Maxsus pedagogika


Tarbiyalovchi ta’lim tamoyillari


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Tarbiyalovchi ta’lim tamoyillari
Ta’lim tarbiyalovchi xarakterda bo‘lishi kerak. Didaktikaning birinchi talabi 
shundan iborat. Bu tamoyil didaktik tamoyillaming butun sistemasini 
birlashtiradi va ularni yordamchi maktabning asosiy vazifasi — aqli zaif bolalarni 
atroflicha tarbiyalashning muayyan yo‘lini amalga oshirishga yo‘naltiradi. 
Boshqacha aytganda, bu tamoyil maktablarda butun ta’limning g'oyaviy 
vo'nalishini belgilaydi.
Yordamchi maktab sharoitida bu tamoyil qay darajada va qaysi yo‘llar 
bilan amalga oshirilishi mumkin? Yordamchi maktab tajribasi, bu maktab 
o‘quvchilarida mehnatga to‘g‘ri munosabatni, o ‘quv va mehnat jamoasida 
fe’l-atvor malakasini tarbiyalash va shuning asosida Vatan oldidagi o‘z 
burchining zaruriy tasawurlarini vujudga keltirish mumkinligini ishonarli 
ravishda ko‘rsatdi.
Yordamchi maktab respublikamizning ijtimoiy hayoti bilan turli yo'llar 
orqali m ahkam bog‘langan, shu asosda aqli zaif o ‘quvchilarning 
tushunishlari mumkin bo'lgan ijtimoiy foydali tadbirlarni uyushtirish 
imkoniyatiga ega. Yordamchi maktab o'quvchilari, masalan, jamoa xo‘jaligiga 
yordam berish ishlarida: hosilni yig‘ishtirish, yosh chorva mollarini boqish 
va boshqa ishlarda zo‘r qiziqish bilan qatnashadilar.
Maktabdagi bolalar tashkiloti maktabda va sinfda navbatchilikni 
muvaffaqiyatli tashkil qiladi, turli yig'inlar va boshqa shunga o'xshash 
tadbirlarni uyushtiradi.
Bolalarni atroflicha tarbiyalashda o‘quv materiali mazmuniningg‘oyaviy 
yo‘nalishi katta ahamiyatga ega. Yordamchi maktab dasturi va darsliklari u 
yoki bu o‘quv materialining tushunarli bo‘lishini albatta nazarda tutadi. 
Biroq o‘qituvchi u yoki bu materialni rasmiy ravishda o ‘tish yoiidan 
bormay, o ‘quvchilar materialni qanchalik tushunib yetishlariga e’tibor 
berishi kerak. Bu borada Abu Nasr Forobiy inson aql-zakovati xususida 
llkr yuritib, quyidagi fikrlami aytgan: «Bilim va o ‘qishga muhabbati bo'lsin,
60


o ‘rganmoqchi b o ig a n bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan 
o‘zlashtira olsin» (Abu Nasr Forobiy, «Fozil odamlar shahri». Toshkent, 
1993-yil). Forobiyning aynan shu fikrlari yordamchi maktab o‘quvchilariga 
ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashda mehnat ta’limi 
muhim omil hisoblanadi.
Bolalarni o‘quv ustaxonalarida o ‘qitish jarayonidayoq ularda mehnatga va 
jamoat mulkiga nisbatan to‘g‘ri munosabat tarbiyalanadi. Maxsus o‘tkazilgan 
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yordamchi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi 
maktabni tugatib ketganlaridan so‘ng 
ishlab chiqarish korxonalariga ishga 
joylashib, mehnatga nisbatan halol, jamoat mulkiga nisbatan ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo‘lar ekanlar. Bu juda muhim, zero ishlab chiqarish 
mehnatida qatnashish ta’siri ostida bu o‘quvchilar o‘z ishlarining jamoat uchun 
foyda keltirishini tushuna boshlaydilar va bu ulaming umumiy kamolotiga samarali 
ta’sir etadi.
Shunday qilib, yordamchi maktab nuqsonli bolaning aqliy rivojlanishini 
yaxshilaydi, 
0
‘quvchilaming ongida, xulqida, ish faoliyatida shunday xaraktemi 
vujudga keltiradiki, bu xususiyatlar o'quvchilami jamiyat uchun foydali fuqarolar 
bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling