Ba’zi hollarda keng ko‘lamli laboratoriya — amaliy ishni butun sinf bilan uyushtirish mumkin: bunda hamma o‘quvchilar murakkabligi va mustaqil bajarilish darajasi bir xil yoki yaqin bo‘lgan ishlarni bajaradilar (masalan, buyum, shakllaming uzunligini o‘lchash, kesmalami chizish, sath va hajmlami o‘lchash). Boshqa hollarda bunday qilish mumkin bo‘lmaydi va sinf o‘quvchilarini guruhlarga boiishga to‘g‘ri keladi. Masalan, bolalarni tortish, ayrim sathni hisoblash ustida olib boriladigan ishlarga o‘rgatishda bir guruhdagi bolalar sinfning sathini hisoblasalar, boshqalari koridoming sathini, uchinchilari sport zalining sathini hisoblaydilar va hokazo. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling