Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savol va topshiriqlar
1. Korreksiya (tuzatish) so ‘zining m ohiyati, m azmuni haqida so'zlab bering.
2. Inson faoliyati deganda nim alam i tushunasiz?
3. Aqli zaif o'quvchilar shaxsini shakllantirishda mehnat faoliyatining o ‘m i va 
ahamiyati haqida so ‘zlab bering.


3-BO B. YORDAMCHI MAKTABLARDA 
TA’LIM NAZARIYASI
3.1. Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonining mohiyati
Oligofrenodidaktika umumiy pedagogikaning bir qismi bo‘lib, aqli zaif 
bolalar ta’lim-tarbiyasining nazariyasini ishlab chiqadi. Xususan, yordamchi 
maktablarda ta’lim mazmuni, jarayoni, tamoyillari, usullari hamda pedagogik 
jarayonni uyushtirish shakllari haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Uning 
nazariy asoslari inson shaxsi, uning taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlarga 
asoslanadi. Oligofrenodidaktika umumiy didaktika bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, uning umumiy qonun-qoidalaridan foydalangan holda, umumiy, 
pedagogik, maxsus psixologiya yutuqlariga ham asoslanadi. Qomusiy olim 
Abu Rayhon Beruniy haqli ravishda: «Odamlarda ta’lim-tarbiyaga qobiliyat 
turlichadir. Birovlar bu qobiliyatga ega, boshqalar esa mahrum. Mahrumlar 
mashaqqatli mehnat, intilish, tirishqoqlik orqali tushunishlari mumkin», — 
degan. Demak, nuqsonlilar ta’lim-tarbiyasida shaxsni o ‘rganib, muomala 
qilish zarur.
Yordamchi maktablar didaktikasining uzviy bo'limlaridan biri — ta ’lim 
jarayonining m ohiyatidir. D idaktika ta ’lim jarayonining um um iy 
qonuniyatlarini o ‘rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, 
«didayko» — o ‘qitish, «didaskal» - o ‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib 
chiqqan. Didaktikaning so‘zma-so‘z taijimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. 
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va mohiyatini o‘z ichiga 
oladi. Didaktika o ‘z oldiga o ‘qitishning maxsus maktab o‘quvchilarini har 
tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini 
bilib olish vazifasini qo‘yadi.
Demak, didaktika oligofrenopedagogikaning «nimaga o ‘qitish», «nimani 
o‘qitish» va «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika 
esa, o ‘z navbatida, ayrim o ‘quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam 
bog‘lanadi. Shu usullar m a’lumotiga tayanib, o'qitishning umumiy 
qonuniyatlarini yechib beradi va ayni vaqtda har bir o ‘quv fanini o ‘qitish 
usullari uchun umumiy asos boiib xizmat qiladi.
Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf xos 
Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi buyuk sharq mutafakkirlari 
o ‘zlarining saboqlarga boy asarlarida tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot
geografiya, riyoziyot kabi ilmlami o‘qitish vositasida avlodlami tarbiyalash 
g‘oyasini olg‘a surdilar.
52


Sharqu g‘arb m a’naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy 
o‘rin olgan didaktika doimo rivojlanib boradi. Didaktika rivojiga buyuk 
chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ham katta hissa qo‘shdi. Uning 
«Buyuk didaktika» asari o'qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta ’sir 
ko‘rsatadi va muallimlaming doimiy foydalanadigan manbai bo‘lib qoldi.
0 ‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla 
Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammad Rasuliy, Qori Niyoziy,
O.Sharafiddinov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq. 
Ajdodlarimiz tajribasini o ‘rgangan holda hozirgi kun davr talabi pedagogik 
faoliyatdagi formalizmning qat’iyan oldini olish, o ‘qitishdagi muqobil usul, 
shakl va vositalami tanlash, pedagogika fani yutuqlarini amalga dadillik bilan 
joriy qilish vaqti yetdi. Usuliy ishlarni jonlantirish, olegofrenopedagoglaming 
tashabbuslarini, ijodiy izlanishlarini har tomonlama rivojlantirish, ilg‘or 
pedagogik tajribani chuqur o‘rganish lozim.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling