Maxsus pedagogika


 ‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

0 ‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili
T a’limda ko'rgazmalilik tamoyilidan to ‘g‘ri foydalanish bilim va 
malakalami mustahkam va ongli o ‘zlashtirish shartlaridan hisoblanadi. 
Yordamchi maktablarning asosiy vazifalaridan biri borliqni bilishning 
birinchi pog‘onasi bo‘lgan bolalar sezgi tajribalarini vujudga keltirishdir.
Ko'rgazmalilik tamoyili yordamchi maktabda qo‘llanishi jihatidan 
juda ham qimmatli va o ‘ziga xos tamoyillardan hisoblanadi.
Mantiqiy — abstrakt umumlashtirish haqiqatni hissiy idrok qilishdan 
boshlanadi. Bolaning hissiy tajribasi uni o ‘qitish asosida yotadi. Bola 
tomonidan haqiqatni bilishning birinchi bosqichi uning hissiy tajribasini 
to ‘g‘ri uyushtirishdan iborat.
Oligofren bola o‘z normal tengdoshidan ta’lim olishdagi xarakterli 
qiyinchiliklari bilangina emas, tevarak-atrof, dunyo haqidagi tasavvurlari
uni idrok etish xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Oligofren bola maktabda ta’lim ola boshlagan paytda tevarak-atrofdagi 
narsa va voqealar haqidagi bilim va tasavvurlari nihoyatda kambag‘al va
73


tor doirada bo'ladi. Maktabning vazifasi bolalarning tushunishlari oson 
boMgan narsa va voqcalar bilan bevosita tanishtirish orqali ularning 
tasavvurlar zaxirasini har taraflama kengaytirishdir.
Bunda bolalarni atrofdagi olam va odamlarning hayoti bilan tanishtirish 
uclnm iiyushtirilgan sayohatlar va yordamchi maktabning quyi sinflari 
uchun nazarda tutilgan fan darslari tizimi katta ahamiyatga ega. Bu darslarda 
tevarak-atrofdagi narsalar haqida yordamchi maktab o‘quvchilarida to‘g‘ri, 
umumlashtirilgan tasawurlar vujudga keladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, aqli zaif o ‘quvchilarda, ayniqsa, kichik 
yoshdagi lar тцгаккаЬ, aniq narsalami idrok qilishda ularni mustaqil ravishda 
qismlarga ajratish qobiliyatiga ega emaslar. Masalan, qush suratini muhokama 
qilayotib, o ‘quvchilar undan qism larni (boshi, qan otlari, rangi, 
tumshug‘ining xususiyati va hokazolarni) ajratolmaydi. Shuning uchun 
o'qituvchi yordamchi maktab o ‘quvchilarining idrok qilishini pedagogik 
jihatdan to ‘g‘ri uyushtirishi, idrok qilinayotgan obyektdan qismlarni 
ajratishda, taqqoslashda, tasvirlashda va hokazoda unga yordam berishi kerak.
Aqli zaif bolalarni o ‘qitishda k o ‘rgazmalilik tamoyilini amalga 
oshirishning keyingi bosqichi muayyan tafakkurdan mavhum tafakkurga 
to ‘g‘ri o‘tkazish yo‘lini topish hisoblanadi. Bu masala o‘quvchilarda nutqni 
o ‘stirish m asalasi bilan bevosita bog‘langan. Y ordam chi m aktab 
o ‘quvchilarida tafakkurning m e’yorida rivojlanishi uchun narsa va 
hodisalarning ko‘rgazmali tasvirlaridan tashqari, uning ongida hissiy idrok 
qilingan narsa va hodisalarning mohiyatini o‘zida aks ettiradigan atamalar, 
so‘zlar, jumlalarning mavjud bo‘lishi zarur. Faqat til kishiga muayyan 
tafakkurdan mantiqiy mavhum tafakkurga o ‘tishga imkon beradi. Ko‘p 
hollarda ko‘rgazmalilik tafakkurning tayanchi vazifasini o ‘taydi.
Ko‘rgazmalardan foydalanib, maktab, bir tomondan, o ‘quvchilarda 
tevarak-atrofdagi dunyo haqida aniq tasaw urlam i vujudga keltirishni 
ta ’minlab borsa, ikkinchi tomondan, maktab bolalarni mavjud dunyoda 
kuzatilayotgan aloqa va munosabatlami ifodalash uchun til vositalari (so‘z, 
jumlalar va hokazolar)dan to ‘g‘ri foydalanishga o ‘rgatishi kerak.
Bularning hammasi aqli zaif bola nutqi va tafakkurining yaxshi 
rivojlanishini ta ’minlash uchun uni o ‘qitishda ko‘rgazmaIilik va so‘z 
vositalaridan har bir dars, har bir o ‘quv mashg‘ulotida maqsadga muvo­
fiq ravishda qanday foydalanish kerakligini sinchiklab o ‘ylab ko‘rishga 
yordamchi maktab o‘qituvchisini majbur etadi.
Demak, ta’lim berishda ko‘rgazmalilik o ‘quv materialini mustahkam 
va ongli o ‘zlashtirish shartlaridan biri, o ‘quvchilarning nutqi va tafakkurini 
tuzatish zaruriy shart hisoblanadi.
Y ordam chi maktab ta ’limida ko‘rgazmalilik vositalaridan keng 
foydalanish bilan bir qatorda, ya’ni ularni ortiqcha qo‘llash foydasiz 
bo'libgina qolmay, zararli ekanligini ham esda tutish kerak. Maktab tajribasida
74


ko‘rgazmali qurollardan noto‘g‘ri foydalanish holatlarini uchratib turamiz. 
Masalan, hech kerak bo‘lmagan holda ko'rgazmali qurol ishlatiladi, ba’zan 
esa ko‘rgazmali qurol qo‘yilgan o'quv maqsadiga to‘g‘ri kelmasdan, salbiy 
rol o'ynashi ham mumkin.
Yordamchi maktabda pedagogikada ma’lum bo‘lgan hamma ko‘rga/.mali 
vositalardan foydalaniladi; natural ko‘rgazmalilik, tasviriy ko‘rgazmalilik, 
so‘z ko‘rgazmaliligi va ramziy ko‘rgazmalilik. Bu o ‘rinda shuni e’tiborga 
olish kerakki, ko'rgazmalilik turli shakllarda ifodalanishi mumkin: natural 
ko‘rgazmalilik o‘quvchilaming narsa va hodisalarni bevosita idrok qilishini 
nazarda tutadi, sinfda o ‘tkaziladigan tajribalar, sayohatlar ham shunga 
kiradi. Tasviriy ko‘rgazmalilik tasviriy vositalar — rasmlar, mulyajlar, 
diapozitivlar, kinokartinalar yordam ida am alga oshiriladi. Tasviriy 
vositalaming mazmuniga qarab ko‘rgazmalilik haqiqiy, tasviriy va ramziy 
ko‘rgazmalilikka (rasmlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar) bo‘linadi. 
So‘z ko'rgazmaliligi deganda, o ‘qituvchining o ‘quvchilarda muayyan 
tasawurlami uyg‘otadigan yorqin, obrazli, jonli nutqi tushuniladi.
Modomiki yordamchi maktabda o‘qitish davrida 
0
‘quvchilaming nutqi 
va tafakkuri aniq — obrazlidan, mavhum — mantiqiyga qarab rivojlanar 
ekan, turli ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash ham shunchalik o ‘zgarib boradi. 
Quyi sinflarda narsalar, hodisalar haqidagi tasawurlami vujudga keltirish 
uchun natural va tasviriy ko‘rgazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori 
sinflarda tasviriy va ramziy ko‘rgazmalilikdan foydalaniladi, chunki bola 
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq, 
ko‘rsatmali material orqali o‘zlashtirishga qobiliyatli bo‘ladi.
Yordamchi maktabda ta’lim berishda ko‘rgazmalilikni o‘quvchilaming 
amaliy faoliyatlari bilan bog‘lash juda muhim. Shuning uchun ko‘pincha 
fan darslarida bolalar o ‘rganilgan narsalarni yasaydilar yoki rasmini solish 
bilan tasvirlaydilar, yoki ularning mehnati maktab yer maydonida hamda 
sinfda tashkil qilinadi.
Shunday qilib, ko‘rgazmalilik tamoyili o ‘qitishni faollashtirishga ham 
muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rgazmalilik tamoyiliga Beruniy fikri bilan yakun 
yasasak: «Ko‘rgan narsalarni tasavvur qilishga odatlangach, sekin-asta 
fikrlashga o ‘tish osonlashadi».

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling