Maxsus pedagogika
Frontal ishga differensiatsiyalashgan va individual yondashishni
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Frontal ishga differensiatsiyalashgan va individual yondashishni
birga qo‘shib olib borish tamoyili Yordamchi maktabda o‘quv materialining tushunarliligi o‘quvchilaming individual imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Yordamchi maktab o‘qituvchisiga m a’lumki, bolaning debilligi (yordamchi maktab bolalar tarkibining asosiy qismi) bola o‘quv imkoniyatlarining ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Bu holda ham u ozmi yoki ko‘pmi orqada qolishi mumkin. Bu hoi hissiy-irodaviy sohaning turli kamchiliklari, jismoniy yetishmovchiliklar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, yordamchi maktabda bir sinfning o‘zida bir-biridan keskin farq qiluvchi 0 ‘quvchilar uchraydi. Ulardan ba’zilari o‘quv materialini oson, ba’zilari esa juda qiyinchilik bilan o‘zlashtiradi. 0 ‘qish jarayonida ba’zilari juda faol, ba’zilari passiv bo‘ladi va hokazo. Buning hammasi bir xil tashxisga ega bo‘lgan bolalarning o‘quv materialini tushunishida farqbo‘lishiga sabab bo‘ladi. 0 ‘qish jarayonida namoyon bo‘ladigan o ‘quvchilaming individual- psixofizik farqlarini hisobga olgandagina o‘qitishda yuqori natijalarga erishish mumkin. Individual yondashish o‘qitishning barcha bosqichlarida: yangi materialni o ‘tishda, mustaqil mashqlami tashkil etishda, o ‘quvchilardan so‘rashda va uy vazifalarini topshirish muntazam ravishda olib borilgandagina samarali bo‘lishi mumkin. Ta’limda individual yondashishning ma’nosi shuki, u o‘quvchining in- dividual-psixologik xususiyatlariga tayanadi, ana shu xususiyatlami hisobga olgan holda ish ko‘riladi. Shu nuqtai nazardan sinfdagi oddiy ta’lim qanday ro‘y berishini ко‘rib chiqamiz. Yordamchi maktablaming sinflari, yuqorida aytib o ‘tilganidek, tayyorgarlik darajasi bir xil bo‘lmagan, o ‘zlashtirishi turlicha, 0 ‘qishga munosabati har xil, qiziqishlari xilma-xil bo‘lgan 69 o‘quvchilardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim sharoitida hammaga bir xilda baravar bilim bera olmaydi. Shuning uchun o'qituvchi ta ’limni o ‘rtacha darajaga, o ‘rtacha rivojlanishga, o ‘rtacha tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga ega bo‘lgan bolaga mo‘ljallangan holda olib borishga majbur bo‘ladi. Bu narsa muqarrar ravishda «kuchli» o ‘quvchilar o‘z rivojlanishida sun’iy ravishda ushlab turiladi, o‘qishga qiziqishlari qolmaydi, o‘qish ulardan unchalik ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi, «kuchsiz» o‘quvchilar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo boiadilar, ular ham o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, o ‘qish ular imkoniyatlaridan ortiqroq aqliy kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham har xil boiadilar, ulaming qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil bo‘ladi. Darsni rejalashtirishda o ‘qituvchi har bir bolani alohida o‘ylashi, uning rivojlanishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish sababini, uning bilim, ko'nikma va malakalar holatini, o‘quv materialini o ‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklami va ulaming kelib chiqish sababini bilishi kerak. Aqli zaif o‘quvchilar o‘rtasida ko‘pincha ruhan ezilgan bolalar uchraydilar. Ular qiyinchilik bilan ishga kirishadilar, vazifani juda sekin bajaradilar, tashabbuskorlik ko'rsatmaydilar, ayrim hollarda umuman o‘quvjarayonidan chetda qoladilar. В ularga nisbatan eng muhimi—ularni «tormoz» holatidan bo‘shatish, tez-tez savol va vazifalar berib, ularga murojaat qilib turish kerak. Ayrim o ‘quvchilarda faoliyat jarayoni juda sust bo ‘lib, ular ishda qiyinchilikka duch keladilar. Shuning uchun bunday bolalarga qiyinroq vazifalami berib bo‘lmaydi, ularga o‘z vaqtida tegishli yordam berib, to ‘g‘ri tushuntirish kerak. Yordamchi maktab o‘quvehilari o ‘rtasida haddan tashqari harakatchan bolalar ham uchraydilar. Agar o'qituvchi o‘rtaga savol tashlasa, ular shu zahotiyoq, o‘ylamay javob beradilar. Bu bolalar bilan olib boriladigan asosiy ish — ulaming shoshmashosharligining oldini olish, ularda o ‘ylab javob berish malakasini shakllantirishdan iborat. Bunday o‘quvchilar bilan indi vidual ishlashda juda xotiijamlik, chidamli bo‘lish talab qilinadi. 0 ‘quvchilarga individual yondashish tam oyili faqat psixofizik rivojlanishdagi kamchiliklarni hisobga olibgina qolmay, balki nuqsonni muvaffaqiyatli ravishda tuzatish uchun ulaming ijobiy sifatlarini ham hisobga olishni talab qiladi, bu sifatlarga tayanish mumkin va tayanish lozim. Masalan, ayrim o ‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining darajasi umuman pasaygan bo‘lishiga qaramay, tirishqoqligi, o‘qishni xohlashi, mehnatsevarligi ulaming bu kamchiligining o‘mini bosishi mumkin. Bu, albatta, ularda yo‘q sifatlaming rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. Bunday 0 ‘quvchilar bilan ishlashda ulaming aria shu kuchli tomonlariga tayanish lozim. Bu ijobiy sifatlardan o‘qituvchining 70 maqsadga muvofiq ravishda foydalanishi bunday bolalarning o'qishini ancha ycngillashtiradi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling