Maxsus pedagogika


Maxsus ta’lim davlat komponentlari (o‘quv reja)


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Maxsus ta’lim davlat komponentlari (o‘quv reja)
Aqli zaif o ‘quvchilar umumiy ta ’limi va boshlang‘ich kasb ta’limi 
o'quv pejasi ta’lim talablarining tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini 
me’yorlashga hamda maxsus maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga 
asos bo‘ladigan davlat hujjatidir.
76


Bu o ‘quv rejada o ‘quv predm etlari b o ‘yicha beriladigan ta ’lim 
mazmunini o ‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining mini­
mal hajmdagi miqdori aniqlanadi.
Davlat talablari o'quv fanlarini o qitishning ikkita komponentini 
belgilaydi.
Davlat komponentiga I—IV sinflar uchun 10 ta, I—IX sinflar uchun 
10 ta o ‘quv predmeti kiradi.
Maktab komponentiga esa o ‘quvchilaming qiziqish va ehtiyojlari uchun 
boshlang‘ich sinflarda 1 soatdan, 9-sinfda esa 3 soat ajratiladi.
Quyida aqli zaif bolalar maxsus maktablari uchun tuzilgan o ‘quv 
rejasi tafsilotini beramiz:
— Umumiy o‘rta ta ’limning davlat ta ’lim standartlari asosida maxsus 
maktab-internat (maktab)larning o ‘ziga xos korreksion (tuzatish) ta’lim 
xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
— Aqli zaif bolalar uchun moljallangan maxsus ta’lim 9 yil muddatda 
o ‘quvohi!arga boshlang‘ich m a’lumot, tayanch bosqichning ayrim fanlari 
bo'yicha elementar bilimlar beradi va kasb-hunarga tayyorlaydi. Barcha 
o‘quv fanlar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan hamda 
aqli zaif o‘quvchilar maktablari uchun mo'ljallangan dastur va metodik 
tavsiyalarga ko‘ra tashkil etiladi.
— Maktab kengashi qarori asosida davlat komponentidagi fanlarga 
ajratilgan soatlarni o ‘quv dasturini bajarish sharti bilan 15 foizdan 
oshmagan holda qisqartirilib, ayrim fanlarni chuqurlashtirib o'qitish uchun 
mustaqil (variativ) o ‘quv rejalarini tuzish huquqi berildi. Bu rejani 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi tasdiqlaydi. 
Lekin har bir sinf uchun moljallangan jami haftalik soatlar hajmi mazkur 
o ‘quv rejada ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi lozim.
— Maktab ixtiyoriga berilgan soatlar o ‘quvchilaming asosan m a’naviy, 
badiiy-estetik, musiqiy, axloqiy-huquqiy fazilatlarini rivojlantirishga 
qaratiladi. Shu bilan birga, maktab komponentiga ajratilgan soatlar 
fakultativ va o‘quvchilaming qiziqishiga ko‘ra ijobiy qobiliyatini o ‘stiruvchi 
yakka, guruh mashg‘ulotlarini tashkil qilishga ajratiladi.
— «Konstitutsiya alifbosi» I—IV sinflarda o'qitilmaydi, V—IX sinflarda 
maktab komponenti hisobidan 17 soat va I—IX sinflarda «Yo‘l harakati 
qoida!ari»ni o ‘rganish uchun har bir sinfga maktab komponenti hisobidan 
17 soat ajratiladi.
Korreksion soatlar maxsus maktablaming yo‘nalishidan kelib chiqib, 
nogiron bolalar nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) qaratiladi. Ular 
yakka, guruhli va yalpi (frontal) tarzda olib boriladi.
— «Ijtimoiy-maishiy yo‘nalish» o ‘quv f'ani dars jadvalida b o iib 
mashg‘ulotlar yalpi (frontal) tarzda olib boriladi.
77


— «Logopediya» mashg‘ulotlariga 
0
‘quvchilar darsdan tashqari vaqtda 
jalb etiladi. Mazkur mashg‘ulotlar alohida jadvalda qayd etiladi va maktab 
rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
— «Davolash gimnastikasi» darsdan tashqari vaqtda tibbiyot xodimi 
ko'rsatmasiga ko‘ra tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotni tabbiy m a’lumotga ega 
bo‘lgan mutaxassis yoki jismoniy tarbiya o ‘qituvchisi olib boradi.
— «Ritmika» mashg‘ulotlarini butun sinf bilan musiqa o ‘qituvchisi 
rahbarligida olib borish tavsiya etiladi.
— Barcha turdagi ta’lim muassasalarida tayanch o‘quv rejasi yakuniy 
yuklama bo‘yicha davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. Fakultativ, 
yakka, guruh m ashg‘ulotlari guruhdagi o ‘quvchilar soniga bog‘liq 
bo‘lmagan holda moliyalashtiriladi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling