Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Oligofrenopsixologiya fani metodlari


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1.4. Oligofrenopsixologiya fani metodlari
Fanning usullari deganda nim ani tushunamiz? Aslida, uslublar- 
ni turli ma’nolarda tushunish mumkin. Turli fanlarda mujassam- 
langan nazariy, amaliy bilimlarni o'quvchilar ongiga yetkazishning 
u yoki bu yo'lini ham uslublar deb tushunish mumkin. Bu yerda 
esa, har bir fanning shu fanga oid bilimlarni yig'ish, tanlash yo'llari 
tushuniladi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy xususiyatlari, ruhiy ja ­
rayonlarining o'ziga xosligi, bilim egallash imkoniyatlari haqidagi 
oligofrenopedagoglar uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar quyidagi us­
lublar orqali yig'iladi. Bularga kuzatish, tajriba, suhbat, anketa, test, 
o'quvchilar faoliyat natijalarini tahlil qilish va boshqa usullar kiradi. 
Kuzatish — eng asosiy usullardan bo'lib, u orqali juda ko'p va si- 
fatli psixologik m a’lumotlar yig'iladi. Ammo, har qanday kuzatish 
orqali kerakli ma’lumotlar olinmaydi. Tegishli, zarur ma’lumotlarni 
yig'ish, aniq maqsad asosidagi, izchil kuzatishni talab qiladi. Bu 
usulning asosiy yutug'i shundaki, kuzatish tabiiy sharoitda, tek- 
shiriluvchi bilmagan holda amalga oshiriladi. Buning oqibatida tek- 
shiriluvchi hech narsadan tortinmagan holda o'zini namoyon qiladi. 
Ammo bu usulning ham o'ziga xos kamchiligi bor. Bu kamchilik
11


shundan iboratki, tekshiruvchi uchun kerak bo'lgan ruhiy jarayonlar 
haqidagi ma’lumotlar ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Lekin kuza­
tish muddati ortgan sari olinayotgan ma’lumotlar ko'payib boradi. 
Uzoq muddatli kuzatishlar turli yoshdagi bolalarning nutq, tafak­
kur, hissiyot, qiziqishlar, xarakter xislatlari, qobiliyatlarini tekshirish 
vaqtlarida olib boriladi. Bunday uzoq muddatli tekshirish natijalari 
maxsus kundaliklarda qayd etib boriladi. Kuzatish vaqtlarida bola­
larning sog‘lig‘ini, kayfiyatini, o'zini his qilishini, charchaganlik 
darajasini inobatga olish talab etiladi.
Psixologik ma’lumotlar yig‘ishda tajriba usuli keng qo'llaniladi. Bu 
usulning qulayligi shundan iboratki, tajriba o'tkazuvchi uchun kerak 
bo'lgan ruhiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlar qisqa muddatlarda 
qo‘lga kiritiladi. Bu usulning afzalligi ham shunda. Ammo, tajriba 
vaqtida tekshiriluvchi bola har doim ham o‘zini erkin tutmaydi. Bola 
iymanib, uyalib, tortinib turadi. Buning natijasida bola o‘zini to‘la 
namoyon etmaydi. Bola o‘zining ustida tekshirish olib borilayotgan- 
ligini bilgani uchun ham, tekshiruvchi uchun kerakli ruhiy jarayonlar 
haqidagi ma’lumotlar to'liq bo‘lmasligi mumkin. Tajriba usuli o‘z 
navbatida tabiiy va laboratoriya tajribalari turlariga bo'linadi.
Psixologik ma’lumotlar suhbat usuli orqali ham yig'iladi. Bola bi­
lan suhbat qilish jarayonida tajriba o‘tkazuvchi uchun kerak bo'lgan 
ma’lumotlar yig'ib boriladi. Suhbat ma’lum bir maqsadga qaratilgan 
va savollar mavzuga oid tayyorlanishi kerak.
Anketa 

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling