Maxsus pedagogika


nazariyasi va amaliyotining bog‘liqligidir


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

nazariyasi
va amaliyotining bog‘liqligidir. Yordamchi maktab ta’limi amaliy 
yo‘nalishga ega. Amaliyot aqli zaif bolalarning nazariy bilim lam i 
egallashlariga yordam beradi hamda ular amaliyotda qatnashib, nazariy 
bilimlarini oshirib boradilar.
Yordamchi maktab ta’limining ko'rgazmaliligi ham uning o‘ziga xos 
tomonlaridan biridir. A. N. Graborovning ta’kidlashicha, ko'rgazmalilik idrok, 
tasawurlami tuzatishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli yordamchi maktablarda 
ko‘rgazmalilik ommaviy maktablardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Aqli 
zaif bolalar ko'rgazmalilik orqali narsa, voqealarning ichki mohiyatini 
tushunib boradilar. Shu orqali ulaming fikrlash faoliyatlari to‘g‘rilanib boradi. 
Har qanday ko'rgazmalilik bilan maqsadga erishish mumkin emas. Balki 
ko'rgazmalilik og‘zaki tushuntirishlar bilan birga namoyish etilsagina kutilgan 
maqsadga erishish mumkin. Shundagina aqli zaif bolalarning nutqi, tafakkuri 
birga rivojlanib boradi, yordamchi maktab ta’limi jarayonida aqli zaif 
bolalarning faol emasligini, mustaqil ishlashlarining chegaralanganligini 
e’tiborda tutish kerak. Aqli zaif bolalardagi bu xususiyatlar yordamchi maktab 
ta’limining oxirida ham normal tengdoshlariga yeta olmaydi. Shu sababli 
yordamchi maktabning barcha sinflarida o ‘qituvchilar bu kamchiliklami 
bartaraf etib borishlari kerak.
Shuni ta ’kidlash joizki, yordamchi maktab ta’limi sodda, o ‘quvchilar 
nuqsoniga moslab, mexanik tarzda berilishi tufayli har doim ham 
kutilganday natija bermaydi. Shu sababli o‘quv materiallari qancha sodda 
bo‘lmasin, albatta ongli, tushunarli tarzda berilishi kerak. Shundagina bu 
ta ’lim o ‘quvchilar nuqsonlarini tuzatishga yordam beradi. Yordamchi 
maktabdagi ta ’lim o ‘qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati 
bo‘lib, o ‘quvchilaming bilim olishiga, zarur ko‘nikma va malakalar hosil 
qilishlariga xizmat ko‘rsatadi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling