Maxsus pedagogika
‘qitishda tushunarlilik tamoyili
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
0 ‘qitishda tushunarlilik tamoyili
Bu tamoyilning mohiyati ta ’limning mazmuni, hajmi ham da usullari bolalarning yoshi va aqliy rivojlanishiga, ularning bilim saviyasiga to ‘g‘ri kelishidan iborat. 0 ‘qituvchi tomonidan o ‘quvchilarga berilayotgan ham ma material ular uchun tushunarli va ulaming kuchi yetadigan bo‘lishi lozim. Faqat shu holdagina material ongli ravishda o ‘zlashtirilishi mumkin. 0 ‘quvchilaming tushunishlari uchun qiyin material nari borsa ular tom onidan mexanik tarzda yodlab olinishi mumkin. Bu narsa bolani o ‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda foydali natijalar bermasligi bilan bir qatorda, aksincha, katta zarar keltiradi, ya’ni materialning m a’nosiga tushunmagan holda uni esda saqlash odatini tarbiyalaydi. Yordamchi maktabda o ‘quv materialining tushunarliligiga amal qilish, ayniqsa, muhim. Shuning uchun yordamchi maktab ta ’lim mazmunini aks ettiruvchi dastur va darsliklarda bu didaktik qoidalar o ‘z aksini topgan. 5 - 3 3 65 Berilgan bilimlarni tushunmaslik o‘quvchilaming unga bo‘lgan qiziqishini pasaytiradi, ko‘pincha shu o‘quv fanigagina emas, balki umuman o‘qishga nisbatan ham salbiy munosabatda bo‘lishga olib keladi. Odatda, ommaviy maktabda uzoq vaqt bo‘lgan aqli zaif o‘quvchida shunday hoi yuz beradi. M a’lumki, ommaviy maktabda har bir sinf bir xil yoshga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan, ya’ni o ‘quv materialini o ‘zlashtirishda taxminan bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan bolalar bilan butlangan bo‘ladi. Aqli zaif bolaga ta’lim berishda yosh xususiyatlarini hisobga olish va tushunarlilik tamoyilini amalga oshirish ancha boshqacha yuz beradi. Eng avvalo, aqli zaiflik shakli va darajasiga qarab farq qilinishi tufayli bir sinfning o ‘zida yoshi har xil bo‘lgan o ‘quvchilar bo‘lishi mumkin. Yoshi har xil bo‘lgan o‘quvchilar bilim va malakalarni o‘zlashtirishda taxminan bir xil imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Demak, yordamchi maktab sinflarini butlashda bolalarning yoshiga aniq rioya qilish amalda mumkin bo‘lmaydi. So‘ngra, har bir sinfda shunday bolalar borki, ularda aqli zaiflik turli sabablar orqali kelib chiqqan bo‘lib, o ‘ziga xos tipologik xususiyatlarga ega. Yordamchi maktabdagi ta’lim jarayonida shu tipologik xususiyatlami hisobga olish o'qituvchi ishidagi majburiy talablardan biridir. Keyingi vaqtlarda yordamchi maktablarda aqli zaiflik darajasi ancha og‘irroq bo‘lgan bolalar uchun alohida maxsus sinflar tashkil qilingan. Bu sinflarda bilim va malakalar hajmi hamda o ‘qitish tezligi yordamchi maktabning odatdagi sinflariga qaraganda birm uncha pasaytirilgan, osonlashtirilgan bo‘Iadi. Shunday qilib, yordamchi maktab aqli zaif bolalarga ta’lim berishda faqat ulaming yoshini emas, balki tipologik xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak. 0 ‘qituvchi o ‘quv materialini tanlaganda uning bolalarga tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor berishi kerak. Bundan berilayotgan material nihoyatda sodda boiishi kerak, degan xulosa chiqarilmaydi. Bolalar uchun tushunarli bo‘lgan yangi bilimlarni o ‘zlashtirish va malakalarni vujudga keltirish ham ayrim qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. 0 ‘zlashtirishda o‘quvchi qiyinchiliklarga duch kelishi zamr. Ta’lim jarayonida qiyinchilik bilan to‘qnashish, uni yengish pedagogik jarayonning asosiy rag‘batlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida oligofrenopedagog shuni e’tiborga olishi muhimki, bolalar o ‘zlariga taklif qilingan ba’zi vazifalami tamomila mustaqil ravishda bajara oladilar, bunda ular psixologik jihatdan rivojlanib borishning shu paytgacha erishilgan darajasiga, amaiiy tajriba, malaka va ko‘nikmalarga tayanadilar. Shu bilan birga, biror murakkabroq topshiriqni mustaqil ravishda eplay olmagan bola uni pedagog yordamida (uning qo‘shimcha tushuntirishi, ko‘rsatishi, yordamchi savollar berishi va hokazo yo‘l bilan) 66 bajara oladi. Bu hoi bola imkoniyatining go‘yoki ikkilamchi darajasi bo‘lib, psixologiyada «eng yaqin kamol topish zonasi» deb ataladi. Shu sababli ta’lim jarayoni faol kamol topish darajasigagina, ya’ni shu paytgacha tarkib topgan psixik funksiyalargagina. tayanib qolmay, balki bolaning potensial imkoniyatlariga, tarkib topayotgan funksiyalariga, ya’ni «eng yaqin kamol topish zonasi»ga ham tayanishi lozim. T a’limda uchraydigan qiyinchiliklarni chetlab o ‘tish emas, balki o'quvchi imkoni boricha bu qiyinchiliklarni o‘qituvchi rahbarligida yengib borishi kerak. Shunday qilib, yordamchi maktab ta’limida tushunarlilik tamoyilini amalga oshirishdao‘qituvchidan o‘quvchilaming yoshi, tipologik va indi vidual xususiyatlarini hisobga olish talab qilinadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling