Maxsus pedagogika


 ‘qitishda mustaqillik tamoyili


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

0 ‘qitishda mustaqillik tamoyili
Bilim va malakalami ongli o‘zlashtirish o‘quvchilaming o‘zidan ma’lum 
darajada mustaqillik va faollikni talab qiladi. Shunga qaramay, aqli zaif o‘quvchilar 
ko‘pincha yuqori sinflarda ham hatto sodda savollaming yechimini to‘g‘ri 
tanlashda qiynaladilar.
Yordamchi maktab bolani o‘qitishda dastlab shunday sharoit yaratadiki
bu vaqtda o'quvchilarga doimo har yerda yordam beriladi. Qisqasi, o‘quv 
topshiriqlarini bajarishdagi mustaqillik o ‘quvchilar tom onidan ancha 
chegaralangan bo'ladi. Shunga qaramay, bolalarni quyi sintlardan boshlab
63


ishlami mustaqil bajarishga odatlantirmoq zarur. Bu mustaqfflik dastlab 
to‘liq bo‘lmasin, biroq o ‘quvchiga yordamni uyushtirish shunday bo‘lishi 
kerakki, unda ishni mustaqil bajarishga xohish va o ‘z kuchiga ishonch 
hissi tarbiyalansin.
0 ‘quvchi ustidan haddan tashqari uzoq va doimiy homiylik qilish 
unda o ‘ziga ishonmaslik, ju r’atsizlik hissini mustahkamlashi mumkin. 
Shuning uchun aqli zaif bolalar bilan ishlashning birinchi bosqichida 
ularga mustaqil bajarish uchun yetarli darajada tushunarli bo'lgan yoki 
arzimas yordam bilan bajariladigan (o‘quv qo‘llanmalarini tarqatish, 
sinfdagi gullami parvarish qilish, sinfni tozalash, maktab yer maydonida 
ishlash va hokazo) uncha murakkab bo‘lmagan topshiriqlarni berish 
maqsadga muvofiqdir.
Dastlab o‘qituvchi o ‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 
berishda, bir tom ondan, har bir topshiriqning tushunarli boiishini, 
ikkinchi tomondan, ularning murakkabligini asta-sekin orttirib borishini 
ta’minlovchi tartibni atroflicha o ‘ylab ko‘radi. So‘ngra bolalarni navbatdagi 
topshiriqni bajarishga tayyorlaydigan barcha ishlar o ‘qituvchi rahbarligi 
ostida olib boriladi.
Nihoyat, o ‘qituvchi muayyan vazifa bilan birga olib boriladigan 
ko‘rsatma mazmunini, shaklini o ‘ylab chiqadi va aniqlab oladi, har bir 
o‘quvchining ishini kuzatib boradi.
Ishda mustaqillikni tarkib toptirishda og‘zaki ko‘rsatma berishning to‘g‘ri 
va tushunarliligi muhim vosita hisoblanadi. 0 ‘quvchiga topshiriq beribgina 
qolmay, bu vazifani qanday izchillikda bajarish kerakligini qayta-qayta 
takrorlash ham kerak.
Bu bosqichning hammasida bolalarga mustaqil ish uchun beriladigan 
topshiriqqa asos qilib olinadigan o ‘quv materialining xususiyatini va sinf 
o ‘quvchilari ilgari egallashlari kerak bo‘lgan bilimlar zaxirasini e’tiborga 
olibgina qolmay, balki har bir o ‘quvchining tayyorgarligidagi individual 
farqlarni ham, har bir bolaning ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish 
kerak boiadi.
Shunday qilib, o ‘qituvchining rahbarligi ishning tayyorgarlik bosqichida 
uning turli tom onlarini qamrab olishi kerak, am mo oxirgi maqsad 
bolalarni topshiriqni o‘qituvchining bevosita yordamisiz tamomila mustaqil 
bajarishga tayyorlashdan iborat bo‘lishi lozim.
0 ‘quvchilar mustaqil ishining asosiy xususiyati shundan iboratki, 
bunday ish jarayonida o ‘quvchi biror vaqt oralig‘ida o‘zi odatlanib qolgan 
o ‘qituvchi tomonidan beriladigan yordamdan mahrum bo‘lib, o ‘z oldiga 
qo‘yilgan vazifa bilan yakkama-yakka qoladi. Topshiriqni bajarishda 
o ‘quvchi o ‘z kuchini sinab ko‘rishi va o ‘z bilimlariga, mahoratiga, 
malakasiga, ziyrakligiga suyanib, uni yechish yoiini topishi va yechishni 
kutilgan natijaga olib kelishi kerak.
64


Yangi mavzu o‘tilganda o ‘quvchilaiga mashqlar berib, uni qanday 
tushunganliklarini aniqlab olish mumkin, so‘ngra bilimni qo‘llashiga doir 
vazifa berib, o ‘quvchilarda tegishli mahorat hosil bo‘lganmi-yo‘qmi, 
tekshirib ko‘rish lozim.
Bu ish tizim ida xato qilib q o ‘yish ehtim oli tu g ‘ilishi bilanoq 
o ‘quvchining ishini to ‘xtatish, xatoning yuz berish ehtimoliga qarshi 
hamisha va hamma hollarda 
0
‘qituvchi tomonidan chora ko‘rilishi, oldi 
olinishi muhim omil hisoblanadi.
Bilim va malakalami o ‘zlashtirishdagi onglilik ularda amaliy faoliyatda 
faol qo‘llash ko'nikmasini nazarda tutadi. M a’lumki, aqli zaif o ‘quvchilar, 
bir tomondan, maktabda olgan bilimlarini ko‘pincha tezda esdan chiqarsalar, 
ikkinchi to m on dan , ulardan foydalanishda qiynaladilar. M asalan, 
o‘quvchilar sinfda yetarli darajada savodli bayon yozishlari, biroq o ‘rtoqlariga 
xat yoki ishga qabul qilish haqida arizani mutlaqo savodsiz yozishlari mumkin. 
Aqli zaif bolalarning bu xususiyatlarini yo‘qotish uchun maktab ta’limni 
shunday uyushtiradiki, bilim va malakalami amaliy faoliyatda qo‘llashlari 
uchun o ‘quvchilami yetarli mashqlar bilan ta’minlaydi.
Ona tili va matematika dasturlarida ishga oid xat, tortish, o ‘lchash, turli 
savdoga oid hisoblashlar va hokazo mashqlar ko‘zda tutilgan. Bu mashqlar 
bilim va malakani birmuncha ongli va mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
0 ‘quvchilar bilimlarining qo‘llanishini to ‘g‘ri tashkil qilish ularda 
mustaqil, unumli fikrlash mahoratini hosil qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Bilimlaming qo‘llanishi o ‘qitish natijasiga ijobiy ta’sir etuvchi muhim bir 
omil hisoblanadiki, u o ‘qituvchining o ‘quvchi o‘quv materialini qanday 
o ‘zlashtirayotganini doimo nazorat qilib turishiga imkoniyat yaratadi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling