Maxsus pedagogika
‘qitishda bilimlami puxta o‘zlashtirish tamoyili
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
0 ‘qitishda bilimlami puxta o‘zlashtirish tamoyili
T a ’lim berish bilim , ko‘nikm a va m alakalarning m ustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashi kerak. Bu didaktik tamoyilning mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar xotirada saqlanishi lozim. Bu esa istalgan bir paytda xotirada saqlangan bilimlardan zarur m a’lumotlar olish va ulami o ‘zlarining o ‘quv va mehnat faoliyatida qo‘llash imkoniyatini beradi. 0 ‘tkazilgan ko‘pdan-ko‘p kuzatishlar va tajribalar (A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko) shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish biron-bir faoliyatda ro‘y bergan vaqtlardagina eng samarali bo‘ladi. Maxsus vositalar va usullami (materialning m a’nosiga qarab guruhlarga ajratish, m a’no jihatidan muhim joylami belgilash, reja tuzish, esga tushirish bilan almashib turadigan unumli takrorlash va hokazo) qoilagan holda, esda olib qolish sohasidagi maxsus tashkiliy faoliyat bo‘lgan yodlash katta ahamiyatga ega. A.A.Smimovning o ‘tkazgan tajribalari shuni ko‘rsatadiki, masalan, matnni tuzib chiqilgan reja asosida yodlash rejaga asoslanmagan yodlashdan esda olib qolish tezligi jihatidan ham , esda saqlashning mustahkamligi jihatidan ham ikki baravar samaraliroq ekan. M a’lumki, o ‘quv materialini m a’nosiga tushunib esda olib qolish faqat zarur bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga, mexanik esda olib qolishdan beqiyos darajada samaraliroqdir. 61 Shuning uchun yordamchi maktab o‘quvchilariningbilimlarini mustahkam o‘zlashtirishga erishishning muhim sharti o'quv materialini ular tomonidan tushunilishini ta’minlash hisoblanadi. Bu tamoyil o ‘quvchilar bilimlarni ongli, tushungan holda, bilim, malaka, ko‘nikmalami uzoq muddat esda saqlashlarini talab qiladi. 0 ‘quvchilar materialni tugatilgan, ma’noli bo‘Iak!arga bo‘lib, muhimini ajratib, to‘g‘ri yodlashga ham o‘rgatilishi kerak. Bunda yordamchi maktab o‘quvchilariningbirxususiyatini hisobga olish lozim. Ular muhimini ajratolmay, odatda butun o‘quv materialini so‘zma-so‘z yodlab oladilar. So‘zma-so‘z yodlash ayrim hollarda, masalan, ta’riflar, ifodalar, she’r va shunga o‘xshash materiallami yodlashda zarur. Biroq o ‘quv materialining katta qismi so‘zma- so‘z yodlab olishni emas, balki uning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan to‘g‘ri aytib berishni talab qiladi. Bu jihatdan yordamchi maktab o‘quvchilari doimiy yordamga muhtojdirlar. Yordamchi maktab o‘qituvchisining ishida bilimlarning mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashda o‘quv materialini mustahkamlashga katta o‘rin ajratilishi kerak. K.D.Ushinskiy bu borada shunday degan: «Materialni o ‘z vaqtida mustahkamlamagan o ‘qituvchi yukni yomon bog‘lab, aravani quvgan aravakashga o‘xshaydi. Orqasiga qaramay, aravani quvib manzilga yetib kelgach, aravada hech narsa qolmagan bo‘ladi. U esa uzoq masofani bosib o‘tganligidan xursand bo‘ladi. 0 ‘qituvchi ham o‘z vaqtida materialni mustahkamlab bormasa, fan o‘qib tugatilgach, bolaning ongida hech narsa qolmasligi mumkin». Yangi material o‘tilganda o'quvchilarga mashqlar berib, ulaming yangi materialni qanday tushunganliklarini aniqlash mumkin. Mustahkamlashning zarur sharti mashq qilish bo‘lib, u quyidagi shartlami bajarishi lozim: 1) mashqning maqsadini, qanday natijalarga erishish kerakligini aniq bilish zarur; 2) bajarishning aniqligini maxsus kuzatish, agar xatolar paydo bo‘lsa, ular mustahkamlanib qolmasligi uchun mashqlarning natijalarini kuzatish, o‘z harakatlarini namuna bilan taqqoslash, qanday muvaffaqiyatlarga erishib bo‘linganini anglash va kamchiliklaiga barham berish uchun ulardan qaysilariga Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling