Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

diqqatni qaratish
kerakligini bilib olish zarur;
3) o‘quvchilaming individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan 
mashqlar soni malaka hosil qilish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Agar mashqlar 
yetarli bo‘lmasa, malaka mustahkamlanmaydi, balki tezroq barbod bo‘ladi. 
Mashqlar haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, odatda o‘quvchilar bu mashqlaiga 
salbiy munosabatda bo‘la boshlaydilar va bu hoi e ’tibomi pasaytiradi, natijada 
malakaning hosil bo‘lishiga xalaqit beradi;
4) mashqlar bir xildagi harakatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat 
bo‘lmasligi lozim. Bu mashqlarga muayyan tizim, ulaming aniq rejalashtirilgan
62


to‘g‘ri izchilligi, xususan, ulaming sekin-asta murakkablashib borishi asos 
qilib olinishi kerak;
5) 
mashqlar bir qadar uzoq muddatga uzilib qolmasligi lozim, aks holda 
malaka sekin hosil bo‘ladi yoki agar u mustahkamlanmagan bo‘lsa, tezda 
susayib qoladi, tormozlanadi, hatto umuman yo‘qolib ketadi.
0 ‘tilganlami takrorlashni to ‘g‘ri tashkil qilish bilim va malakalami 
mustahkamlab o'zlashtirishga erishishning juda muhim sharti hisoblanadi. Esdan 
chiqarishning oldini olish maqsadida albatta sistemali ravishda o‘tilganlami 
takrorlab turish kerak.
Shuning uchun yordamchi maktabda har bir darsda dastuming mavzu 
bo‘limi tugatilgandan so‘ng, yilning oxirida takrorlash olib boriladi. Kelgusi 
sinfda ham o‘quv yili boshidan oldingi sinfda o‘tilganlar takrorlanadi.
Biroq aqli zaif bolalarni o‘qitishda muhimi faqat o'tilganlami qayta-qayta 
takrorlash emas, balki 
0
‘tilgan material bilan yangi material orasidagi 
bog'lanishni o‘quvchilaming tushunishlariga harakat qilmoq kerak. Shu sababli 
o ‘qituvchi yangi materialni o ‘rganishga oid dars rejasini tuzar ekan, u albatta 
bogianishni aniqlash zarur boigan o ‘tilgan materialni takrorlashni ham 
nazarda tutishi, ulaming o ‘xshashlik tomoni va farqini ko‘rsatishi zarur.
Takrorlashga quyidagi talablar qo'yiladi:
1) takrorlash maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak;
2) takrorlashda shunday obyekt, tajribalami ko‘rsatish kerakki, unda 
takrorlanayotgan bilimlar, xususiyatlar, ma’lumotlar yangidan namoyon bo‘lsin;
3) takrorlanayotgan materialga shunday savollar kiritish lozimki, bu 
savollar amaliy masalalarni yechishni talab qilsin va takrorlanayotgan 
materialning yangi tomonlarini ochib bersin.
Nihoyat, o ‘rganilayotgan materialga nisbatan o‘quvchilarda qiziqish 
uyg‘otish, bilim, ko‘nikma va malakalami mustahkam o‘zlashtirishga erishishning 
zaruriy sharti hisoblanadi.
Shunday qilib, o ‘qitishda mustahkamlilik tamoyili didaktikaning butun 
tamoyillar tizimi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va yordamchi maktabning zaruriy 
qismini tashkil qiladi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling