2.2. Raqobat strategiyasi va raqobatning har xil yondashuvlari. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar,tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa,bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestririga kiritiladi.Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi qilib 20% belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro’yxatga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi.Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim: - Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillkning chegarasini belgilab qo’yish;
- O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish.Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori (1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli) bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar jamiyatlari,ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib,mustaqil korxonalariga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” (1996-yil,aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga,shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini,shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi. Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo’lmagan sektorni qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi,kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tashkil etildi.Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko’plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |