Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Oligofrenopsixologiya fanining yuzaga kelish tarixi


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1.2. Oligofrenopsixologiya fanining yuzaga kelish tarixi
Ma’lumki, har bir fan o'zining yuzaga kelish, rivojlanish, taraqqiy 
qilish tarixiga, qonuniyatlariga ega. Shu singari aqli zaif bolalar psixo­
logiyasi fani ham ma’lum rivojlanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalarn­
ing ruhiyatini o'rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o'qitish, 
tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy 
bog'liq. XVIII asr oxirlari XIX asr boshlarida aqli zaif bolalarni davo­
lash, tarbiyalash, o'qitishga oid ma’lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi 
va shakllana boshladi. Shuni eslatib o'tish joizki, aqli zaiflar ta’lim- 
tarbiyasi masalalari dastlab, asosan aqliy nuqsoni og'ir darajadagi bo­
lalar ustida boshlangan. Nisbatan yengil darajadagi aqli zaif bolalarni 
o'rganish, davolash, tarbiyalash muammolari birmuncha keyinroq, 
XIX asrning ikkinchi yarmidan o'rganila boshlangan. 1858-yilda rus 
pedagogi N. A. Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolaning o'ziga xos 
xususiyatlari ochib berildi. Uning ko'rsatishicha, «faollikning pastli­
gi», «sekin idrok qilish», «quruq yodlashning ustunligi», «bir xildagi 
harakatlar», «yangi sharoitlarga yomon moslashish», «bilimlarini to'g'ri 
ishlata olmaslik» — aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan.
XIX 
asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiyada aqli zaif 
bolalarni o'rganuvchi, davolovchi, tarbiyalovchi, bilim beruvchi 
qator davolash, tarbiyalash muassasalari ochila boshlandi (Riga, 
Peterburg, Moskva, Kiyev shaharlarida). 1910-yilda Moskvada aka- 
singil Postovskiylar boshlang'ich bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar


uchun yordamchi sinflar ochdilar, hamda bolalarni o'rganish 
uchun eksperimental psixologik kabinet tashkil qildilar. 1911-yilda 
shifokor-psixiatr, professor G.I. Rossolimo Moskvada bolalar psixo­
logiyasi va nevropatologiyasi institutini ochdi va bu yerda aqli zaif 
bolalar ruhiyatining o‘ziga xos tomonlari o‘rganila boshlandi. Aqli 
zaif bolalarni o‘rganishda 1915-yilda G.Y. Troshinning «Tarbiya- 
ning antropologik negizi, normal va anomal bolalar psixologiyasini 
qiyoslash» nomli asarining chop etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 
G.Y.Troshin rivojlanishida nuqsoni boigan bolalarga yordam be- 
rishda faol qatnashdi. 1906-yilda G.Y. Troshin boshchiligida davo- 
lash maktabi tashkil etildi va bu yerda anomal bolalar uchun chuqur 
ilmiy bilimlar berish masalalariga e’tibor qaratildi. G.Y. Troshinning 
asosiy o‘rganish predmeti — aqli zaif bolalar edi. Defektologiyaning 
fan sifatida shakllanishida G.Y.Troshin tomonidan ilgari surilgan 
va asoslangan normal va nuqsonli bola rivojlanish qonuniyatla- 
rining umumiyligi to‘g‘risidagi fikrlari katta ahamiyat kasb etadi. 
«Mantiqiy normal va nuqsonli bolalar o‘rtasida farq yo‘q. Unisi 
ham, bunisi ham inson, unisi Й ат, bunisi ham bola, unisi ham, 
bunisi ham bir qonuniyat bo'yicha rivojlanadi». G.Y.Troshin nor­
mal rivojlanayotgan va nuqsonli bolaning psixologik rivojlanishini 
solishtirishga asoslangan bola rivojlanishining psixologik tahliliga 
yondashishning asosini yaratdi. Uning fikricha, nuqsonli bolani 
o‘rganish inson tabiatini anglashga yordam beradi va psixologiya­
ning rivojlanishiga bebaho hissa qo‘shadi.
1920-yillardan boshlab maxsus psixologiya, xususan aqli zaif bo­
lalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida o‘quv darajalariga kiritildi. 
Shu davrdan boshlab bu muammo davlat ahamiyatiga ega boigan 
ishlar tizimiga kiritilib, alohida e’tibor berila boshlandi. 1925-yil- 
da Moskvada eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. 
L.S. Vigotskiy (1896—1934) rahbarligida aqli zaif bolalarni o‘rganish 
ishlari boshlab yuborildi. Yetuk psixolog L.S. Vigotskiy maxsus psi­
xologiya sohasida juda katta nazariy meros qoldirdi hamda haqli ra­
vishda oligofrenopsixologiyaning asoschisi hisoblanadi. 1935-yildan 
aqli zaif bolalar ruhiyatini o‘rganuvchi laboratoriyani L.V. Zankov 
boshqara boshladi. Bir necha yillar mobaynida L.S. Vigotskiy bilan 
hamkorlikda ishladi. L.V. Zankov aqli zaif bolalar xotirasini rivojlan-


tirish muammolarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdi. 1943-yilda 
mavjud bo'lgan eksperimental defektologiya instituti Defektologiya 
ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. Institutga T.A. Vlasova 1985- 
yilga qadar rahbarlik qildi.
Aqliy jihatdan zaif bolalar psixologiyasini rivojlantirishga J.I. Shif, 
G.M.Dulnev, B.I.Pinskiy, S.Y. Rubinshteyn kabi olimlar ham katta 
hissa qo'shdilar.
O'zbekistonda oligofrenopsixologiyaning nazariy va amaliy 
rivojlanishiga bir qancha pedagog, psixologlar katta hissa qo'shdilar. 
Urushdan keyingi davrda Respublika m aorif vazirligining «Nuqsonli 
bolalar umumiy majburiy ta’limni ta ’minlash choralari to‘g‘risida» 
qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda respublikaning turli vilo- 
yat va shaharlarida aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun 
maktab, maktab-internatlar tashkil etila boshlandi. Maxsus mak- 
tablar uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishi markaziy 
Osiyoda birinchi bo'lib, 1967-yilda Toshkentdagi Nizomiy nomli 
pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 
boshlandi. Shu institutni bitirgan o'zbek olimlaridan G'.B. Sho­
umarov, K.Q. Mamedov va G. Berdiyevlar maxsus psixologiya fa­
nining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelmoqdalar. Ular tomoni­
dan maxsus psixologiya faniga oid uslubiy tavsiyalar, o'quv-uslubiy 
qo'llanmalar, darsliklar, monografiyalar yaratilgan.
G'.B. Shoumarov «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar maxsus 
maktabini bitirgan yosh oilalarda ijtimoiy-psixologik muammolar» 
mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. K.Q. Mame­
dov «Maktabgacha yoshdagi bolalar va o'quvchilarning aqliy rivojl­
anish xususiyatlari (psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida)» 
mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. G. Berdiyev o'z 
ilmiy-tadqiqot ishida sog'lom va aqli zaif bolalarning shaxslararo 
munosabatlari muammosini o'rganib chiqqan.
Mamlakatimiz va chet el defektologlarining nazariy tekshirish- 
lari, tajribalarining ko'rsatishicha, aqli zaif bolalar potensial rivojla­
nish imkoniyatlariga ega bo'lar ekan. Aqli zaif bolalarning ruhiy 
taraqqiyot xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari haqida ularning 
bilim egallash xususiyatlarini bilmaslik defektologlar uchun kunda- 
lik ishlarida katta qiyinchilik, tushunmovchiliklarga olib keladi.



Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling