Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-BO B. YORDAMCHI MAKTABLARDA TA’LIM NAZARIYASI 3.1. Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonining mohiyati
Savol va topshiriqlar
1. Korreksiya (tuzatish) so ‘zining m ohiyati, m azmuni haqida so'zlab bering. 2. Inson faoliyati deganda nim alam i tushunasiz? 3. Aqli zaif o'quvchilar shaxsini shakllantirishda mehnat faoliyatining o ‘m i va ahamiyati haqida so ‘zlab bering. 3-BO B. YORDAMCHI MAKTABLARDA TA’LIM NAZARIYASI 3.1. Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonining mohiyati Oligofrenodidaktika umumiy pedagogikaning bir qismi bo‘lib, aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasining nazariyasini ishlab chiqadi. Xususan, yordamchi maktablarda ta’lim mazmuni, jarayoni, tamoyillari, usullari hamda pedagogik jarayonni uyushtirish shakllari haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Uning nazariy asoslari inson shaxsi, uning taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlarga asoslanadi. Oligofrenodidaktika umumiy didaktika bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning umumiy qonun-qoidalaridan foydalangan holda, umumiy, pedagogik, maxsus psixologiya yutuqlariga ham asoslanadi. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haqli ravishda: «Odamlarda ta’lim-tarbiyaga qobiliyat turlichadir. Birovlar bu qobiliyatga ega, boshqalar esa mahrum. Mahrumlar mashaqqatli mehnat, intilish, tirishqoqlik orqali tushunishlari mumkin», — degan. Demak, nuqsonlilar ta’lim-tarbiyasida shaxsni o ‘rganib, muomala qilish zarur. Yordamchi maktablar didaktikasining uzviy bo'limlaridan biri — ta ’lim jarayonining m ohiyatidir. D idaktika ta ’lim jarayonining um um iy qonuniyatlarini o ‘rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, «didayko» — o ‘qitish, «didaskal» - o ‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan. Didaktikaning so‘zma-so‘z taijimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va mohiyatini o‘z ichiga oladi. Didaktika o ‘z oldiga o ‘qitishning maxsus maktab o‘quvchilarini har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi. Demak, didaktika oligofrenopedagogikaning «nimaga o ‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa, o ‘z navbatida, ayrim o ‘quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘lanadi. Shu usullar m a’lumotiga tayanib, o'qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib beradi va ayni vaqtda har bir o ‘quv fanini o ‘qitish usullari uchun umumiy asos boiib xizmat qiladi. Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi buyuk sharq mutafakkirlari o ‘zlarining saboqlarga boy asarlarida tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, riyoziyot kabi ilmlami o‘qitish vositasida avlodlami tarbiyalash g‘oyasini olg‘a surdilar. 52 Sharqu g‘arb m a’naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy o‘rin olgan didaktika doimo rivojlanib boradi. Didaktika rivojiga buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ham katta hissa qo‘shdi. Uning «Buyuk didaktika» asari o'qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta ’sir ko‘rsatadi va muallimlaming doimiy foydalanadigan manbai bo‘lib qoldi. 0 ‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammad Rasuliy, Qori Niyoziy, O.Sharafiddinov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq. Ajdodlarimiz tajribasini o ‘rgangan holda hozirgi kun davr talabi pedagogik faoliyatdagi formalizmning qat’iyan oldini olish, o ‘qitishdagi muqobil usul, shakl va vositalami tanlash, pedagogika fani yutuqlarini amalga dadillik bilan joriy qilish vaqti yetdi. Usuliy ishlarni jonlantirish, olegofrenopedagoglaming tashabbuslarini, ijodiy izlanishlarini har tomonlama rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribani chuqur o‘rganish lozim. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling