Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Aqli zaif bolalarning tafakkuri Tafakkur
- Ko‘rgazma-obrazli tafakkur
Savol va topshiriqlar
1. Idrokning psixologik jarayonini izohlab bering. 2. Aqli zaif o‘quvchilar ko‘ruv idrokining ahamiyatini tushunti- ring. 3. Aqli zaif o‘quvchilarning taktil idrok xususiyatlari. 4. Aqli zaif o‘quvchilarning idrok xususiyatlarini tekshirish us- lubiyatlarini ochib bering. 2.2. Aqli zaif bolalarning tafakkuri Tafakkur — atrofdagi borliqning aks etishiga imkon beradigan in son bilish faoliyatining oliy shakli, predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatni o‘rnatadi. Tafakkurning asosiy vazifalari: — umumiy o‘zaro aloqalarni o‘rnatish; — muayyan sinf hodisalari turi sifatida aniq hodisalar mohiya- tini tushuntirish; — bir xil guruh hodisalari xossalarini umumlashtirishi. Tafakkur operatsiyalari: — tahlil qilish (xayoliy predmet, hodisa, holatlarni qismlarga ajratish va tarkibiy belgi, qismlarini aniqlash); — sintez (turli xil belgilar o‘rtasidagi aloqani taqqoslash, qiyos- lash); — mavhumlashtirish (predmetning asosiy xossalarini ikkilamchi belgilardan ajratish); — taqqoslash (ma’lum obyektlarni taqqoslash va ulardagi umu miy yoki farqli belgilarni ajratish); — umumlashtirish (ikki yoki bir qancha predmet-hodisalarni umumiy belgilariga ko‘ra guruhlarga umumlashtirish). 31 Ko‘rgazma-obrazli tafakkur Bola anglash faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda tafak kur muhim rol o'ynaydi. Bola rivojlanishining ma’lum bir bos- qichida unga m a’lum turdagi faoliyat xos bo'ladi. Ilk yoshda tafakkur shakllanishida asosiy o'rinni m ulo qot, predmetli faoliyat egallaydi (L.S. Vigotskiy, A.V. Zoporo- jets, A.N.Monstev, D.B. Elkonin). Hozirgi vaqtda m ashhur psixologlarning ta ’kidlashicha, bolalarda maktabgacha yoshda ko'rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli va so'z-m antiq tafak kuri rivojlanadi. Bu tafakkur shakllari ontogenez jarayonida bir- biri bilan almashinadi, ammo birinchi ko'rgazmali-obrazli tafak kur hisoblanadi. U bola rivojlanishi jarayonida, ular tom onidan ijtimoiy malakalarni egallash orqali shakllanadi. Bola tafakkur rivojlanishida kattalar asosiy o'rinni egallaydi, ular tafakkurni o'qitish va tarbiyalash orqali rivojlantirishi kerak. Bolalarda ilk yoshda ko'rgazmali-obrazli tafakkurni o'rganish bilan L.S. N o voselova shug'ullangan. U bola tafakkurining rivojlanishi butun- lay uni predmetli faoliyati shakllanishi jarayoni bilan bog'liq deb ko'rsatgan. Bolada predm etlilikning paydo bo'lishi ular tom oni dan insoniy faoliyat usullari va amalga oshirish motivlarini egal lash yo'li orqali amalga oshadi. Aqli zaif bolada aks ettiruvchi faoliyatning farqli xususiyati unda bilish faoliyatlarining buzilmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo umumiy va vositali bilimning buzilishidir. Maqsadga qaratilgan faoliyat sifatida tafakkur har doim ma’lum muammoning yechimi sifatida yuzaga chiqadi. Aqliy masalalarni yechish jarayoni bir nechta bosqichlarga ega: masala shartini tushunish, savol qo'yish, yechim ehtimoli farazini yaratish, yechimni topish va uning to'g'riligini tekshirish. Barcha fikrlash jarayonlari o'zida shaxsning qobiliyatlari, bilim va malaka- larini ochib beruvchi ixtiyoriy, maqsadga qaratilgan faoliyatlari- ni amalga oshiradi. Aqliy masalalarni yechish aqli zaif bolalarda boshlang'ich davrdayoq muhim qiyinchiliklarga olib keladi. Ular ko'pincha masalani noto'g'ri anglaydi, uni qisqartiradi yoki buzadi. Shu tariqa, avval boshdanoq, maqsadga qaratilgan tafakkur buzil- 32 gan va u boshqaruvchi vazifani boshqara olmay qoladi. Yechishning keyingi bosqichlarida kamchiliklar kuzatiladi. Qo‘llanilayotgan yechish usullari noto‘g‘ri va samarasiz boiadi. Masalani yechish jarayonida qo‘yilgan maqsaddan chetga chiqish, muammoning qay- sidir xususiy tomonida to‘xtab qolish kuzatiladi. Yechish jarayonida ko‘pincha xatolar va tekshirishlar majmuyiga olib keladi. Tekshirish zarur bosqich sifatida qabul qilinmaydi. Olingan natijalar boshlang‘ich m a’lumotlar bilan bogliq bolm aydi. Tafakkurning past mahsulligi aqliy masalalarni yechish ning barcha bosqichida ko'rinadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida aqli zaif bolalarga o‘z faoliyatini tashkil etishga, aqliy jarayonning bosqichi to‘laqonli o'tishiga yordam berish kerak. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur uchun obrazlar bilan aqliy faoli yat natijalari, tasavvuri orqali aqliy masalalarni yechish xarakterli hisoblanadi. Haqiqiy hayotdagi predmetlar obrazini tahlil qilish, ichki nutq yordamida amalga oshiriladi. M e’yorda rivojlanayotgan bolalarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkur asosan maktabgacha yoshda rivojlana- di. Aqli zaif o'quvchilarda tasavvur etilayotgan va idrok etilayotgan predmetlarni analiz va sintez qilishning rivojlanganligi kuzatiladi. Ularning diqqatini predmetlarning mavjud boim agan xususiyatlari, yorqin ko‘zga tashlanadigan belgilari tortadi. Maxsus maktab o'quvchilarida alohida predmetlar va predmetli holatlarni so‘z bilan tavsiflashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu toi fa o‘quvchilar o‘zlariga tanish predmetlarni qarama-qarshi qo‘yib, ularni taqqoslashda ularning umumiy xususiyatlaridan asosiysini aniqlash imkoniyatiga ega emas. Ularda tasavvurga ko‘ra taqqos lash vazifasini tushunmaslik kuzatiladi. 0 ‘quvchilar so‘zni erkin ravishda qoilay olmaydi. T.A. Pratsko aqli zaif bolalarda topish- moq materiali asosida so‘zli-obrazli masalalarni yechish xususiyat larini o‘rgangan. Uning aniqlashicha, topishmoqni tushunishning boshlang‘ich bosqichida o'quvchilar uning javoban ifodasini topgan so‘zlarni ajratadi. Nutqning tasviriy vositasi ular uchun tushunar- sizligicha qoladi. Ammo aqli zaif o ‘quvchilarning aqliy faoliyatini ko‘rgazmali vositalar yordamida faollashtirish mumkin. Maktab 33 sharoitida o‘qitish jarayonida ko'rgazmali-obrazli tafakkur rivojla- nadi. Obyektlarni aqliy analiz qilish maydoni kengayadi, tasav vur roli kengayadi, mavhumlashtirish qobiliyatining rivojlanishida ahamiyatli siljishlar kuzatiladi, 1-sinfdan 5-sinfgacha ko'rgazmali- obrazli tafakkur rivojlanishida ijobiy dinamika kuzatiladi. Shu bi lan birga aqli zaif o'quvchilarning ko'rgazmali-obrazli tafakkuri sog'lom tengdoshlarinikidan baribir pastligi aniqlangan. Ko'pgina aqli zaif o'quvchilarda murakkab hayotiy malakalar bilan bog'liq bilim va tasavvurlari orqali amalga oshiriladigan aqliy faoliyatlarida yetarli darajada umumlashtirishga erishmaydilar. Buning oqibatida ular aqliy masalalarni yechishda so'z ma’nolaridan erkin foydalana olmaydi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling