Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
diqqatni qaratish
kerakligini bilib olish zarur; 3) o‘quvchilaming individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan mashqlar soni malaka hosil qilish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Agar mashqlar yetarli bo‘lmasa, malaka mustahkamlanmaydi, balki tezroq barbod bo‘ladi. Mashqlar haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, odatda o‘quvchilar bu mashqlaiga salbiy munosabatda bo‘la boshlaydilar va bu hoi e ’tibomi pasaytiradi, natijada malakaning hosil bo‘lishiga xalaqit beradi; 4) mashqlar bir xildagi harakatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat bo‘lmasligi lozim. Bu mashqlarga muayyan tizim, ulaming aniq rejalashtirilgan 62 to‘g‘ri izchilligi, xususan, ulaming sekin-asta murakkablashib borishi asos qilib olinishi kerak; 5) mashqlar bir qadar uzoq muddatga uzilib qolmasligi lozim, aks holda malaka sekin hosil bo‘ladi yoki agar u mustahkamlanmagan bo‘lsa, tezda susayib qoladi, tormozlanadi, hatto umuman yo‘qolib ketadi. 0 ‘tilganlami takrorlashni to ‘g‘ri tashkil qilish bilim va malakalami mustahkamlab o'zlashtirishga erishishning juda muhim sharti hisoblanadi. Esdan chiqarishning oldini olish maqsadida albatta sistemali ravishda o‘tilganlami takrorlab turish kerak. Shuning uchun yordamchi maktabda har bir darsda dastuming mavzu bo‘limi tugatilgandan so‘ng, yilning oxirida takrorlash olib boriladi. Kelgusi sinfda ham o‘quv yili boshidan oldingi sinfda o‘tilganlar takrorlanadi. Biroq aqli zaif bolalarni o‘qitishda muhimi faqat o'tilganlami qayta-qayta takrorlash emas, balki 0 ‘tilgan material bilan yangi material orasidagi bog'lanishni o‘quvchilaming tushunishlariga harakat qilmoq kerak. Shu sababli o ‘qituvchi yangi materialni o ‘rganishga oid dars rejasini tuzar ekan, u albatta bogianishni aniqlash zarur boigan o ‘tilgan materialni takrorlashni ham nazarda tutishi, ulaming o ‘xshashlik tomoni va farqini ko‘rsatishi zarur. Takrorlashga quyidagi talablar qo'yiladi: 1) takrorlash maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak; 2) takrorlashda shunday obyekt, tajribalami ko‘rsatish kerakki, unda takrorlanayotgan bilimlar, xususiyatlar, ma’lumotlar yangidan namoyon bo‘lsin; 3) takrorlanayotgan materialga shunday savollar kiritish lozimki, bu savollar amaliy masalalarni yechishni talab qilsin va takrorlanayotgan materialning yangi tomonlarini ochib bersin. Nihoyat, o ‘rganilayotgan materialga nisbatan o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish, bilim, ko‘nikma va malakalami mustahkam o‘zlashtirishga erishishning zaruriy sharti hisoblanadi. Shunday qilib, o ‘qitishda mustahkamlilik tamoyili didaktikaning butun tamoyillar tizimi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va yordamchi maktabning zaruriy qismini tashkil qiladi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling