Maxsus ta’lim o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Download 14.53 Kb.
bet3/4
Sana21.01.2023
Hajmi14.53 Kb.
#1106357
1   2   3   4
Bog'liq
hisobot mirkomil

Amaliyotni yakunlash: pedagogik amaliyot hisobotini tayyorlash, hisobotga qo’shib topshiradiga hujjatlarni tayyorlash, ta’lim muassasasi pedagogik kengashida amaliyot bo’yicha hisobot berish, ta’lim muassasasida pedagogik amaliyotning yakuniy konferensiyasiga qatnashish.


PASSIV AMALIYOT
Pedagogik amaliyotning dasturidan kelib chiqqan holda passiv amaliyot jarayoni davomida quyidagilarni amalga oshirdim.

  • Tegishli me’yoriy- huuquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Mazkur hujjatlar sirasiga maktabning Nizomini faoliyat mexanizmini tashkil etish bo’yicha hujjatlari, davlat ta’lim standartlarining umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tegishli me’yorlari, “Kadrlarni tayyorlash Milliy Dasturi va boshqalarni kiritish mumkin;

  • Sinf jurnallarini yuritish qoidalari, kundalik.com sayti bilan baholab borish, talablarini baholash bo’yicha ma’lumotlar oldim;

  • Maktabning rahbariyat xodimlari, xususan o’quv ishlari bo’yicha, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rin bosarlarining yillik ish rejalari bilan tanshib chiqdim va ularni tuzilishni nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumotlar berdim;

  • Menga biriktirilgan fan o’qituvchisining ish rejasi, taqvimiy mavzular rejasi bilan tanishdim va ulardan o’zim uchun nusxa oldim;

  • Biriktirilgan sinf rahbarining yillik ish rejasini, har hafta juma kuni o’tkazilishi belgilangan “Axborot va ma’naviyat” soatlari rajasi bilan tanishdim;

  • Ilg’or tajribali o’qituvchilarning darslarini kuzatdim va paedagogik ko’nikmalarini egalladim;

  • Darslardan keyingi mashg’ulotlarda qatnashdim va maktabda o’tkazligan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdim;

Passiv amaliyot davrida ilg’or tajribali o’qituvchilar darslarini kuzatdim.

Passiv amaliyot davrida bajarilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Passiv amaliyot davrida ma’naviy va ma’rifiy ishlar bilan ham tanishdik. Maktbada qat’iy talab qilingan kiyinish qoidasiga amal qilinadi. Qizlar uchun alohida bir xil forma, o’g’il bolalalr uchun alohida bir xil forma kiyishlari talab qilinadi.
Sinf rahbar sifatida har hafta nimalar bilan shug’ullanish zarurligi haqida ko’rsatmalar oldik. O’zlashtirish sust, davomoti yomon bo’lgan o’quvchilar bilan alohida ishlash tashkil qilingan bo’lib, bizlar darsdan keyin ana shu qo’shimcha mashg’ulotlarda ishtirok etdik.


AKTIV AMALIYOT
Samarqand Davlat Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan “Pedagogik amaliyot Dasturi” muvofiq passiv amaliyotdan keyin davom etadigan aktiv amaliyot boshlandi. Aktiv amaliyotni asosiy xususiyati shundan iboratki, biz mazkur amaliyot davomida dastlab o’qituvchilar ko’magida, keyinroq mustaqil ravishda dars mashg’ulotlarini o’tishimiz kerak. Dasturga ko’ra biz har uch haftada bir darsni tajriba darsi sifatida o’tish belgilangan.
Biz aktiv amaliyotga kirishni boshladik va amaliyot rahbarimiz tomonidan oldindan belgilab berilgan sinov darslari mavzularini o’ta boshladik. Biriktirilgan fan o’qituvchisining taqvimiy ish rejasidan kelib chiqib, bevosita o’qituvchi nazorati asosida darslarni mustaqil o’tishga tayyorgarlik ko’rdim. Tayyorgarlik jarayonida ko’rgazmali qurollar tayyorlashda, qo’shimcha topqshriqlarni ishalab chiqishda nimalarga tayanish kerakligi haqida ma’lumotlar oldik.

Download 14.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling