Мазкур ҳолатда терговчи ва тезкор қидирув органлари ходимларининг амалга ошириши керак бўлган ҳатти-ҳаракатларини жиноят процессуал-қонунчилигига асосланган ҳолда кетма-кетлик билан ёритиб беринг


Download 31.84 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi31.84 Kb.
#220119
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Legalizatsiya (2) (2)


9. 2018 йил 10 август куни Тошкент вилояти Зангиота туманида истиқомат қилиб келаётган 10 нафарга яқин аёллар диний экстремизм, сепаратизм ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғирилган “Хизбут таҳрир” гуруҳига аъзо бўлиб, ўзаро тарғибот ва ташвиқот билан шуғулланиб турган вақтида жиноят устида қўлга олинган. Мазкур гуруҳнинг йўлбошчиси (амираси) Турсунова Юлдуз ва унинг издошларига нисбатан Тошкент вилоят ИИББ Тергов бўлими томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг
2441-моддаси, 3-кисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилган. Тадбир давомида олинган диний ғоялар билан йўғирилган китоблар ва қўлёзмалар терговчи томонидан диний экстремистик рухида ёзилган китоб
ва бошқаларини ашёвий далиллар сифатида жиноят иши материалларга қўшиб, ушбу материалларнинг қаердан келганлиги ва ким томонидан чоп этилганлиги хусусида тергов ишларини давом эттирган. Тергов натижаларига кўра ашёвий далил сифатида олинган материаллар қаерда ва ким томонидан олиб келинганлиги аниқлашнинг имкони бўлмаган. Шундан сўнг, Ю. Турсунова ва унинг издошларига нисбатан айб элон қилиниб, жиноят иши тугатилган ва судда кўриб чиқиш учун Тошкент шаҳар жиноят ишлар бўйича судга юборилган.

Мазкур ҳолатда терговчи ва тезкор қидирув органлари ходимларининг амалга ошириши керак бўлган ҳатти-ҳаракатларини жиноят процессуал-қонунчилигига асосланган ҳолда кетма-кетлик билан ёритиб беринг.

Mazkur vaziyatda tergovchi va tezkor qidiruv organlari xodimlarining amalga oshirishi kerak bo’lgan xatti-harakatlarini jinoyat protsessual qonunchilikka asosan ketma-ketlikda yoritadigan bo’lsak, mazkur vaziyatda birinchi navbatda shuni ta’kidlash kerakki, JPKning 321-moddasiga muvofiq, Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shartligi belgilangan. Demak, Toshkent viloyati IIBB Tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi orqali jinoyat ishi qo’zg’atishi mumkinligi belgilangan.

Mazkur vaziyatda JPKning 87-moddasiga asosan mazkur kazusdagi vaziyatda diniy g’oyalar bilan to’ldirilgan kitoblar va qo’lyozmalarni dalill sifatida aniqilash tirish uchun ekspertiza va tavtish tayinlanadi va olib qo’yiladi.

Bundan tashqari JPKning 172-moddasiga asosan Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmasligi belgilangan. Agar ekspert tomonidan bu kitoblar haqiqatdan diniy ekstirimistik ruhdagi to’g’risida xulosa berilsa, bu jinoyat ishini qo’zgatish uchun asos bo’ladi.

JPKning 322-moddasining to’rtinchi bandiga ko’ra, jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita o‘zi aniqlashi jinoyat ishini qo’zg’atish uchun asos bo’lishi mumkin.

Bunda, birinchi navbatda Tergov bo’limi tomonidan JPKning


322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan qaror chiqariladi.

Qarorda: ishni qo‘zg‘atish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni o‘z yurituviga oluvchi mansabdor shaxs ko‘rsatiladi.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuboriladi.

Keyin to’plangan dalillar asosida , gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldin JPKning 98-moddasiga asosan Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.

“So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tug‘ilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi
va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi.

So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. 1

Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldin u o‘zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki o‘z aybini to‘la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.

Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab o‘tilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so‘roq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.

Bunda Tergov bo’limi tomonidan keyin yana alohida alohida gumon qilinuvchilardan yoki guvohlardan yana qaytatdan ko‘rsatma oladi bu haqda bayonnoma tuziladi. Agar tergovchi lozim topsa, gumon qilinuvchilarni
va guvohlarni yuzlashtirgan holda ulardan ko‘rsatma olishi mumkin ( bu haqda ham oldin qaror chiqarishi kerak).

Shundan so’ng, Tergovchi tomonidan Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, Qarorda quyidagilar ko’rsatilishi kerak bo’ladi:

1) qachon va qayerda chiqarilgani;

2) sudyaning lavozimi va familiyasi;

3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan e’lon qilingan aybga doir moddasi;

4) ishning sud majlisida ko‘rilishi uchun yetarli asoslar borligi to‘g‘risidagi xulosa;

5) sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi qaror;

6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining, shuningdek himoyachining ishtiroki;

7) sud muhokamasi o‘tkaziladigan joy va vaqt ko‘rsatilishi lozim.

36. Жиноий фаолиятдан олинган даромадлар пул ва қимматли қоғозлар кўринишида бўлиши ёки мазкур кўринишда сақланиши мумкин.


Download 31.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling