Maxsus pedagogika
nazariyasi va amaliyotining bog‘liqligidir
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
nazariyasi
va amaliyotining bog‘liqligidir. Yordamchi maktab ta’limi amaliy yo‘nalishga ega. Amaliyot aqli zaif bolalarning nazariy bilim lam i egallashlariga yordam beradi hamda ular amaliyotda qatnashib, nazariy bilimlarini oshirib boradilar. Yordamchi maktab ta’limining ko'rgazmaliligi ham uning o‘ziga xos tomonlaridan biridir. A. N. Graborovning ta’kidlashicha, ko'rgazmalilik idrok, tasawurlami tuzatishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli yordamchi maktablarda ko‘rgazmalilik ommaviy maktablardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Aqli zaif bolalar ko'rgazmalilik orqali narsa, voqealarning ichki mohiyatini tushunib boradilar. Shu orqali ulaming fikrlash faoliyatlari to‘g‘rilanib boradi. Har qanday ko'rgazmalilik bilan maqsadga erishish mumkin emas. Balki ko'rgazmalilik og‘zaki tushuntirishlar bilan birga namoyish etilsagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Shundagina aqli zaif bolalarning nutqi, tafakkuri birga rivojlanib boradi, yordamchi maktab ta’limi jarayonida aqli zaif bolalarning faol emasligini, mustaqil ishlashlarining chegaralanganligini e’tiborda tutish kerak. Aqli zaif bolalardagi bu xususiyatlar yordamchi maktab ta’limining oxirida ham normal tengdoshlariga yeta olmaydi. Shu sababli yordamchi maktabning barcha sinflarida o ‘qituvchilar bu kamchiliklami bartaraf etib borishlari kerak. Shuni ta ’kidlash joizki, yordamchi maktab ta’limi sodda, o ‘quvchilar nuqsoniga moslab, mexanik tarzda berilishi tufayli har doim ham kutilganday natija bermaydi. Shu sababli o‘quv materiallari qancha sodda bo‘lmasin, albatta ongli, tushunarli tarzda berilishi kerak. Shundagina bu ta ’lim o ‘quvchilar nuqsonlarini tuzatishga yordam beradi. Yordamchi maktabdagi ta ’lim o ‘qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o ‘quvchilaming bilim olishiga, zarur ko‘nikma va malakalar hosil qilishlariga xizmat ko‘rsatadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling