Maxtumquli saylanma turkmanchadan Mirzo kenjabek
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIZIL TILING SO’ZLAR EKAN, O’LDIM DE!..
- She’riy kitoblari: «Maktublarim» – , «Quyoshga qaragan uy» – , «Munojot» – , «Sharq tili» – , «Bahorim yellari». Ma’rifiy kitoblari
- Ba’zi publisistik asarlari
www.ziyouz.com kutubxonasi 159 Sharrga shuhrat bermoq - shaytonning kori, Qahrin yutmoq erur Rahmonning kori, Ko‘paysa har elning boshliq-sarkori, Nizomi buzilib, vayrona kelgay. Parvardigor O’zi - faqirga panoq! Ul kimdir, bo‘lmagay tilida sano?! Qaysi yurtda agar ko‘paysa zino, Yerlari qimirlab, larzona kelgay. Maxtumquli, tursam so‘zim sochmoqqa, Anglamaslar shaylanadi qochmoqqa, Qaysi xalq ko‘niksa sharob ichmoqqa, Yurtda o‘lat tarqab, vayrona kelgay!.. KO’ZDAN YOSH KELSA Dunyoda necha ish bordir – yomondir, Biri shuldir – nohaq qahri jo‘sh kelsa. Oshiqqa qar kuni oxirzamondir, Yordan yiroq tushib, aro tosh kelsa. Do‘stingni ushlama, nafdan qolmasin, Dushmaning saqlama, siring bilmasin, Ochda – olging, bekka berging bo‘lmasin, Ish mushkuldir, anglamasga duch kelsa. Zamin seni qali zamon yutarmi, Oqil bunda bunday beg‘am yotarmi, Qech bir masxaralik bundan o‘tarmi – Ketgan quruq ketib, kelgan bo‘sh kelsa. O’n qat uying bo‘lsa temir qal’adan, Ajal topar, amr bo‘lsa Allohdan, Haqiqat, er yuz qaytarmas balodan, Haq rizosi bilan boshga tosh kelsa. Oshiqman deb lof urarlar yolg‘ondan, Bilganini aytar, so‘rsang bilgandan, El ko‘zicha yuz yil toat qilgandan, Yaxshidir, bir saqar ko‘zdan yosh kelsa. Boylar bog‘lab saxovatning yo‘lini, Ko‘paytirar do‘zax moyi-xilini Ko‘ring, bu zamonning so‘fi, pirini, Tinmay olaverar, tekin osh kelsa, Maxtumquli, so‘yla, aqling yetguncha, Saylanma. Maxtumquli www.ziyouz.com kutubxonasi 160 Oxirating qozon, bekor yotguncha, Do‘zaxdadir, to dunyodan o‘tguncha, Yaxshi erga yomon xotin duch kelsa. QIZIL TILING SO’ZLAR EKAN, O’LDIM DE!.. Dunyo ko‘rmay, tutqun qolsang bir burchda, Bodipoydek yer yuziga yeldim, de! Chin-Mochinda, Rumda, Hindda, Habashda Turli-tuman qunarlarni bildim, de! Och qam bo‘lsang, borma elga tilakka, De: «Ko‘shkdaman, boshim yetar falakka!», Cho‘lda qolsang, qech topmayin ko‘lanka, Eram bog‘i ichra soya topdim de! Osh ko‘rganda, o‘zing otma turlanib, Och bo‘lsang qam, viqor saqla, sirlanib, Zar to‘kibon, chin qullardek orlanib, Yosh o‘lsang ham, Nuh yoshiga keldim de! Muqtojliging Haqdan o‘zga bilmasa, O’shal ro‘zg‘or basdir, ochdan o‘lmasa, Hindi kabi usti boshing bo‘lmasa, Podishohlik libosini oldim de! Suvga, yelga qukmi o‘tgan Sulaymon, Boq, ulardan ne nom qoldi, ne nishon, Tashna qolib, joying bo‘lsa cho‘liston, Daryo ichra men Iskandar bo‘ldim, de! Yo‘ldosh bo‘lsang til tushunmas mo‘r bilan, Joy topolmay, birga yotsang mor bilan, O’ttiz qavat to‘shak, yuz ming er bilan – Qorun xazinasin qo‘lga oldim, de! Maxtumquli, cheksang jafo-jabr, bil, Allohga xush kelar, shukru sabr qil, Qilcha jonga qizil tanni qabr bil – Qizil tiling so‘zlar ekan, o‘ldim de! KETIB BORADIR Dunyoga e’timod etmang, yoronlar, Kimga kelib, kimdan ketib boradir. Misoli Iskandar, shoqlik surganlar Bir-bir navbatinda o‘tib boradir. Saylanma. Maxtumquli www.ziyouz.com kutubxonasi 161 Birovni boy qilar, birovni gadoy, Ne qilsa, erki bor, ul qodir Xudoy, Birovning murodin berib, hoynahoy, Birov g‘am sharbatin yutib boradir. Birovga beribdir qayg‘u-g‘am, mehnat, Umrida bir soat ko‘rmadi rohat, Birovga etibdir nomardni ulfat, Uning umri «Oq!» deb o‘tib boradir. Birovning boshida ko‘pdir tumoni, Qayg‘u-alam bilan chiqadir joni, Bir yaxshiga duch etibdir yomonni, Noiloj dunyodan o‘tib boradir. Kimlardir yig‘laydi, maqsadin topmay, Nechalar oq urar, og‘zini yopmay, Bir olg‘ir bayroqni oladir, chopmay, Bir bedov kezolmay qaytib boradir. Dunyo uchun chekma qayg‘u, andisha, Sabr et balosiga, rozi kelmisha, Yig‘labon, g‘am bilan tolma hamisha, Ajal qo‘li yoqang tutib boradir. Maxtumquli aytar: barcha nasiqat – Allohga qul bo‘ling, Rasulga – ummat, Bilsangiz, dunyoning barchasi hasrat, Hasrat bilan bir-bir ketib boradir. Saylanma. Maxtumquli www.ziyouz.com kutubxonasi 162 TARJIMON HAQIDA Mirzo Kenjabek 1956 yilda O’zbekiston janubi – Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O’rta maktabdan so‘ng, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetida, keyinchalik Imom Buxoriy nomidagi Oliy Islom institutida ta’lim olgan. Toshkent shahrida yashab ijod qiladi. She’riy kitoblari: «Maktublarim» – , «Quyoshga qaragan uy» – , «Munojot» – , «Sharq tili» – , «Bahorim yellari». Ma’rifiy kitoblari: «Termiz tazkirasi», «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. «Dunyoning murshidi»: Hazrati Xoja Ubaydulloh Ahrorning «Risolai Volidiyya» nazmiy tarjimasi qisqa sharhi. O’zR FA «Fan» nashriyoti, 2004. Tarjimalari: Hofiz Sheroziy (Eron): G’azallar; «Munojot» kitobida. Sa’diy Sheroziy (Eron): G’azallar; Lirika kitobida. I.V.Gyote (Olmoniya): she’r; «Maktublarim» kitobida. A.S.Pushkin: «Yevgeniy Onegin», she’riy roman tarjimasi. Nikolas Gilen (Kuba): she’rlar; «Asr ovozi» (XX asr jahon she’riyatidan) kitobida. Gvorg Emin (Armaniston): she’rlar; Do‘stlik kutubxonasi seriyasida. O’ljas Sulaymon (Qozog‘iston): she’rlar; «Aylanayn» kitobida. Loyiq Sherali (Tojikiston): she’rlar. Lirika kitobida. Jeyms Oldrij (Angliya): «G’aroyib mo‘g‘ul oti», qissa. Rizoqul Usanov bilan birga tarjima qilingan. «Cho‘lpon» nashriyoti, 2004. Farididdin Attor: «Tazkirat ul-avliyo» («Valiylar yodnomasi»), 1997. Mahmud As’ad Jo‘shon: «Haqiqiy sevgi», ma’rifiy-tasavvufiy kitob. 2001. «Tasavvuf va go‘zallik», «Adolat» nashriyoti, 2004. Abu Iyso Muhammad at-Termiziy: «Sunani Termiziy» («Al-jomi’ as-saqiq»), «Adolat», 1999. Muhammad Zohid Qo‘tqu ibn Ibrohim al-Bursaviy: «Aqli sunnat val-jamoat aqoidi» (Sog‘lom islomiy aqida). «Movarounnahr», 1998, 2001, 2004. «Sharhi Omoliy» (Omoliy» dostoni sharhi), . Qutbiddin Iznikiy: «Murshidi mutaahhiliyn», (Yosh kelin-kuyovlarga maslaqatnoma). 2002. Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy-Naqshbandiy: «Risolai sujudi sahv», «Adolat», 2004. Maxtumquli (Turkmaniston): Saylanma. «Fan» nashriyoti, 2004. Ba’zi publisistik asarlari: «Dildoshlik», «Til erki – el erki» - o‘zbek tili ahvoli va unga davlat maqomini berish xususida; «Har kuning bo‘lsin navro‘z» - xalq an’anasini qayta tiklash haqida; «Inson qalbi bilan hazillashmang» - Abdulla Oripov bilan suhbat; Saylanma. Maxtumquli www.ziyouz.com kutubxonasi 163 «She’r va shoir dunyosi» - Erkin Voqidov bilan suhbat; «Yuragimda oyoq izi bor», «Xalq nomidan yolg‘on so‘zlamang» - mustamlaka zulmlari, O’zbekistonda huquqiy, ekologik va ma’naviy xarobliklar haqida; «Xilma-xillik tengsizlik emas» - tarix darsliklaridan xudosizlik mavzularini yo‘q qilish haqida; «Fitna san’ati» - qonli Farhona voqealari va uni sobiq sho‘ro davlati maxsus uyushtirgani haqida; «Ikki daryo oralig‘ida» - doktor, professor Nurislom To‘xliev bilan suhbat. O’zbekistondagi ma’naviy-iqtisodiy muammolar xususida. «Shukrona tuyg‘usi omonmi?» - ma’naviyat ag‘voli haqida. www.ziyouz.com 2007 Download 5.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling