Maxsus pedagogika
‘qitishda onglilik va faollik tamoyili
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
0 ‘qitishda onglilik va faollik tamoyili
0 ‘qitishda onglilik va faollik tamoyili didaktikaning juda muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati quyidagilardan iborat: ta’lim o‘quv materialini o ‘quvchilarning to‘liq tushunishlarini ta’minlashi, o‘quvchilarda o ‘qishga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalashi kerak, fikrlashda ijod va mustaqillikni hamda o ‘zlashtirilgan bilim, malakalami amaliy faoliyatda faol ishlatish ko‘nikmasini rivojlantirmog‘i kerak. Yordamchi maktab sharoitida bu tamoyilni amalga oshirishda o‘qituvchi bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Aqli zaif o ‘quvchilar bilan tegishli tarbiyaviy ish olib borilmasa, ularda o ‘qishga nisbatan qiziqish paydo bo‘lmaydi. Bu narsa ko‘pincha ommaviy maktab sharoitida o ‘qishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi natijasida bo‘ladi, buning ustiga, o ‘qishga nisbatan salbiy munosabat ozmi-ko‘pmi yangi sharoitda ham birmuncha vaqtgacha saqlanishi mumkin. Aqli zaif bolalarda o ‘qishning ijtim oiy aham iyatini tushunish qiyinlashgan va bu ancha kech hosil boladi. Bundan mutlaqo aniqki, ta’limda onglilik tamoyilini amalga oshirishda o'qituvchining birdan-bir vazifasi aqli zaif bolalarda o‘quv ishiga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalashdan iborat boladi. Aqli zaif bola o‘zi uchun yengilroq bo'lgan ta’lim olish sharoitida o‘quv materialini tushunishi bilanoq o ‘qishda shubhasiz muvaffaqiyatlar paydo bo‘la boshlaydi va bu muvaffaqiyatlar ta’siri ostida undagi o‘qishga bo‘lgan salbiy munosabat tez fursatda yo‘qotiladi. 0 ‘quvchilaming o‘qishga munosabati ulaming o‘qishga diqqat-e’tibor berishida, unga qiziqishida, qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun iroda kuchini sarflashga tayyor ekanligida ifodalanadi. Bundan tashqari, o ‘qishga ijobiy munosabatda bo‘lish o‘quvchiga o‘rganayotgan materialning ahamiyati qanchalik tushunarli ekanligiga, bu material o ‘quvchi qiziqishlarining o ‘qishdan tashqari sohasi bilan qanchalik bog‘liqligiga, o ‘qituvchi materialni 67 qanchalik aniq va tushunarli qilib bayon etishiga, o‘qitish usullarining qanchalik xi]ma-xi] ekanligiga bog‘liq. Yordamchi maktab o ‘quvchilarida o ‘qishga mumkin qadar ertaroq qiziqish uyg‘otish kerak. Buning uchun o'quvchilaming o ‘quv materialini to ‘liq tushunib o ‘zlashtirishlari talab qilinadi. Bu jihatdan yordamchi maktab o ‘qituvchisi ayrim qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki debil bolalar uchun aqliy yetishmovchilik xarakterlidir. Bu hoi ularda mavhum umumiashtirishga, atrof-muhitdagi narsalar bilan voqealar o ‘rtasidagi aloqa va bogiiqlikni belgilay olmaslikka, tahlil va tasnif qilishga qobiliyat yo'qligida ifodalanadi. M a’lumki, o ‘quv materialining m a’nosiga tushunib esda olib qolish faqat zarur bo‘libgim qolmasdan, shu bilan birga mexanik esda olib qolishdan beqiyos darajada samaraliroqdir. 0 ‘quvchi ulg‘ayib borgani sari uning aqliy faoliyatida m a’nosiga tushunib esda olib qolish tobora katta rol o ‘ynaydi. Oligofrenopedagogika aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanishini to'xtatuvchi rasmiy mashq qildirish asosida o ‘qitish g'oyasini keskin rad qildi hamda ta’limning onglilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiqligini va mumkinligini isbot etdi. Shuning uchun aqli zaif bolaning maktabga birinchi kelgan kunidan boshlab aqliy rivojlanishini ta’minlash kerak. Bunga erishish uchun yordamchi maktabda har qanday fanni o‘qitish shunday tuzilishi kerakki, o ‘quvchilarga ayrim bilim va malakalarni beribgina qolmay, ulaming aqliy kamchiliklarini ham to‘g‘rilashi lozim. Bunda bolaning tahlil va tasnif qilish qobiliyatini asta-sekin vujudga keltiruvchi korreksion pedagogik usullar muhim ahamiyatga ega. 0 ‘quvchi biror umumiy qoidani, kuzatilgan dalillami va hodisalami taqqoslash hamda ulardagi o'xshashlik va farqlami yuzaga chiqarish tufayli o ‘zlashtiradi. Taqqoslash har qanday tafakkurning asosidir. 0 ‘qish va o ‘rganishdagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan aqli zaif o‘quvchilarda taqqoslash, ya’ni o‘xshashlik va farqni ko‘ra bilish malakasining paydo bo‘lganligiga bog‘liqdir. Psixologlarimiz o ‘quvchilarning bilish faolligini oshirish uchun taqqoslashning (qiyoslash va qarama-qarshi qo‘yishning) rolini batafsil aniqlab chiqdilar. Bu usul umumlashtiruvchi tafakkur uchun g‘oyat samaralidir. Shu sababli «farqini top» mazmunidagi topshiriqlar darslarda keng qo‘llanishi lozim. 0 ‘quvchi bayon qilinayotgan yangi materialni passiv holda idrok qilmasdan, balki faol yondashgan holdagina berilgan bilimni to‘la, ongli ravishda o ‘zlashtirishi mumkin. Masalan, biror arifmetik qonunni— qo‘shishning o ‘rin almashtirish qonunini umumlashtirishda o ‘quvchi qo‘shishga doir misollar yechib, qo‘shiluvchilaming o‘mini almashtirishdan yig‘indining o‘zgarmasligini o‘zi topsa, shundagina umumlashtirishni ongli ravishda o‘zlashtirgan bo‘ladi. 68 Faollik faqat fikrlash jarayoniga (o'quvchidan tushunchalar va qonunlami o‘zlashtirish talab qilinganda) ijobiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki esda qoldirish jarayoniga ham ta’sir etadi, eslab qolish qobiliyatini oshiradi, unumli esda qoldirishga yordam beradi. Aqli zaif o‘quvchi o ‘qish jarayonida faol bo‘lishi uchun, birinchidan, unga o‘qish ishida mustaqillikka keng imkoniyat berish, ikkinchidan, uni unumli usul bilan mustaqil ishlashga o ‘igatish, uchinchidan, unda mustaqillikka intilishni uyg‘otish kerak, buning uchun unda tegishli ichki intilishni vujudga keltirish, ya’ni berilgan vazifalami yechishga mustaqil, ijodiy tarzda harakat qilishini hayotiy muhim vazifaga aylantirish lozim. Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta’limda onglilik va faollik tamoyili aqli zaif boladagi nuqsonlarni tuzatishda yordamchi maktab ta’limining zaruriy sharti hisoblanadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling