Мазкур турдаги жиноятларни тергов қилишда жамғармалар
ёки бошқа мулк шаклидаги операцияларни амалга оширувчи ташкилотларнинг аҳамиятини қиёсий таҳлил этинг.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog’liq jinoyatlarni tergov qilishda jamg’armalar yoki boshqa mulk shaklidagi operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning ahamiyatini tahlil qilish uchun O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini tubdan yaxshilash va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti
va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan qaror
va boshqa hujjatlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, Departament xodimlari pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlari, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashuvchi boshqa organlarga tijorat, bank va boshqa sirlarni tashkil etuvchi axborotning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash majburiyati belgilangan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – mulk (pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag’lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash tushuniladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati obyektiv tomondan jinoyat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag’lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash kabi harakatlarda ifodalanadi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;
ichki nazorat;
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |