Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
psixologik tavsifnomasi
Defektologiya muammolari bilan shug'ullanuvchi chet el de- fektologlari, aqli zaiflik to'g'risida gapirib, bu tushunchani unga aqliy kamchilikni qo'shish bilan kengaytiradilar, uning yuzaga kelishi erta bolalik vaqtida bola rivojlanishini o'ta nomuvofiq ijtimoiy sharoitlari bilan bog'liq bo'ladi. Atrofdagi kishilar bilan intellektual va hissiy muloqot yetishmasligi, doimiy to'yib ovqat- lanmaslik va hokazolar ko'zda tutiladi (F. Gallaqhere, O.Meher, Satdenqeu). So'nggi yillar maxsus adabiyotlarida ham bosh miya po'stlog'i shikastlanishi bilan bog'liq bo'lmagan aqli zaiflik hodisalari to'g'risida ma’lumotlarni uchratish m um kin." Hozirgi paytda «aqli zaif» termini o'rniga uning sinonimlarini ishlatishga harakat qilinmoqda, negaki, bu term in bolani faqat aqliy jihatdan noadekvatligini bildiradi, u esa motorika, hissiy-irodaviy doira va butun shaxsiy yetishmovchiliklarga ega. Undan tashqari, tashxisning bu shakli ota-onalarga og'ir botadi. Alohida yordamga muhtoj bolalar «Imkoniyati cheklangan bolalar» deb yuritilmoqda. Aqli zaif bolalar asosan maktab va maktab-internatlarida tarbiyala- nadilar, ular XX asr oxirigacha yordamchi deb atalardi, hozir VIII turdagi maxsus mehnat ta’limi maktablari deb nomlanadi. Aqli zaif bolalarning ayrim qismi ommaviy umumta’lim maktablarida tashkil 13 qilingan korreksion rivojlantirish ta’lim sinflarida o‘qiydilar, hamda uy sharoitida individual o'qitiladi. Mehnat ta’limi maktabining barcha o'quvchilarini amaliy maqsadda 2 guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga kiradigan bolalar asosan o‘z rivojlanishlarining ma’lum davrida bosh miya kasalligini boshidan kechirgan va shu kasallik qoldirgan nuqson asosida rivojlanayotgan, amalda esa sog‘ bolalar kiradi. Ikkinchi guruhga bosh miyasidagi kasalliklari davom etayotgan bolalar kiradi. Bunday bolalarda max sus maktablarda o'qib yurgan vaqtlarida ham kasalliklari davom etib og‘irlashishi ham mumkin. Bu bolalarning ruhiy xususiyatlari, bilim egallash imkoniyatlari o‘zgarib turish xususiyatiga ega. Aqli zaif bolalarning ko‘p qismini oligofrenlar tashkil qiladilar (grekcha oligof — kam, phrenos — aql). Miya tizimlarining shikastlani shi, asosiysi miyaning o‘ta murakkab va kech shakllanuvchi tuzilishlari psixikaning buzilishi va chala rivojlanishiga sabab bo‘lib, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yuzaga keladi; ona qornida, tug'ruq paytida va bir, bir yarim yoshida, ya’ni nutq shakllanmasdan awal. Oligofreni- yada miyaning organik yetishmovchiligi rezidal (qoldiq), noprogredi- yent (murakkablashmaydigan) xarakterga ega. Bola hayotining yanada kechroq davrida yuzaga kelgan aqli zaiflik nisbatan kam uchraydi. Bu demensiya deb yuritiladi. Demensiya miyaning organik kasalliklari oqibatida boiishi mumkin (masalan: meningoensefalitlar, miya trav- malari, silkinishi, lat yeyishi va boshqalar). Demensiyada bolada ortib boruvchi degredatsiya (orqaga ketish) kuzatiladi. Biroq ayrim holatlarda davolash yordamida bu jarayonni birmuncha sekinlashtirish mumkin. Alohida holatlarda boladagi aqlning sust rivojlanishi kechayot- gan ruhiy kasallik bilan qo‘shilib ketadi — epilepsiya, shizofreniya, bosh miya zaxmi va boshqalar. Oligofren bolalarning barcha psixik jarayonlarining orqada rivojlanishi va turg‘un buzilishlari bilan tavsiflanadi, bu bilish faoliyati doirasi (ayniqsa, og‘zaki mantiqiy fikrlashda) va shaxsiy doirada aniq ko‘rinadi. Bunda me’yordan ortda qolishgina emas, balki rivojlanishning o‘ziga xosligi namoyon bo'ladi. Aqli zaif bolalarni ancha kichik yoshdagi normal rivojlana yotgan bolalarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Aqli zaiflik — bir me’yorda emas — bola psixik faoliyatining turli tomonlarida ko‘rinadi. Kuza- tishlar va eksperimental tadqiqot materiallari bolada ayrim psixik 14 jarayonlar o‘ta keskin o‘zgargan bo'lib, boshqalari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkinligi haqida gapirish imkonini beradi. 0 ‘z rivojlanishida me’yordan chetlashgan, shu jumladan, aqlan orqada qolgan bola psixikasi tuzilishi juda murakkab. Maxsus psixo logiya asoschilaridan biri L.S.Vigotskiyning nazariy qoidalariga muvofiq bolada birlamchi nuqson va ikkilamchi asoratlarni ajrata bilish kerak. Aqli zaif bolalarga po‘stloq faoliyatining to'laqonli emasligi, mo'ljalga olish faoliyatining bo‘shligi, nerv jarayonlarining inertligi, himoya tormozlanishiga ortiqcha moyillik xosdir. Oligof- ren bolalar psixik faoliyatida aniq aks etgan kamchiliklar bilan birga bu bolalarga rivojlanish jarayoni asosi bo'lib xizmat qiluvchi ayrim ijobiy imkoniyatlar ham xos. 0 ‘qituvchilar maxsus aqli zaif bolalar maktabida korreksion ishni tashkil qilib aynan shu imkoniyatlarga tayanadilar. XX asrning 90-yillaridan boshlab aqli zaiflarning xalqaro tas- nifidan foydalana boshlandi, unga binoan bolalarni 4 guruhga bo‘ladilar: yengil, o'rtacha, og'ir va chuqur darajadagi aqli zaif lik. Chet el psixologlari bola intellektual koeffltsientini aniqlashga asoslanadilar. Ma’lumotlarga ko'ra, yengil aqli zaiflikda 70 ga teng, o'rtachada 70 dan 50 gacha diapazonda, chuqurda 25 dan 0 gacha. Aqli zaif bolalarning dunyoga kelish sabablari turlicha. Odatda, endogen (ichki) va ekzogen (tashqi muhit) omillarini ajratish mum kin. Aniqlanishicha, aqli zaiflikning genetik shakllari ustun tursa, ular tug'm a aqli zaiflar soniga kiradi. Biroq buzilishlarning yuzaga kelishida onaning yuqumli kasalliklari (masalan: qizilcha, homi laning alkogol bilan zaharlanishi, narkotiklar, dorilarni haddan ziyod iste’mol qilish, onaning endokrin kasalliklari, xromosoma buzilishlari) muhim rol o'ynaydi. Ona qornida rivojlanish davrida, tug'ruq paytida va bir-bir yarim yoshida olingan miya shikastla- nishlari ma’lum ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda hozirgi iqti- sodiy va ekologik vaziyat ham katta rol o'ynaydi. So'nggi yillarda bolalar rivojlanishining murakkab nuqson- lari muammosi keskinlashmoqda. VIII turdagi maxsus maktab o'quvchilari tarkibi og'irlashmoqda. Kar va zaif eshituvchi bolalar orasida aqli zaiflikning tarqalishi taxm inan 10%, ko'r va qisman ko'ruvchilar o'rtasida 20% ni tashkil etadi. 15 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling