Maxsus pedagogika


Oligofrenopedagogning faoliyati deganda


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Oligofrenopedagogning faoliyati deganda 
o'qitish, yordamchi maktab 
o‘quvchilariga bilim berish tushuniladi. Ta’limda esa 
0
‘qituvchining vazifalari 
birm uncha kengayadi, ya’ni o ‘qituvchi bilim berish bilan kifoyalanib
55


qolmasdan, ko‘nikma, malakalar ham beradi. Mustaqil bilim egallash 
y o ‘llarin i tu sh u n tira d i. Shu b ilan birga o 'q u v c h ila rn in g bilish 
faoliyatlariga rahbarlik qiladi va uni boshqarib boradi. 0 ‘quvchilar 
faoliyati 
deganda ularning m a’lum bilimlar yig‘indisini egallab borishlari 
tushuniladi. T a’lim bilan o ‘qish bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Bilim 
egallash ta ’lim jarayonining asosini tashkil qiladi va uning asosiy 
mohiyatini belgilaydi.
Bilim, ko'nikm a, malakalar egallash jarayonida aqli zaif o ‘quv- 
chilarning bilish jarayonlari shakllanib boradi ham da ularning hissiyot- 
iroda sifatlari rivojlanadi. Shular oqibatida o ‘quvchilarning bilimga 
q iz iq is h i, ish q o b iliy a tla ri, tiris h q o q lik kabi shaxsiy sifa tla ri 
takom illashib, ular bir butunligicha tarbiyalanib, hayotga bo‘lgan 
munosabatlari shakllanib boradi.
Shunday qilib, yordamchi maktabda ta ’lim va tarbiya yagona o ‘quv 
jarayoniga aylanadi. 0 ‘qituvchi o ‘quvchilarni o ‘qitish bilan birga ularni 
tarbiyalaydi ham. T a’lim, tarbiya shaxsning rivojiga qaratiladi. 0 ‘quv 
jarayoni ta ’lim, tarbiya, kam olot birligini ta ’minlaydigan murakkab 
jarayondir. Bu haqda oldingi bo‘limda fikr yuritilgan edi. T a’lim, tarbiya, 
kamolot bog‘liqligining murakkabligi asosan ikki omil bilan belgilanadi. 
B irinchi om il — t a ’lim, tarbiya, rivojlanish ja ra y o n in in g tashqi 
sharoitlari (o'qituvchining mahorati, uning malakasi, shaxsiy sifatlari, 
ta ’lim-tarbiyani tashkil qilishi, ta ’lim -tarbiya usullarining maqsadga 
qaratilganligi) bo‘lsa, ikkinchi omil — ta ’lim, tarbiya va rivojlanish 
jarayonlarining ichki tomoni bo‘lib, bular o'quvchilarning yosh, in­
dividual va xarakter xususiyatlaridir. S. L. Rubinshteyn haqli ravishda 
tashqi sabablar, taassurotlar ichki sharoit orqali ta ’sir qiladi, degan 
edi. Shu sababli o ‘qituvchi ta ’lim jarayonini tashkil qilishda ularning 
barcha xususiyatlarini e ’tiborga olish bilan birga, ichki holatlarini, 
muayyan, yakka bola xususiyatlarini ham nazarda tutishi darkor.
T a ’lim jarayonida o ‘quvchilarda bilim, ko‘nikm a va malakalar 
shakllanib boradi. Pedagogikadan m a’lumki, bilim deganda insoniyat 
tom onidan egallangan obyektiv, muayyan tushunchalar, fikr yuritish, 
qonun va qoidalar tushuniladi. T a’lim orqali berilayotgan bilimlar ilmiy 
xarakter kasb etgan bo‘lishi shart. 0 ‘quvchilar ongida to ‘g‘ri bilimlarni 
shakllantirish uchun ta ’limda xususiydan umumiyga o ‘tish tamoyili 
asosida ish yuritiladi. Bilim bilan malaka uzviy bogliqdir. Bolalar m a’lum 
bilimlar asosida misol, masala yechadilar, grammatik tahlil qiladilar. 
Aqli zaif bolalarda an alitik -sin tetik faoliyat stereotij) m azm unda 
b o ‘lganligi uchun ular ko‘p hollarda samarali faoliyat usullaridan 
foydalana olmaydilar. Bu kamchiliklarni bartaraf etish ham yordamchi 
maktab ta ’limining asosiy vazifalaridan biridir. 0 ‘quvchilarning bilimlarni 
egallashlari asosida ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi va bu
56


o ‘qituvchidan alohida e ’tiborni talab etadi. Aqli zaif bolalardagi 
dunyoqarashning juda murakkab va dinamik jarayon ekanligi barcha ta ’lim 
bosqichlarida izchil ish olib borishni talab etadi. H ar bir insonning 
hayotida yangi bilimlar, tajribalar oldin egallangan bilimlar tizimiga 
albatta t a ’sir etadi. Yangi bilim , dalillarni egallab borish asosida 
bolalarning atrof-muhitga, boshqa kishilarga munosabati o ‘zgarib boradi. 
Shu tariqa ta ’lim jarayonida aqli zaif bolalarda uni o ‘rab olgan muhitga 
munosabatning dinamik tizimi tarkib topa boradi. Bilimlami egallash
o ‘rganish xos ravishda bir necha bosqich asosida yuz beradi. Bilishning 
birinchi bosqichida narsa, voqealar idrok etilib, qisman tushuniladi. 
Bu bosqichda yordamchi maktab o ‘qituvchisining asosiy vazifasi mumkin 
qadar bolalarning idrok etishini osonlashtiradigan ishlar boiishi lozim. 
Yangi bilim lar egallash uchun asos b o ‘la oladigan narsa oldingi 
bilim larn ing qanch alik m u stahkam o ‘zlashtirilganlik darajasidir. 
Bolalarning qiziqishlari, o ‘quv materiallarini qanchalik tushunishlari 
ularning sezgi va idrok xususiyatlariga bog'liq. Bu omillar ular bilish 
faoliyatlarining o ‘ziga xosligidan ham kelib chiqadi.
Aqli zaiflik nuqsonida sezgi va idrok birm uncha saqlangan ruhiy 
jarayondir. Markaziy asab sistemasidagi organik jarohatlar natijasida 
ba’zan ayrim analizatorlar ishida patologik o'zgarishlar kuzatiladi. Aqli 
zaif bolalarning sezgi va idrok xususiyatlari ularning tafakkuri, nutqi va 
boshqa psixik jarayonlaming rivojlanmaganligi bilan yaqin aloqada bo‘ladi. 
M a te ria lla rn i d astlab k i id ro k etish aso sid a ta q q o sla sh , so d d a 
umumlashtirishlar amalga oshiriladi. Shu sababli o'qituvchi o ‘quvchilar 
faoliyatini shunday tashkil etishi kerakki, dastlabki idrok vaqtida 
materiallar mazmunini ular tushunsinlar. 0 ‘qituvchi savollar orqali 
bolalarning idrok, tushunish darajalarini aniqlab boradi. Ayrim hollarda 
o‘quv materiallarini egallashlarida ifodalilik, hissiy kayfiyat ham katta 
rol o ‘ynaydi. Shu asosda idrok etilgan o ‘quv materiallari tushunilib 
boriladi. Shu vaqtdan boshlab materialni to ‘la tushunish boshlanadi. 
0 ‘q u v c h ila r ay rim n a rsa , h o la t, v o q e a la rn i b o s h q a la ri b ilan
taqqoslaydilar. Ular orasidagi bog‘liqlikni topadilar, tahlil qiladilar. 
Shular asosida umumiy xulosa chiqaradilar. Bu bosqichda o'qituvchining 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling